Orfografik interferensiya
. Bunday interferensiya so‘zdagi harflarni noto‘g‘ri
o‘qish natijasida yuzaga keladi. Masalan, o‘quvchi-talabalar quyidagi so‘zlarni
xato o‘qib, talaffuz etishlari kuzatiladi:
So`z yozilishi
Xato o`qiladi
Aslida
forehead
forehed
[ˈfɔːred]
ceramic
keremik
[səˈræmɪk]
toothbrush
tuzbrush
[ˈtuːθbrʌʃ]
school
schul
[sku:l]
society
soshiti
[səˈsaɪəti]
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, so‘zlarni leksik jihatdan to‘g‘ri
qo‘llash, o‘z o‘rniga qo‘yib
xatosiz gap tuzish, fonetik jihatdan to‘g‘ri talaffuz
qilish va orfografik jihatdan to‘g‘ri yozib, o‘qish xorijiy
tilni muvaffaqiyatli
o‘rganish garovidir. Shu sababli tildagi interferensiya hodisasini o‘quvchi-talabalar
ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganishlari maqsadga muvofiq. O‘qituvchi
esa dars davomida turli mashq va o‘yinlar orqali tillarni solishtirib,
ularning
o‘xshashliklarini va farqini o‘quvchitala balarga shunday o‘rgatmog‘i lozimki,
ularning xorijiy tilda qilayotgan xatolari turg‘un xatoga aylanib qolmasin.
Interferensiya muammolarini tilni chuqur o‘rganish va har bir so‘zning
lug‘aviy ma’nolarini anglagan holatda tarjima qilish orqali bartaraf etish mumkin.
Mumtoz adabiyotda shir-u shakar.
Mumtoz adabiyotda ikki va undan ortiq tilda yozilgan asarlar ham uchraydi.
O‘zida ikki til unsurlarini birlashtirgan lirik she’r shir-u shaker deb atalgan,
Bunday asar namunalari xalqlar o`rtasidagi ijtimoiy-ma’daniy
aloqalar zaminida
vujudga kelgan. Shiru shakar ko`proq mumtoz adabiyotimizda o`zbek-tojik
tillarida bitilgan. Tojikcha “shir “ so`zi “sut” degan ma;noni anglatadi. Demak, sut
bilan shakarning qo`shilishi ko`zda tutiladi, bunday
asarlarni XV asrdan boshlab
shiru shakar deb atay boshlaganlar.O`sha davr shoiri Yusuf Amiriy “ Chog`ir va
Bang munozarasi”ni tasvirlashda sut bilan shakar qo`shilishidagi yoqimlilik
fazilatidan foydalaniladi.
Misol sifatida Navoiy g`azallaridan birining birinchi
va oxirgi baytlarini
eslash mumkin;
Ashraqat ming aksi shamsi-qa’si anvorul xudo,
Yor aksin mayda ko`r, deb jondin chiqdi sado.
Tashna lab o`lma, Navoiy, chun azal soqiysidin,
“ Ishrabu yor ayyuhal- atshon” kelur har dam nido.
(ma’tladagi arabcha misraning mzmuni: kosa quyoshning aksidan hidoyat nurlari
chiqib taraldi. Ma’qtaning ikkinchi misrasidagi arabcha so`zlar ma’nosi: Ey
tashnalar ichinglar). Shiru shakarda ijod qilgan olimlar talaygina bo`lib, Muqimiy
rus ijtimoiy tafakkurining ta’sirida rus so`zlari uning she’rlarida rus ma’daniyati va
tilining ta’sirida kirib keldi. Uning “ Moskovchi boy ta’rifida “ nomli hajviyasida
ruscha o`zbekcha aralash shiru shakarlarni ko`rishimiz mumkin:
Chiqib qochti bir-bir hamma mardikor,
Kupes qoldi bu sirga hayron-u zor.
Topib mardikorni ” сейчас yuring”,
“Пожалиста,-der edi,-emdi turing”.
Du bora yana bordi bir ishga shul,
So`kib:” Нет,- dedi,-kelma, дуррак пошёл”.
Shiru shakar yozish an’anasi o`zbek she’riyatida ma’lum darajada davom ettirildi.
Yangi shiru shakarlarning maualliflari qardosh xalqlardan birining tilidagi so`z va
iboralarni jalb etish yo`li bilan xalqqa bo`lgan do`stlik,
birodarlik hislarini, fikriy
yaqinlikni ifodalaydilar. O`sha davrda bu san’at turi siftigacha ko`tarilib ijobiy fikr
bildirilgan bo`lsa, hozirda bunga salbiy qaraladi.