Uchinchisi – sust huquqiy hatti-harakat. Bu holat fuqaro о`ziga tegishli huquq va erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmagan paytda sodir bо`ladi. Masalan, fuqaro nikohdan о`tishda, mulkka egalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda sustkashlikka yо`l qо`yishi mumkin. Bunday paytda shaxs о`z manfaatini qanoatlantirish imkoniyatidan foydalanmaganligi natijasida unga nisbatan salbiy oqibatlar sodir bо`ladi. Bu jamiyatning zarar kо`rishiga olib keladi. Fuqaroning sustligi sababli siyosiy va huquqiy sohada, davlat ishlarida volyuntarizm kelib chiqadi, davlat tizimiga xalq ta`siri va nazorati ishdan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |