Til paydo bo`libdiki, necha ming yillardan beri odam bolasi sabr-u sinoatga
to`la bu xilqat oldida hayrat barmog`ini tishlashdan tolmaydi. Chunki inson tili
benihoya murakkab, benihoya ko`p tomonlama, benihoya o`ziga
xos mustahkam
va muntazam hodisadirki, uning barcha jihatlarini yaxlitligicha va birdaniga
tasavvur qilishga ko`pincha inson aqli ojizlik qiladi. Dunyo tilshunosligiga nazar
tashlaydigan bo`lsak, til deganda hodisaga
xilma-xil shu bilan birga, bir-biridan
farqli yondashuvlar yuzaga kelganini kuzatishimiz mumkin. Albatta bunday
yondashuvlar uchun tilning muayyan bir jihati asos qilib olingan va aynan ana shu
bir jihatning xususiyatlarini ochishga harakat qilingan,
tilning butun murakkab
mohiyatga daxldor barcha o`ziga xosliklari ana shu jihatdan kelib chiqqan holda
tadqiq qilingan.
Ilmiy adabiyotlarda tillardagi o`zaro ta’sir, ona tili bilan bir qatorda
ikkinchi tilni o`rganish sur’ati genetik qarindoshlik va tipologik yaqinlik
darajasiga bog`lik degan qarashlar bor. B.V.Gornung bunday qarashlar asosida
tillarning o`zaro ta’sirini:
1) qarindosh bo`lmagan tillarning o`zaro ta’siri;
2) uzoq qarindosh tillarning o`zaro ta’siri;
3) yaqin qarindosh tillarning o`zaro ta’siri tarzida guruhlarga
ajratishni taklif
qiladi. A.I.Xolmogorov esa til assimilyasiyasining sur’ati o`zaro aloqaga kirishgan
tillarning yaqinlik darajasiga bog`lik deb ta’kidlaydi.
4
Genetik va tipologik yaqinlik darajasi bir tilning boshqa tilga struktur ta’siri
jarayonlarining o`tish tabiati va o`zlashish sur’atiga ta’sir qilishi mumkinligi shak-
shubhasizdir. Ammo bu qonuniyat universal emas. Masalan, o`zbek tilida arab,
tojik, rus tili kabi noqarindosh tillardan olingan o`zlashmalar mikdori ko`p.
Xuddi shuningdek, arman tillarida ham hind-yevropa tillariga qaraganda, iber-
kavkaz tillaridan olingan o`zlashmalarning miqdori ko`proqdir.
Ingliz tilidagi
roman, rumin tilidagi slavyan elementlari esa mazkur tillar lug`at tarkibining
40-50% ni tashkil qiladi. Chamasi, til ta’sirining genetik yaqinlik darajasiga
4
Аврорин В.А Проблемы изучения функциональной стороны языка.- Ленинград: Наука:1975.-С.154
bog`liqligi juda orttirib va soddalashtirib yuborilgan. Bu yerda hal qiluvchi
omillar umuman boshqadir. Ular ichida birinchi o`rinni genetik-tipologik yaqinlik
emas, balki mazkur tillarda so`zlovchi xalqlar o`rtasidagi hududiy,
iqtisodiy,
siyosiy va madaniy aloqalar egallaydi. Bu haqda M.A.Borodina: «Birinchi
qarashda qanchalik g`ayrioddiy ko`rinmasin, qo`shni qarindosh tillar, qo`shni
o`zga strukturali tillarga qaraganda til o`zgarishiga kamroq ta’sir qiladi,»-deb
yozadi. U o`z fikriga izoh, berib: «Ikki har xil sistemadagi tillarning o`zaro ta’siri
birinchi navbatda muloqot, o`zaro tushunish ehtiyoji bilan bog`liq.
Ikki qarindosh
til bir-biriga qanchalik yaqin va o`xshash bo`lsa, so`zlovchilar uchun ular qisqa
amaliy muloqotdan so`ng shunchalik tushunarli bo`ladiki, o`zaro ta’sirga hech
qanday hojat qolmaydi.»
5
Bu esa qarindoshlik tillarning o`zaro ta’siri jarayonlariga hech qanday
aloqasi yo`qligini ko`rsatadi. Ushbu holat sabablari millatlararo kontaktlar tabiati
va mazkur alokalar keltirib chiqaradigan muayyan ijtimoiy-tarixiy
sharoitlarga
bog`liqdir.
Xalqlar o`rtasida til kontaktlarining kuchayishi jah on tilshunosligida
bu masalani yanada chuqur va atroflicha tadbiq etish zarurligini ko`rsatmoqda.
Fransuz tilshunosi J. Vandriyes atyganidek, tillarning to`qnashuvi tarixiy zaruriyat
bo`lib, ular o`zaro bir - biriga ta’sir etmay qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: