Yozuvchi ijodidagi badiiy ifodalar tahlili
Abdurahim Nizariyning yuksak iqtidori va o‘zi ustida tinmay mehnat qilishi uni o‘z davridagi adabiyot muxlislari orasida yirik san’atkorlardan biriga aylantirdi. U o‘zining adabiy-ijtimoiy faoliyati bilan shu davrdagi madaniy hayotning har xil sahnalarida faol qatnashgan ijodkorlardan biri edi. Abdurahim Nizariy Zuhriddin begning xayrixohligiga tayanib, o‘z atrofiga mashhur shoirlar, tarixchilar, olim va san’atkorlarni, mohir xattot va rassomlarni to‘plab, davlatda madaniy ongni yuksaltirish yo‘lida juda katta ishlarni amalga oshirdi.
Nizariy 1841-yildan 1844-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uyg‘ur shoirlari G‘aribiy va Ziyoiy kabi shoirlar bilan hamkorlikda Turfon shahrida o‘n sakkiz qissa, yigirma to‘rt hikoyani o‘z ichiga olgan “G‘ariblar hikoyati” nomli yirik asarni yaratishdi. “G‘ariblar hikoyati” turkumiga kirgan o‘n sakkiz qissaning to‘qqizi yirik hajmda bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Abdurahim Nizariy qalamiga mansubdir.
“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Vamuq va Uzra”, “Mahzun va Gulnisa”, “Robiya va Sa’diy”, kabi “G‘ariblar hikoyati” turkumiga kiruvchi qissalar Abdurahim Nizariy qalamiga mansubdir. “Chahar Darvesh” Nizariy va Ziyoiy hamkorligida yozilgan asardir. “Shoh Bahrom” qissasining muallifi esa Turdi G‘aribiydir. “Ma’sud va Dilara” nomli asar Ziyoiy tomonidan bitilgandir. Hikoyalarning aksariyat qismi ham Abdurahim Nizariy qalamiga mansub.
Shuningdek, shoirning SSSR Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti Leningrad bo‘limi qo‘lyozmalar fondida C-165 shifr bilan saqlangan qo‘lyozmalar kulliyotida “G‘ariblar hikoyati” asaridan tashqari Abdurahim Nizariyning didaktik asari “Zad-ul najot” bilan birgalikda Turdi G‘aribiyning “Kitobi G‘arib” asari mavjud. Kulliyotning xronologik ketma-ketligi esa quyidagicha tavsiflanadi:
Didaktik asar – “Zad-ul najot”,
Ishq-muhabbat haqidagi dostonlar - “G‘ariblar hikoyati”,
“Kitobi G‘arib”.
Bundan tashqari Abdurahim Nizariyning Alisher Navoiy g‘azallariga bag‘ishlangan muxammaslari, Navoiy g‘zallaridan namunalar Turdi G‘aribiyning kitobining bir qismiga ko‘chirilgan holda topilgan.
Asrlar davomida shakl va mazmun jihatidan beqiyos taraqqiy etgan, jahon mumtoz adabiyoti xazinasini yangi badiiy kashfiyotlar bilan boyitgan Sharq sheʼriyati oʻzining boy nazariy zaxirasiga ham ega boʻlgan. Arab, fors va oʻzbek sheʼriyatining taraqqiyot tarixi jarayonida bir qator adabiy-tasviriy qonun-qoidalar ham shakllanib, tobora rivojlangan va boyib borgan. Chunonchi, badiiy adabiyot taraqqiyotining muayyan davrida asrlar davomida yuzaga kelgan tajribalarni umumlashtirib, badiiy asarning mohiyati va qonuniyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan ilmiy-nazariy asarlar paydo boʻla boshlagan. Shu tariqa badiiy adabiyotning, jumladan, sheʼriyatning muhim qonuniyatlarini tadqiq etib, umumlashtirib beruvchi adabiyot nazariyasi ham vujudga kelgan.
Adabiyotning nazariy masalalari poetikaga doir maxsus risolalardagina emas, balki turli tazkiralarda, nomalarda, dostonlarning debochalarida va boshqa adabiy-tarixiy manbalarda katta oʻrin olib kelgan. Masalan, Kaykovusning «Qobusnoma» (XI asr: 35-bob: Shoirlik haqida), Nizomiy Aruziy Samarqandiyning «Chor maqola» (XII asr) nomli asarlarida (2-bob: Sheʼr haqidagi ilmning xususiyatlari va sheʼrning fazilatlari haqida) boshqa masalalar qatorida adabiyot borasida ham alohida boblar boʻlib, u yerda badiiy ijodning umumiy masalalari, sheʼr va shoirlik shartlari ustida bahs boradi.
Adabiyot nazariyasiga doir maxsus yaratilgan asarlarning (gap bizgacha yetib kelganlari ustida boradi) deyarli barchasi, asosan, poetika masalalariga bagʻishlangan. Umuman, adabiyot nazariyasi uchta mustaqil sohaga boʻlingan.
Bular quyidagilar:
1) ilmi aruz sheʼrdagi vaznlar va ularning qonun-qoidalari haqida bahs yuritadi;
2) ilmi qofiya qofiya qonuniyatlari hamda turlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
3) ilmi badeʼ («badeʼ» arabcha yangi, ajoyib, nodir demakdir) fikrni ravon va nafis ifodalash yoʻllari va vositalari, badiiy sanʼatlar (uslublar, vositalar)ning turlari hamda xususiyatlari kabi masalalarni oʻz ichiga oladi.
Ilmi badeʼni tashkil etgan sheʼriy sanʼatlar, oʻz navbatida, ikki guruhga ajraladi: sanʼatlarning birinchi guruhi bevosita sheʼrning mazmuni, maʼnosi bilan bogʻlangan boʻlib, maʼnaviy sanʼatlar (sanoyeʼi maʼnaviy) deb ataladi. Nutqni, sheʼrni bezash, turli stilistik figuralar, soʻz oʻyinlari hosil qilish maqsadida ishlatiladigan sanʼatlar esa lafziy sanʼatlar (sanoyeʼi lafziy) deb yuritiladi. Qadimda sheʼr yozmoqchi boʻlgan har bir havaskordan poetikaning ana shu uchala qismini yaxshi oʻrganib chiqish talab qilingan.
Biz esa hozirda sizga yuqorida atroflicha tanishtirib o‘tgan uyg‘ur adabiyotida salmoqli o‘rin egallagan Abdurahim Nizariy qalamiga mansub asrlar ustida kichik tadqiqot, ya’ni badiiy tahlil olib boramiz.
Birinchi navbatda biz to‘xtaladiga asar bu – “Zad-ul najot” nomli asar. Abdurahim Nizariy “Zad-ul najot” asarida ko‘plab zamonasining muhim muammolarini o‘rtaga tashlaydi. Nizariy “Zad-ul najot” asarini yaratishda avvalo Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi yirik namoyondalarning ijodidan ilhomlanib shu qarorga keladi. Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo‘ston” kabi didaktik asarlari, navoiyning yuksak falsafiy darajaga ko‘tarilgan “Hayrat ul-abror” dostoni Abdurahim Nizariyning “Zad-ul najot” asarini yaratilishiga zamin bo‘ldi.
Asarning kirish qismi quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
ەلھەمدۇلىللاھى بىلەتاى يا ەزىم
ۋە شۇكرى ساھىبىل بەلاياس كەرىم
رەھمەت سۈيىدىن ژارى قىلىپ بەھرى مەن
كىرگۈزدى ئاسانغا لۇتفىدىن فەيز بىسىم
ۇل شەھرىدىن ەرەبكە سەلاتۇل سالام
چۇن بولدى ەھەد قاتىدا ۇل ەھمەد نام
Birinchi satridagi so‘zga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, she’r Allohga hamd aytish bilan boshlanadi. Bir tarafdan, o‘sha davrda har bir yozuvchi, shoir Yaratganga hamd, payg‘ambarlarga na’d aytishi joiz bo‘lgan. Boshqa tarafdan esa, bu misralar shoirning diniy bilimini ham qaysidir ma’noda baholab beradi.
Shuningdek:
كىم پىكىر ىمامانى ھەسەن بىرلە ھۇسەيىن
ۇل شېرۇ خۇدا فاتىمەنىڭ ىككى پۇلى
Kabi satrlar zaminida yuqorida aytib o‘tilgan diniy bilim yotadi. Ya’ni, ushbu baytda Muhammad (s.a.v.) ning qizlari bo‘lmish Fotima onamiz hamda ularning o‘g‘illari Hasan va Husan tilga olinmoqda. Yana bir tarafdan esa, bu baytda talmeh san’ati mohirona qo‘llanilgan desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
فىلاتۇن سىفىر تەبى قىلمىش سالىم
گەر سۇقراتدەك خەلق ىلە مۇستەقىم
Yuqoridagi baytda ham mashhur Aflotun va Suqrot kabi tarixchi olim va faylasuflar tilga olingan. Bu yerda ham, talmeh sa’atini ko‘rishimiz mumkin.
:سوال
دەدى كىمدىن ەمىن بولاي خالىق ارا
كى دىندىن ماڭا يەتمىگەن دەب بالا
جەۋابى نېدۇر بىزگە ەيان ېتىڭ
كۆڭۇل ىچرە مۈشۈكنى سان ېتىڭ
:جەۋاب
دەدى دوستدۇر سىزگە بەدخاھ ەمەس
دىلىدىن انىڭ گۇناھ ھەمراھ ەمەس
بۇ رەڭ دوستدىن ەمىن الماق كىرەك
چۇناڭ ېتىماد قىلماق كېرەك
Yuqoridagi to‘rtliklar “Zad-ul najot” asarining asosiy qismlaridan biri bo‘lib, ikki kishining o‘zaro suhbati savol va javob shaklida asarda o‘z aksini topgan. Ushbu savollar shunchaki oddiy savol bo‘libgina qolmay, balki unda zamonaning shaxslari hamda falsafiy qarashlar orqali yuritiladigan fikrlar tilga olingan.
كۆڭلىدە بايرىمى سوال ايلەدىم
جەۋابى كى انچە اڭلادىم
Ushbu baytda qarshilantirish san’atidan mohirona qo‘llanilgan. Ya’ni birinchi misrada qo‘llanilgan so‘zning aksi aniqrog‘i antonimi ikkinchi misrada keltirib o‘tilgan. Bu qo‘llangan san’at turi tazod san’atidir. Tazod sanʼati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi.
نەۋاىي تىلىڭ اسراغىل زىنھار
داداڭ كىم يېمەي دەھر ىشىدىن ەفسۇس
Yuqoridagi baytda adabiyotda keng qo‘llaniladigan badiiy san’at turlaridan biri bo‘lmish talmeh san’ati mohir shoir Abdurahim Nizariy tarafidan qo‘llanilgan. Shuningdek, ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, talmeh so‘zi arabcha
“chaqmoq chaqishi”, “bir nazar tashlash” kabi ma’nolarni anglatadi. Talmeh san’atiga ta’rif beradigan bo‘lsak, she’rda o‘tmishdagi mashhur zotlarga, mashhur adabiy qahramonlarga ishora qilish san’atidir.
ۋۇجۇدىم رەختى بەرباد ولدى ەشكىمدىن كىسەل قوپغاچ
خازان بولدى باھارىم نە قىلاي نادىر ەجەل قوپغاچ
Ushbu baytning ikkinchi misrasida shoir yorning firoqida kuyishi natijasida bahori hazon bo‘lganligini aytmoqda. Bu yerda shoir mubolag‘a (giperbola)ning tablig‘ turidan foydalangan.
چىققان شەھسۇۋارىم قولىغا ھەردەم قاراي كەلسە
فىراقىم تۇرلىرىنى يارۇتبۇ خۇر
Ushbu baytda ham shoir badiiy san’atning mubolag‘a turini qo‘llagan. Ya’ni, yor vasliga yetolmay chekkan firoqi shunday darajada kuchli ekanligidan zimiston tun ham yorishib ketadi.
قىلۇر ئون نىمە چەشمنى نۇرلۇك،
يەتار دىلغا ئاندىن چۇ مەسرۇرلۇك.
بىرى چېھراى شاھ ئادىلدۇرۇر،
بىرى جېۋاب پىرى كامىلدىرۇر.
بىرى سەبزەىي، بىرسى بەيتۇل-ھىرام،
بىرى ئابرى جارىي بىرىدۇر كەلام.
بىرى ياخشى خەت ھەم ئاتاۇ-ئانا،
بىرى زەر، بىرىدۇر جەمال زىيا.
Yuqoridagi g‘azalda shoir badiiy san’at turlaridan biri bo‘lmish takrir (anaphora) san’atidan foydalangan. Unga ko‘ra, banddagi, misralar boshidagi so‘zlarning yoki so‘z birikmalarining aynan takrorlanib kelishi tushuniladi. Ushbu g‘azalda biri so‘zi qayta-qayta, misrama-misra qo‘llanib kelgan.
جۇۋانلىكتا ياخشىكى شەرمۇ-ھەيا
كى، ئەدەب ىلە ئۆزنى قىلغىل فانا.
چۇ ھىممەت ئىلە ئانچە بولغىل دەلىر،
ئۆزۇڭگە قىلىب شەرمنى دەستىگىر.
Yuqoridagi to‘rtlikda Abdurahim Nizariy ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlarni bir to‘rtlikning o‘zida qo‘llash orqali tanosub san’atiga qadam qo‘ygan. Unda sharm, hayo, odob, axloq kabi o‘zaro ma’nosi yaqin so‘zlar ishtirok etgan.
قەلەم نەۋكى بىرلە رىۋايات قىلاي،
بۇرۇنقى زاماندىن ھىكايەت قىلاي.
Ushbu baytda ham o‘zaro ma’nodosh so‘zlar ishtirokidagi tanosub san’ati qo‘llanilgan. Tanosib san’atining asosi sifatida rivoyat va hikoyat kabi so‘zlar ishtirok etgan.
ئەدەپ بىرلە تۇردى قىلىبان سەلام،
«ئەىف» ، «لەم» ئېتىپ قولنى ئايلاپ خىرام.
Yuqoridagi baytning ikkinchi misrasida arab halrflari ishtirokida yana bir badiiy san’at turi qo‘llanilgan. Ushbu san’at turi harfiy san’at ya’ni, kitobat san’ati deb nomlanadi.
چۇ سۆز ۋەدىسىگە سۈرۈب رەقشنى،
قەلەم كامى بىرلە چېكىب نەقشنى.
زەمانىكى بۇ دەھىر ماتەم سەدا،
قىلۇر ئىشىك ئالدى رۇزغارىن قەرا.
Yuqoridagi to‘rtlikning misralarida o‘zaro ma’nodosh so‘zlarni yoki
bir-biriga ma’nosi yaqin so‘zlarni qo‘llash orqali Abdurahim Nizariy tanosub san’atini qo‘llagan.
جەمالى يارنى كۆرمەك كۆڭلۇم ھەۋەسىدا،
ھەمىشە ئارزۇ ئەيلەب مۇھەببەت ماجراسىدا،
ۋىسالى بەزمىنى ئىزدەب يۈرۈرمەن ئىلتىماسىڭدا،
ئىچىم فۇرقەت بەلاسىڭدا، تەشىم ھەجر ئىبتىلاسىڭدا،
ئۆزۇم ئىشق ئىزتىرابىڭدا، تەنىم شەۋق ئىزتىرارىڭدە.
Ushbu g‘azalda birin-ketin muhabbat, visol, shavq, ishq kabi so‘zlar
misrama-misrama keltirib o‘tilgan. AbdurahimNizariy bu so‘zlarni qo‘llashi natijasida tanosub san’ati yuzaga kelgan.
قىلىبتۇر تەنىمنى قارا ئىشق ئوقى،
ھەمىشەم ئاتىبدۇر قەزا ئىشق ئوقى،
بەدەنگە بولۇپ جابەجە ئىشق ئوقى،
كۆڭۇلدىن قىلىپ يۇز يارا ئىشىق ئوقى.
تەرەھھۇم قىلىڭكىم ، دىل ئەفكارلار بىز.
Abdurahim Nizariyning sara g‘azallari tarkibidan joy olgan ushbu g‘azal nihoyatda ma’nosi keng she’rlar sirasiga kiradi. E’tibor bersangiz g‘azalning oxiri bir xil so‘zlar bilan yakunlangan. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay, har bir misrada bu so‘zlarning ma’nosi turlicha. Buning natijasida tajnis badiiy san’at turi yuzaga keladi. Ya’ni ma’nosi har xil, shakli esa bir xil bo‘lgan omonim so‘zlar ishtirokida tajnis san’atiga duch kelamiz.
نېتاي قاراشتى بىزنى چۇن لەشكەرى غەم،
ئانىڭ يادىدا داىمە بىزگە ماتەم،
ھەزىن كۆڭلىمىز بولمادى شاد خۇرسان،
مۇيەسسەر ئېسا دوستنىڭ ۋەسلى بىردەم،
بېرىب ئىككى ئالەم خەرىدارلار بىز.
Yuqorida e’tiboringizga havola etilgan g‘azalda ham yuqorida biz ko‘p marotaba ta’kidlagan tanosub san’ati mohirona tarzda muallif tomonidan qo‘llangan.
Xulosa
Ilm-fan yoki uning qaysidir bo‘limi chegara bilmas yangiliklarga egadir. Biz esa uni qanchalik o‘rganmaylik, tadqiq etmaylik uning tubiga yetib borish mushkuldir. Sababi bugungi kunimiz ertaga tarixga aylanadi. Taraqqiyotning ortidan esa, aslo quvib yetib bo‘lmaydi.
Asosiy maqsadimizga qaytadigan bo‘lsak, tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad, ro‘y bergan hodisalardan to‘g‘ri xulosa chiqarish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni esa qaytib takrorlamaslikdir.
Men bugun kichik tadqiqot olib borgan uyg‘ur adabiyotining mashhur namoyondasi Vatani yo‘lida salmoqli xizmat ko‘rsatgan xalqparvar insondir. U haqiqatga tik qaragan, adolatparvar shaxsdir. Abdurahim Nizariy hayot kechirgan davridagi barcha nohaqliklarni, adolatsizliklarni ko‘rgan hamda ularni o‘z asarlarining qahramonlariga aylantirgan. Bir so‘z bilan aytganda o‘z xalqi orasida ozodlik kuychisi sifatida tanilgan insondir. Yuqorida aytib o‘tganimdek, o‘zini ham shu yo‘lda qurbon qilgan.
Yaratgan asarlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, uyg‘ur adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli darajada hissa qo‘shgan hamda bizga yirik meros qoldirb ketgan Abdurahim Nizariy she’r va g‘azallarin o‘quvchiga tushunarli tilde yozligan. Yetkazib berilmoqchi bo‘lgan fikrni esa ilg‘ab, tushunib olish qiyin emas.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, uyg‘ur adabiyotining XVIII va XIX asrdagi mashhur iqtidorli shoiri Abdurahim Nizariy ijodini o‘rganar ekanman, o‘zim uchun juda ham ko‘p taassurotlarga ega bo‘ldim xamda yosh tadqiqotshunos sifatida tajribamni oshirib ham oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |