Radiatsiya ta’siri
Yashayotgan va ishlayotgan binolar, iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar va suvdan, nafas olayotgan havodan kunda kichik miqdorda bolsa ham radiatsiya ta’sirida bo’lamiz. Masalan, kaliy-40 har qanday kaliy tutgan ozuqa tarkibida bo’ladi. Tabiatda uchraydigan boshqa radioizotoplardan uglerod-14, radon-222, stronsiy-90 va yod-131 larni aytib o’tish mumkin. Qo’shma shtatlarda o’rta hisobda odam 360 mrem nurlanish ta’siriga uchraydi. Shu qatorda tibbiy manbalardan stomatologiyada, oyoq, orqa miya, ko’krak qafasi rentgenografiyasi, mammografiyalarni aytib o’tish joiyz. Jadval 5.6 da nurlanish manbalarini ba’zi birlari ko’rsatilgan. Quyosh atrofidagi kosmos nuri nurlanishning yana bir manbasi hisoblanadi. Balandlikda yashovchilar va samolyotda uchganda odam ko’proq radiatsiya ta’siriga uchraydi. Sababi – atmosferada nurni yutuvchi molekulalar kamroq bo’lganidir. Masalan Denverda yashovchi aholi Los-Andjelesda yashovchilardan ikki barobar kamroq radiatsiya oladi. Atom elektrostansiyasi yaqinida yashovchilar aytarli ko’p nurlanishga uchramaydi, balki bo’lsa ham 1 yilga 0,1 mreddan ko’p emas (1 Red 1000 mRedga teng). Shu bilan birgalikda ma’lum bo’lganki 1986 yilda Ukrainada Chernobil AES dagi halokat natijasida, unga qo’sni shahardagi odamlar nur kasalligidagidek nur miqdori ta’siriga (1 soatda 1 Rem) uchraganlar.
Nur kasalligi
Ko’p dozada nurlanishning bir martasi ham inson tanasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Odatda 25 berdan kam nurlanishni aniqlash imkoni mavjud emas. Butun tananing 100 ber bilan nurlanishi esa oq qon tanachalarining ishlab chiqarilishini vaqtinchalik kamaytirib yuboradi. Agarda nurlanish darajasi 100 berdan yuqori bo’lsa, odamda nurlanish kasalliklari belgilari: ko’ngil aynish, qusish, holsizlik va oq qon tanachalarining soni kamayishi kuzatiladi. Tanadagi nurlanish 300 berdan oshib ketsa leykotsitlar miqdori nolga tushib ketishi ham mumkin. Bunda odam ich ketishi, soch to’kilishi va infeksiyadan aziyat chekadi. Nurlanishning 500 ber darajasi shu miqdorda nurlangan odamlarning 505 ida o’limga olib kelishi mumkin. Bu miqdorda nurlanish yarim aholi uchun letal doza deb ataladi yoki LD50. LD50 turli tirik organizmlarda turlicha qiymatga ega bo’lishi 5.6. jadvalda ko’rsatilgan. Tananing 600 ber va undan yuqori darajada nurlanishi bir necha hafta ichida barcha odamlar uchun halokatli bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |