Qaynash xaroratini ko’tarilishi va muzlash xaroratini pasayishi.
Barcha toza suyukliklar aniq qaynash va muzlash xaroratlariga yoki nuqtalariga ega bo’ladilar. Har qanday suyuqlik uning ustidagi toyingan bug’ bosimi atmosfera bosimiga teng bo’lgandagina qaynaydi.
Raul qonuniga muvofiq kam bug’lanuvchi moddaning eritmasi ustidagi toyingan bug’ bosimi sof erituvchi bug’ bosimidan kam, bunday eritmani qaynab chiqishi uchun sof erituvchining qaynash xaroratidan yuqoriroq xarorat zarur bo’ladi. Eritma muzlaganda u toza erituvchiga nisbatan pastroq haroratda muzlaydi.
Noelektrolit moddalarning eritmalarini muzlash xaroratini pasayishi va qaynash xaroratini ko’tarilishi eritmaning molyalr konsentratsiyasiga to’g’ri proporsionaldir.
5. Xulosalar:
1) Kimyo tibbiyot oliy o’quv yurtlarida fiziologik jarayonlarni, kasalliklar kelib chiqishi sabablarini, farmakologiya asoslarini molekulyar darajada o’rganishga qaratilgan.
2) Har qanday fanni o’rganish rejalashtirish, ilmiy nazar bilan qarashdan boshlanadi.
3) Umumiy kimyo molekulalarni atom-molekulyar ta'limot nuqtai nazaridan, o’zida shu zarrachalarni saqlagan eritmalarning tarkibi, xossalarini o’rgansa, analitik kimyo elementlar va ularning birikmalarini xossalarini o’rganadi.
4) Har qanday fanni o’rganish o’zining qonun-qoidalariga boysinadi. Eritmalarning qonunlari - Genri, Sechenov, Vant-Goff, Raul qonunlarini o’rganish eritmalar nazariyasini tushunishni va o’zlashtirishni osonlashiradi.
3-MARUZA.
«KISLOTA VA ASOSLI MUVOZANAT.BUFЕR SISTЕMALAR
BIOANORGANIK, BIOFIZIK VA KOLLOID KIMYO FANI BOʻYICHA MAʼRUZALAR RЕZYUMЕSI
Mavzu: «KISLOTA VA ASOSLI MUVOZANAT. BUFЕR SISTЕMALAR »
Bufer eritmalar
Bufer eritmalarning xossalarini va ularning tibbiyotdagi axamiyatini bilish shifokorlar uchun muxim axamiyatga egadir, chunki buffereritmalar organizmda kislota-asosli muvozanatni saqlab turuvchi omillardan biridir. Bufer eritmalar qonda, xujayralar va xujayralararo suyuqlikda vodorod ionining konsentratsiyasini o’zgarmas xolda saqlab turadi. Ma'lumki organizmdagi fermentlar va gormonlar ma'lum pH dagina yuqori faollik bilan ishlaydilar. Bu jarayonni xam bufer eritmalar ta'minlab turadi.
Kislota va asoslarning protolitik nazariyasiga muvofiq, o’zidan proton ajratadigan ion yoki molekular kislotalar deb, o’ziga proton biriktirib oladigan ion yoki molekulalar esa asoslar deb ataladi.
Bu nazariyaga asoslanib, kislota-asosli muvozanat xolatini quyidagi sxema bilan ko’rsatish mumkin:
а ) kislota asos + N+
b) asos + N+ kislota
Umumiy ko’rinishda:
k islota (I) + asos (II) asos (I) + kislota (II)
C H3 COOH + OH- CH3 COO + H2O
Sharoitga qarab protonni ham beradigan, xam biriktirib oladigan moddalarga protolitlar deb ataladi.Masalan, suv molekulasi ham asos, ham kislota vazifasini bajarishi mumkin.
N H3+ H2O NH4+ + OH
asos kislota kislota asos
H Cl + H2O H3O+ + Cl-
kislota asos kislota asos
Protolitik nazariyaga muvofiq kislotalar va asoslar neytral molekula, anionlar va kationlar ko’rinishida bqlishi mumkin
Kislotalar asoslar
H NO3 H+ + NO3
H 2SO4 2H+ + SO42-
H 2O H+ + OH-
N H4 H+ + NH3
Suvli eritmada vodorod ioni gidratlangan ion gidroksoniy ioni H3O+ ko’rinishda bo’ladi. Shuning uchun kislotalarning dissotsiatsiyalanishini quyidagicha yozish mumkin:
H Cl + H2O H3O+ + Cl-
H CO3- + H2O H3O+ + CO32-
H NO3 + H2O H3O+ + NO3 -
Protolitik nazariyaga muvofiq neytrallash reaksiyalarida protonlar kislotadan asosga o’tadi:
H NO3 + NH3 NO3 - + NH4+
Yana bu nazariyaga muvofiq anionlarning xammasini asoslar deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |