Elektrolitlar eritmalari
Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi elektrolitlar eritmalari uchun dissotsiatsiya darajasi va konstantalarini ishlatgan xolda elektrolitlarni eritmadagi xolatini baxolash imkoniyatini beradi. Ostvaldning suyultirish qonuni dissotsiatsiya konstantasi va darajasini bog’lab beradi.
*Elektrolitlar va noelektrolitlar
Elektr toki o’tkazish qobiliyati boyicha eritmalarni elektrolitlar va noelektrolitlarga bo’lish mumkin. Elektrolitlar suvda erib, dissotsialanishga uchrab ionlarga ajraladi, hosil bo’lgan eritma elektr o’tkazadigan eritma hisoblanadi. Agar elektrolitlar suvda erimasa ionlarga parchalanmaydi va noelektrolitlar hisoblanadi.
Eritma tarkibida ionlar borligini aniqlash uchun biz qurilma yasashimiz mumkin. Qurilma batareya va lampochkaga ulangan 2 ta elektroddan iborat bo’ladi.
Istalgan eritmada musbat va manfiy zaryadlar yig’indisi tengdir.
Ichki suyuqliklardagi elektrolitlar konsentratsiyasi milliekvivalent litrlarda 1mEq/L2 aniqlanadi; 1 ekv= 1000milliekv. Masalan 25 mekv/l Na+ va 4 m-ekv/L K+ dan tashkil topgan eritmada umumiy musbat ionlar zaryadi 29 mekv/L. Agar Cl- konsentratsiyasi 29 mekv/L bo’lishi shart.
Kimyo va salomatlik Tana suyuqliklaridagi elektrolitlar
Organizmdagi hujayralar to’ri vazifa bajarishida elektrolitlar muhim ro’l oynaydi. Elektrolitlar: Natriy, kaliy, xloridlar, karbonatlar qon tarkibida uchraydi. Natriy ioni organizmdagi suvning miqdorini tartibga solib turadi va nerv sistemasidan keladigan elektrolitik impuls harakatini boshqarishda ham muhim rol oynaydi. Kaliy ioni ham impuls harakatini boshqarishda va elektrolitk pulsni bir meyorda saqlashni ta’minlaydi. Xlor ioni musbat ionlarning zaryadini bir meyorda ushlab turadi, va organizmdagi suyuqlik balansini tartibga solib turadi. Karbonatlar qonning pH qiymatini tartibga solishda muhim rol oynaydi. Qayd qilishda, ich ketishda va shunga o’xshash boshqa hollarda organizmdagi elektrolitlarning konsentratsiyasi kamayishi mumkin. So’ngra suyuqliklarda elektrolitlarni normal xolatiga qaytishi uchun Pedialyte ni berishadi. Ushbu bemor organizmidagi ichki suyuqliklardagi elektrolitlar konsentratsiyasi ba’zida 1 mekv holda bo’larkan. Masalan 1 litr Pedialyte ushbu elektrolitlardan tashkil topgan: Na+ 45 mekv, Cl- 35mekv, va citrate 3- 30 mekv.
Qon plazmasidagi ba’zi turdagi elektrolitlar tarkibida umumiy musbat zaryadlar miqdori, umumiy manfiy zaryadlar miqdoriga tengdir. Tomirga yuboriladigan eritma tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, elektrolitlar va bemor uchun zarur bo’lgan tarkibli suyuqliklar bo’ladi.
J adval. Ba’zi bir elektrolitlarni qon plazmasi tarkibidagi k
Tomirga yuboriladigan eritma organizmdagi elektrolitlar o’rnigadir.
onsentratsiyasi
Elektrolit
|
Konsentratsiya
|
Kationlar
|
Na+
|
138
|
K+
|
5
|
Mg2+
|
3
|
Ca2+
|
4
|
Jami
|
150
|
Anionlar
|
Cl-
|
110
|
HCO3-
|
30
|
HPO42-
|
4
|
Oqsil
|
6
|
Jami
|
150
|
Jadval. Elektrolitlar konsentratsiyasi o’zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |