Bufer ta'sirining mexanizmi
Bufer eritmalarning rini o’zgartirmay saqlab turish xususiyati, ularning bufer ta'siri mexanizmi deb ataladi.Bufer ta'sirining mexanizmi shundan iboratki, bufer eritmaga kuchli kislota yoki kuchli asosni oz miqdori qushilganda, bufer tarkibidagi kuchli elektrolit o’pHiga kuchsiz elektrolit xosil bo’ladi. Masalan: atsetatli bufer sistemaning tarkibiy qismlarining dissotsiatsiyalanishi natijasida
CH3COONa Û CH3COO- + Na+
CH3COOH Û CH3COO- + H+
Qo’shilayotgan kuchli elektrolit HCl ning vodorod ionlari bufer sistemaning atsetat ionlari bilan bog’lanib, kuchsiz elektrolit sirka kislotani xosil qiladi va natijada pH qiymati aytarli darajada o’zgarmaydi:
CH3COO- + H+ Û CH3COOH
Oz miqdorda qo’shilayotgan gidroksid ionlari eritmadagi vodorod ionlari bilan bog’lanib suv molekulasini xosil qiladi:
OH- + H+ = H2O
Bu xolda xam kuchli elektrolit NaOH o’pHiga kuchsiz elektrolit suv xosil bo’ladi va sistemaning pH qiymati o’zgarmay qoladi.
Ammiakli bufer sistema bufer ta'sirini namoyon qilishida HCl qo’shganda kuchli elektrolit HCl o’pHiga kuchsiz elektrolit H2O xosil bo’ladi, kuchli elektrolit NaOH o’pHiga kuchsiz elektrolit NH4OH xosil bo’ladi.
Organizmning bufer sistemalari
Odam a’zolari uchun asosan gidrokarbonatli, gemoglobinli, fosfatli va oqsil bufer sistemalari muhim ahamiyatga ega.
Fosfatli bufer sistema NaH2PO4 + Na2HPO4 odam organizmining xujayra ichi suyuqliklarining pH qiymatini doimiy ushlab turuvchi bufer sistemadir. U to’qima va ba'zi biologik suyuqliklar (siydik, ovqat xazm qilish shiralari va b.) ni buferidir. Fosfatlarning qondagi konsentratsiyasi karbonatlarga nisbatan kamroq va shuning uchun bu bufer sistemani samaraliligi gidrokarbonatli bufer sistemaga nisbatan past, umumiy qon bufer ta'sirini (taxminan 5% ni) tashkil etadi. Bu sistema bufer ta'sirini namoyon qilishida - kuchli elektrolit HCl o’pHiga kuchsiz elektrolit H2PO4- ionlari xosil bo’ladi, NaOH qo’shganda esa pH qiymatiga ta'sir ko’rsatmaydigan suv molekulalari xosil bo’ladi. Bu bufer sistema ichki a'zolarda pH ni neytral muxitga yaqin xolatda ushlab turadi. Shuningdek bu bufer sistema qonda eritrotsitlarning rnini doimiy saqlashda xam ishtirok etadi.
Gidrokarbonatli bufer sistema asosan xujayra tashqarisidagi buferdir.U H2CO3 + NaHCO3 (yoki KHCO3) aralashmasidan tashkil topgan bqlib, Qonning kuchli bufer sistemasidir. Qonning umumiy bufer ta'sirining 53% bikarbonatli buferga, 35% zardobga, 18% eritrotsitlarga to’g’ri keladi. Qonga kuchli kislota yoki ishqor tushganda quyidagi reaksiya boradi:
.NaHCO3 + HCl NaCl + H2CO3
H2CO3 + NaOH NaHCO3 + H2O
Masalan, 1 litr qon zardobiga 10 ml xlorid kislota qo’shilsa uning pH i 7,4 dan 7,2 gacha o’zgaradi, vaxolanki shuncha miqdordagi xlorid kislota fiziologik eritmaning pH qiymatini 2,0 gacha o’zgartiradi. Qondagi HCO3- ko’rinishidagi kimyoviy bog’langan karbonat angidrid miqdori Qonning ishqoriy jamg’armasi deyiladi va bu miqdor 58-65% ni tashkil qiladi.
Oqsilli bufer sistema organizmdagi bufer sistemalar ichida asosiy bufer sistemalardan biridir, chunki oqsil organizmning asosiy qurilish birligi bo’lib xisoblanadi. Oqsillar xisobiga organizmni xamma xujayralari va to’qimalari ma'lum bufer ta'siriga ega bo’ladi, masalan, teriga tushadigan oz miqdordagi kislota yoki asos tez neytrallanadi.
Oqsilli bufer sistemani quyidagicha yozishimiz mumkin:
COOH COO-
Pt Û Pt + H+
NH2 NH2
COONa COO-
Pt Û Pt + Na+
NH2 NH2
H+ ionlari ortganda oqsil tuzi reaksiyaga kirishadi va oqsil tarkibidagi kam dissotsiatsiyalanadigan kislota guruxi xosil bo’ladi:
C OONa COOH
Pt + H+ ÛPt + Na+
NH2 NH2
Gidroksid ionlari ko’payib ketsa «oqsil kislota» si bilan ta'sirlashib tuz va suv molekulalari xosil bo’ladi:
COON COO-
Pt + OH- ÛPt + H2O
NH2 NH2
Buning ustiga oqsil molekulasini tashkil qiluvchi aminokislotalar o’zi amfoterlik xossasiga ega va bu xossa oqsil tarkibida xam saqlanib qoladi:
C OOH COO-
Pt Û Pt
NH2 NH3+
Kislota ta'sirida quyidagicha reaksiya borsa:
COO- COOH
Pt + H+ ÛPt
NH3+ NH3+
Ishqor ta'sirida quyidagiga reaksiya boradi:
COO- COO-
Pt + OH-ÛPt
NH3+ NH3+OH
Yuqoridagi bufer sistemalardan tashqari organizm muxitida gemoglobinli va oksigemoglobinli bufer sistemalar ishlaydi. Bu bufer sistemalar eritrotsitlar tarkibida pH ni boshqaruvchi sitemalardir. Ularni shartli ravishda quyidagicha ifodalaydilar:
Hnb Û H+ +nb- NnbO2Û H+ + nbO2-
Knb Û K+ + nb- KnbO2Û K+ + nbO2-
Gemoglobinli BS Oksigemoglobinli BS
Do'stlaringiz bilan baham: |