Uyg‘ur adabiyotining mashhur namoyondalari haqida
Turk olimi professor R.R.Arat qadimiy uyg‘ur alifbosida yozilgan yodgorliklarni yig‘ib, xrestomaniya shaklida keng ko‘lamli bir kitob nashr qilgan.8
1970-yili L.Yu.Tugusheva ilm ahliga noma’lum she’rni e’lon qiladi.
13 misralik bu she’riy parcha kichik bo‘lganiga qaramay, katta tarixiy ahamiyatga ega yodgorlikdir. Chunki u VII asrda qadimiy uyg‘ur tilida va yozuvida yozilgan she’riyat mahsulidir:
بۇرخان ئاتلىغ باقشى-قا
بۇدغىل ئارىغ ئۆزۈڭكە
بۇرساڭ، قۇۋراغ ئەردەنىكە
بودۇمىن تۇتۇشۇ ئىنانۇرمەن.
Bu she’rda qadimiy uyg‘ur poeziyasiga xos yetti bo‘limlik misralar ham bor. She’r alliteratsiya xususiyatiga ega bo‘lsa ham, lekin misraning oxirida ohangdoshlik ifodasi mavjud. Dastlabki ikki misrasini oladigan bo‘lsak, unda biz turoqni (4+3) uchratamiz. She’rning mazkur xususiyatlari uni xalq qo‘shiqlarining o‘lchami bilan yozilgan deya taxmin qilinadi.
VII-IX asrlarda ko‘plab adabiy asarlar tadqiq qilindi. Shuning uchun S.G.Klyashtorniy Sharqiy Turkistonning qadimgi uyg‘ur adabiyoti VIII-IX asrlarda yaratilgan degan fikrni olg‘a surdi.9
Haqiqatan ham, R.R. Aratning fikri bo‘yicha uning kitobiga kiritilgan shoirlarning asarlari VIII-XIII asrlarda yozilgan. Shu davrlarda Aprinchur Tegin, Ko‘l Tarxan, Singku Seli Tutun, Kelime Keyshi, Pratyashiri, Ki-ki, Asig‘ Tutun kabi adiblar uyg‘ur yozma adabiyotining maydonida ijodiy ish bilan mashg‘ul bo‘lganlar.
Ayni shu sanab o‘tilgan adiblar ichida Aprinchur eng qadimiy uyg‘ur shoirlarining biri sifatida adabiyotimiz tarixida salmoqlin o‘rin egallamoqda. Adibning qadimiy uyg‘ur yozuvida tuzilgan ikki she’ri Turfon hududidan topilgan. Moniy diniga e’tiqod qilgan shoirning yashagan davrini VIII_IX asrlar deya taxmin qilinadi. R.R.Aratinning fikricha, u Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘oti turk” kitobida zikr qilingan Juju ismli shoirdan biroz avvalroq yashagan adibdir.
Bu shoirning ikki she’ri R.Aratning kitobida chop etilgan. Birinchi she’r diniy mazmunda bo‘lib, to‘rtlik shaklda yozilgan uch banddan iboratdir. Ikkinchi she‘r esa, muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir o‘zining qizg‘in muhabbatini lirik misralarda izhor etadi.
يارۇق تەڭرىلەر يارلىقازۇن
ياۋاشىم بىرلە
ياپىشىپان ئادرىلمالىم
كۈچلۈگ پرىشتىلەر كۈچ بىرزۇن
كۆزى كارام بىرلە
كۈلۈشۈگىن ئولۇرالىم.
Buddist shoir Ki-Kining buddani madhiyalaydigan she’rlari orasida tabiat manzarasining tasviri ham o‘z aksini topgan. Shuning uchun unig she’ri shunday atalgan.
تاي پاي لىن شى ئاتلىغ
تايشىڭ نامنىڭ ئىچىنتە.
تالۇلاپ يىغىپ مەن كى-كى
تاقشۇتقا ئىنتۈرۇ تېگىندىم.
VII-IX asrlarda “Irq bitig”, “Chistoni Eligbeg” kabi bir qator asarlar paydo bo‘ldi. Qadimgi turkiy runi xatida uyg‘ur xoqonligi (745-840) davrida yozilgan “Irq bitigi”ga I.V Stebleva adabiy asar sifatida qarab, uning mazmunini to‘rt guruhga ajratgan: odam va hayvonlar turmushi, rivoyat va cho‘pchaklar syujetlari, tabiat tasviri va hikmatlar.10
Pand-nasihat ruhida yozilgan bu kitob insonni o‘z hayotida yaxshi bilan yomonni farq qilishni o‘rgatadi.
Ayni shu davrdda yaratilgan “Chistani Eligbeg” eposi xalq og‘zaki ijodining muhim yodgorligi sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Uning asosiy mazmuni xalqni oldinga boshlovchi botir Elbegning mardligini, umuman olganda qahramonlikni tasvirlashdan iborat.
Bu qissa “uyg‘ur mifologiyasining yozma shaklida ifodalangan, uyg‘ur adabiyotiga asos bo‘lgan badiiy asardir.11
Bunday qahramonlik eposlari Orxonda xoqonlik yuritgan uyg‘urlar tarafidan tosh yodgorliklariga ham yozib qoldirilgan. Ularning ichida Moyunchurning qahramonlik hayotini tasvirlagan yodgorlik muhim tarixiy ahamiyatga ega.
Uyg‘ur adabiyotining taraqqiyoti XI-XIV asrlarda yangi bosqichga ko‘tarildi. Shu jumladan, bu davr adabiyotida XI-XII asrlardagi asarlarni alohida ta’kidlash lozim.
X asrda Sharqiy Turkistonning g‘arbiy qismidagi uyg‘urlar islom dinini qabul qildi. Bu davrda taraqqiy etayotgan Qoraxoniylar davlati mustaqillik siyosatiga o‘tdi.Qoraxoniylar davlati rivojlangan sari, hududini kengaytirishga harakat qiladi.
Davlatning poytaxti etib Qashqar shahri belgilandi. Keng madaniy va adabiy markazga aylangan Qashqarda Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy kabi ulug‘ adiblar o‘z ijodiy faoliyatlarini olib bordilar.
Bu adiblardan oldin esa, Turki Kishi Eylaqi, Juju degan shoirlar yashab ijod etgan. Juju ismli turk shoiri bo‘lganligi haqida bizga Mahmud Qoshg‘ariy “Devoni lug‘oti turk” asarida ma‘lumot keltirib o‘tgan. Ammo adibning yashab ijod etgan yillari aniq emas.
Turki Kishi Eylaqining X asrda buyuk Rudakiyga zamondosh bo‘lganligi aniq. Bu shoirning fors tilida yozgan 8 misra she‘ridan boshqa ijodiy mahsuli bizgacha yetib kelmagan.12
Shuningdek, Mahmud Qoshg‘ariy bilan zamondosh bo‘lgan bir qator adiblar ijod qilishgan. Husayn ibn Xalaf Qoshg‘ariy mashhur olim Mahmudning ustozidir. U.M.Qoshg‘ariy ma‘lumotiga qaraganda hadislarni yozib, proza janrida qalam tebratgan adib ekan.
Israfil Tug‘an Tekin bo‘lsa, Mahmud Qoshg‘ariyga qadimgi uyg‘urlar haqida dadasi Muhammad Jaqir Tonxaxandan eshitgan tarixiy ma’lumotlarini so‘zlab bergan.
Hamda Abdul G‘affor ismli tarixchi XI asrning ikkinchi yarmida “Tarixi Qashqar” va “Shayxlar lug‘ati” kabi asarlarning muallifidir.13
“Qutadg‘u bilig” dostoni XI asr uyg‘ur poeziyasining eng katta me’rosi hisoblanadi. 1069-yili bu asar Qashqarda tamomlangandan keyin, muallif Tavg‘ach Bug‘raxonga taqdim etadi. Bu vaqtlarda shoir 50 yoshga yetib qolgan edi.14
Mahmud Qoshg‘ariyning kitobida uyg‘ur tili, uning dialect va shevalari haqida ko‘plab ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan. Olim islom dinidagi G‘arbiy Qoshg‘ariya aholisining tilini “Xoqoniya tili” deb ataydi. Kuchardan sharqda yashovchi buddist uyg‘urlarning tilini esa “Uyg‘ur tili “ deb atagan. “Xoqoniya tili” G‘arbiy Qashqariya atrofida yashovchi aholining dialekti asosida, ya’ni islom dinidagi bir qancha uyg‘ur qabilalari shevalarining asosida shakllangan. Shuningdek, qabila aholisini ham “Xoqoniya turkiylari” deb, ularning tilini “eng ochiq va ravon til Xoqoniya o‘lkasida yashovchilarning tilidir” deb aytib o‘tgan.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, mana shu til qoraxoniylar davrida islom muhitida shakllangan yangi uyg‘ur adabiyotining (qadimgi adabiyotga nisbatan) zamini bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |