МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
39
Jo‘raxo‘jaev M.X.
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani XTBga qarashli 5- umumiy o‘rta ta’lim maktabi
o‘qituvchi – logopedi (A. Qodiriy nomidagi JDPI mustaqil tadqiqotchisi)
Tayanch so‘zlar:
kasallik, aqli zaif, tashxis, uyda yakka tartibdagi ta’lim, imkoniyati cheklangan,
o‘qituvchi, jismoniy, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar.
Ключевые слова:
болезн, умственная отсталость, диагностика, индивидуализированное
обучение в семье, дети с ограниченными возможностями здоровья, педагог, нарушения физи
-
ческого, психического развития.
Key words:
Illness, mental retardation, diagnosis, individualized education at home, children
with disabilities, teacher, physical, mental developmental disabilities.
UYDA YAKKA TARTIBDAGI TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash
va ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi xalqaro tashkilotlar tomonidan keng tadqiq
etib kelinmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda maxsus yordamga muhtoj bolalarga bo‘lgan
munosabat va g‘amxo‘rlik dunyo miqyosida keskin o‘zgara boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida mazkur toifadagi bolalarga ta’lim-
tarbiya berishning turli shakllari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur ta’lim shakllarining asosiy
vazifalari imkoniyati cheklangan bolalar uchun kompleks rivojlanishning maqbul modelini
shakllantirish orqali shaxsni tarbiyalash va o‘quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari,
hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim
muhitini yaratish hisoblanadi.
Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, jumladan, aqliy rivojlanishida
nuqsoni bo‘lganbolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonining turli jihatlari V.Raxmanova,
P.Pulatova, G.Sadikova, M.Xakimova, D.Nurkeldieva, M.Xamidova, L.Nurmuxamedova,
Sh.Amirsaidova, N.Musaeva kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) olimlaridan A.P.Azarovning ilmiy-tadqiqot
ishlarida muammoning nazariy jihatlari o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, M.I.Buyanov,
I.V.Grebennikov, Ye.P.Ilin, I.Yu. Kulchiskaya, M.G.Lichutina, I.F.Xarlamov, I.N.Chernova,
S.Shteynlarning pedagogik tadqiqotlarida oila va bolalarni ijtimoiy himoyalashga
yo‘naltirilgan faoliyat mazmuni kabilar ilmiy o‘rganilgan.
Oila tarbiyasi va imkoniyati cheklangan bolalarni oilada o‘qitish va hayotga tayyorlash
masalalari xorijlik olimlaridan E.Le. Sham, Benjamin Spok, Ada Della Torre, Mariya
Zemska Klinton Xillari Rodem, A.C.Kinscy, W.B.Pomeroy, C.E.Martin, A.K.Kreutner, Judi
Hall kabilar tomonidan o‘rganilgan.
Respublikamiz olimlaridan imkoniyati cheklangan bolalarni uy sharoitida tarbiyalashning
pedagogik xususiyatlari masalasi L.Sh.Nurmuhammedova tomonidan tadqiq etilgan. Olima
aqli zaif o‘quvchilarni oilada tarbiyalashning pedagogik xususiyatlarini o‘zining ilmiy
nashrlarida bayon qilib, nogiron farzandlari mavjud ota-onalarning pedagogik uquvini
shakllantirish va rivojlantirish hamda oilada ijobiy psixologik muhitni shakllantirgan
taqdirdagina kutilgan natijalarga erishishni ilmiy asoslab o‘tgan. Aqli zaif bolalarning ta’lim-
tarbiya ishlarida ota-onalar, mahalla, jamoatchilikning o‘zaro hamkorlikda korreksion ishlar
amalga oshirilsagina o‘zining samarasini beradi.
V.S.Raxmonova aqli zaif o‘quvchilarni ona tiliga o‘rgatish masalasini tadqiq qilgan. Har
qanday o‘quv predmetini egallash bu ona tilini egallaganlik darajasiga bog‘liqdir. Aqli zaif
bolalarning savod egallashlarida ularning maktabgacha ta’limga jalb etilishi va u asosida
lug‘at boyligi boyishi bilan samarali kechishini o‘zining tavsiyalarida keltirib o‘tgan. O‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |