qarashlarini bayon qiladi. Bu ishlarda rus va fransuz tillari tadqiqot obyekti sifatida
tahlil qilinadi
V.A.Avrorin til vaziyati (birtillilik, ikkitillilik, ko`ptillilik) va mohiyati,
bilingvizmning ijtimoiy, psixologik va lingvistik tomonlari, shaxsning ona tili
va ikkinchi tilga bo`lgan munosabati (interferensiya) kabi masalalarga batafsil
to`xtaladi.
20
V.A.Avrorinning bilingvizm xususidagi qarashlari umumnazariy
ishlardan
biri hisoblanib, unda til faktlarining tadkqiqida psixolingvistik aspekt
ustivorlik qiladi.
Psixolog Ye.M.Vereshchagin asosiy e’tiborni bilingvizm hodisasini
psixologik nuqtai nazardan tahlil qilishga qaratadi va bu masalada o`zining
aniq pozisiyasini belgilaydi. U bilingvizmni
reseptiv, reproduktiv, produktiv
ko`rinishlarga ajratadi. Bilingvizmning bunday tasnifi
til va tafakkur masalalari
bilan uzviy bog`lik bo`ladi. Chunki tasnifning boshlang`ich tamoyili sifatida olim
dastlab ruhiy imkoniyatni asos kilib oladi, keyin esa tasnif tamoyili lingvistik
mezon bilan almashadi. Bizningcha, Ye.M.Vereshchagin bilingvizmning
reseptiv, reproduktiv, produktiv kabi ko’rinishlarini ajratishda juda to`g`ri usulni
tanlaydi. Bilingvizmning reseptiv ko`rinishida birinchi til o`zaro kommunikativ
munosabat nuqtai nazaridan bir umumiy paradigmani hosil qiladi, biroq ikkinchi til
nuqtai nazaridan paradigmaga xos umumiylik o`rnini bilingvizm paradigmasiga
xos xususiylik oppozisiyasi egallaydi. Masalan, axborot o`zbek tilida bayon
qilinadi, tinglovchi axborotni to`liqqabul qiladi. Axborotning javobi esa rus,
tojik(o`z ona tilida)tilida qaytariladi.
Reproduktiv bilingvizmda esa axborot o`zbek
tilida ifodalanadi, tinglovchi
bayon qilingan axborotni o`zbek tili modeli asosida qabul qilib, tafakkurda unga
ikkinchi bir tilni modelini tanlaydi. Nutqiy jarayon esa sof o`zbekcha model
bilan amalga oshiriladi. Mazkur jarayonda har ikki tilga xos modelda kuchli
interferensiya holatlari kuzatiladi. (Ishda bu haqda to`liq ma’lumot beriladi.)
20
Аврорин В.А. Проблемы изучения функциональной стороны языка. - Ленинград: Наука, 1975. –С.124-156.
Bilingvizmning
produktiv
ko`rinishida
esa
o`zaro
kommunikativ
munosabatga kirishish uchun so`zlovchi va tinglovchi
ongida har ikki tilga xos
model qurish imkoniyatlari yuqori darajada bo`ladi. Bilingvizmning
buko`rinishida suhbatdoshlardan birining o`zi har ikki tilda axborot ifodalash
imkoniyatiga ega bo`ladi. Bilingvizm hodisasida ikki tildan har qanday holatda
parallel ravishda foydalaniladi.Ayni holat bilingvizmga misol bo`la oladi.
Bizningcha, bilingvizm hodisasida faqat ikki til hisobga olinadi, bir til
tarkibidagi turli shevalarning o`zaro almashinib qo`llanishi bilingvizmga xos emas.
Umuman, diglossiya bilan bilingvizm tushunchalarining
farqli tomonlari
quyidagicha: diglossiya bilingvizmdan farqli o`laroq, bir tilning bir-biri bilan
aloqador bo`lgan ikki va undan ortiq shakllariga ega bo`lish va ularni
qo`llashdir. Diglossiyaning eng ko`p tarqalganko`rinishlari bu o`z sheva
va koyne
21
, shuningdek, tilning oddiy so`zlashuv hamda adabiy shakllariga
egalik qilish, ba’zi bir
holatlarda ularning biridan, boshqa o`rinlarda esa
ikkinchisidan foydalanish, ba’zan esa bir nutqiy holatda ikkalasini navbatma-
navbat qo`llash jarayonidir.
Bilingvizm
ikki tilning birgalikda mavjudligini
ko’rsatsa,
Do'stlaringiz bilan baham: