Suvning ionli ko’paytmasi. Vodorod ko’rsatkichi
Kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar kechishida muhitning kislotali, ishqoriy yoki neytral bo'lishi katta ahamiyatga ega. Eritma muhiti vodorod ko'rsatkichi (pH) qiymati bilan baholanadi.pH tushunchasini kiritish uchun suvning ionlanishini ko'rib chiqish kerak. Suv juda kuchsiz elektrolit bo'lib, juda oz miqdorda vodorod va gidroksid ionlariga ajraladi. Suvning ionlanish tenglamasini quyidagicha yozamiz:
H2O ↔H+ + OH-
Suvning ionlanish doimiysi juda kichik va 298° K da:
=1,8·10-16 ga teng bo’ladi.
Shuning muvozanat konsentratsiyasini uning boshlang'ich molyar konsentratsiyasiga deyarli teng deb hisoblasa bo'ladi:
[H+]·[OH-]=10-14 mol/l
Har qanday suvli eritmada, 298° K temperaturada vodorod ionlari bilan gidroksid ionlarining ko'paytmasi o'zgarmas kattalik bo'lib, suvning ionli ko'paytmasi deyiladi.[H2O] qiymatimng doimiyligidan quyidagi tenglama kelib chiqadi:
Ulardan foydalanib, turli modda eritmalaridagi vodorod va gidroksid ionlarining konsentratsiyalarini hisoblab chiqarish mumkin. Toza suvda [H+] va [OH-] ionlarining konsentratsiyasi o’zaro teng. 298° K da ular quyidagi qiymatga ega bo'ladi:
[H+] =[OH-] =
Bu sharoitda muhit neytral bo'ladi. Kislotali muhitda [H+] ionlarining konsentratsiyasi [OH-] ionlarining konsentratsiyasidan ko'p bo'ladi:
[H+]>[OH-]; [H+]>10-7 mol/1
Ishqoriy muhitda [H+] < [OH-] bo'lib, [H+] < 10-7 mol/1 bo'ladi.Muhitni vodorod ko'rsatkichi (pH) qiymati bilan ifodalash ancha qulay.
Suvning ionli ko'paytmasi tenglamasi ([H]•[OH-]=10-14 ni logarifmlasak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
lg[H+] + lg[OH-] = -14 yoki (-lg[H+] + (-lg[OH-]) = 14
-lg[H+]ni pH deb, -lg[OH-] = pOH deb belgilaymiz
Unda
pH + pOH = 14
Vodorod ko'rsatkichi pH deb, eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasining manfiy ishora bilan olingan o'nlik logarifmiga teng qiymatiga aytiladi:pH = -lg[H+]
Gidroksid ko'rsatkichi (pOH) deb, eritmadagi gidroksid ionlari konsentratsiyasining manfiy ishora bilan olingan o'nlik logarifmiga aytiladi:
pOH = -lg[OH-]
pH qancha kichik bo'lsa H+ ionlarining konsentratsiyasi shuncha katta, ya'ni muhitning kislotaligi yuqori bo'ladi, aksincha, pH qancha katta bo'lsa H+ ionlarining konsentratsiyasi shuncha kichik, ya'ni muhitning ishqoriyligi yuqori bo'ladi. Organizm a’zolarida pH ning doimiy saqlanishi, uni aniq mehanizmdek ishlashining asosiy jmillaridan hisoblanadi.Organizmning H+ ionlari konsentratsiyasining ma’lum qiymat chegaralaridasaqlay olish qobiliyati kamayganda kislota-asos muvozanati buziladi va natijada biosistemalarda atsidoz yoki alkaloz holatlari kuzatiladi. pHning kislotali tarafga siljishi atsidoz, ishqoriy tarafga siljishi esa alkaloz deyiladi.
Tirik organizm qonidagi pHning qiymati 7,36 ga tengdir. Qondagi pHning bu qiymatini, o’zgarmas xolda ushlab turadigan sistemalar bufer sistemalardir.
Ozgina miqdorda kislota yoki asos qo’shilganda va shuningdek suyultirilganda, o’z muxitini, ya'ni pHni o’zgartirmaydigan eritmalarga bufer eritmalar deb ataladi. Bufer eritmalar o’zlarining tarkibiy qismlarga qarab 2ta guruxga bo’linadi.
Kuchsiz kislota va uning kuchli asos bilan xosil qilgan tuzidan tashkil topgan bufer eritmalar
Kuchsiz asos va uning kuchli kislota bilan xosil qilgan tuzidan tashkil topgan bufer eritmalar
Amaliyotda quyidagi bufer eritmalar ishlatiladi:
CH3COOH + CH3COONa - atsetatli bufer eritma
H2CO3 + NaHCO3 - bikarbonatli bikаrbonаtli bufer eritma NaH2PO4 + Na2HPO4 - fosfatli bufer eritma
NH4OH + NH4Cl - ammiakli bufer eritma
Pt-COOH + Pt-COONa - oqsilli bufer eritma
Do'stlaringiz bilan baham: |