Qon zardobining onkotik bosimi
Osmotik bosim tana xarorati 370 C bo’lganida 755-796 kPa oralig’ida saqlanib turadi. Osmotik bosimni bunday yuqori qiymatlarda bo’lishi, qon tarkibidagi turli quyi molekulyar va yuqori molekulyar moddalarning mavjudligidir. Qonni osmotik bosimining ko’p qismi NaCl ning borligiga bog’liqdir.
Qon tarkibidagi oqsil moddalar, albumin, globulinlarning hosil qilgan osmotik bosimlarga onkotik bosim deb ataladi. Onkotik bosim osmotik bosimning 0,5 % tini tashkil etib, uning miqdori 2,9-3,9 kPa ga tengdir. Bu kichik qiymatga ega bo’lgan onkotik bosim muhim ahamiyatga egadir. Chunki onkotik bosim to’qimalararo suyuqliklarni, birlamchi siydik va boshqa biologik suyuqliklarni xosil bo’lishida asosiy vazifani bajardi. Masalan, qon tarkibidagi oqsilni miqdori kamayishi natijasida ovqat xazm qilish a’zolarining ish faoliyati buzilganida, oqsilni siydik bilan yo’qolishi natijasida, buyrak kasalliklari natijasida to’qimalardagi suyuqliklar bilan qondagi osmotik bosimlar bir-biridan farq qiladi.
Bu xodisa natijasida teri osti to’qimalarida suv yig’ila boshlaydi va bu xodisani onkotik suv yig’ilish jarayoni deb ataladi. Bu jarayon natijasida bemorni ahvoli yomonlashadi. Shuning uchun bunday kasalliklarni davolash jarayonida osmo-onkotik bosimni e'tiborga olish tavsiya etiladi.
Agar eritrotsitlar tutgan eritmaga tashqaridan konsentratsiyasi yuqori bo’lgan eritma qo’shilsa erituvchi molekulalari xujayra ichidan tashqariga chiqishi kuzatiladi va natijada xujayra burishib qolishi kuzatiladi. Bu xodisa plazmoliz deyiladi.
Agar eritrotsitlar tutgan eritmaga tashqaridan konsentratsiyasi past bo’lgan eritma qo’shilsa erituvchi molekulalari xujayra tashqarisidan xujayra ichiga xarakatlanadi va natijada xujayra bo’rtib yorilishiga olib keladi. Bu xodisa gemoliz deyiladi.
Eritma ustidagi tuyingan bug’ bosimi va Raul konuni
Ayni xaroratda suyuqliklar yuzasidagi bug’lanish va kondensatsiyalanish tezliklarini dinamik muvozanatda bo’lgan xolatidagi bosimi, eritmaning toyingan bug’ bosimi deb nomlanadi.
1886 yilda Raul quyidagi qonunni yaratdi. «Erituvchining eritma ustidagi toyingan bug’ bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning mol ulushiga teng, ya'ni erigan moddaning mollar miqdorining erigan modda va erituvchining mollar miqdorlarini yig’indisiga bo’lgan nisbatiga tengdir».
Bunda : P0 - sof erituvchi ustidagi toyingan bug’ bosimi
P - eritma ustidagi bug’ bosimi
n, N -erigan modda va erituvchilarni mollar soni
Raul qonuni, xuddi Vant-Goff qonuniga o’xshab faqat ideal eritmalar uchun hosdir.
Agar erigan modda elektrolit xususiyatiga ega bo`lsa bu ikki tenglamaga Vant-Goffning izotonik koeffitsiyenti kiritib yoziladi:
Raul qonunining matematik ifodasidan turli suyuqliklar, shu jumladan organizm biosuyuqliklari satxidagi to`yingan bug` bosimi qiymatini topish mumkin. Masalan, qon tarkibida erigan moddalarning miqdori 0,31 mol/l ga teng bo`ladi. Toza suv satxidagi (H2O — qon sistemasining erituvchisi) to`yingan bug`bosimi 370C da 61,78 gPa ga teng. Shu qiymatlardan va yuqoridagi tenglamadan foydalangan holda qon satxidagi to`yingan bug`bosimining 37°C dagi qiymatini topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |