Haqnazarova Maftuna Mardiyevna



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#259007
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
adabiyot darslarida manaviy-marifiy qadriyatlar uzluksizligi

          Ma‘lumki,  insonning  tafakkuri  qanchalik  yuksak  bo`lsa,  u  shunchalik 

tashabbuskor  bo`ladi.  Odamning  fikrlashi  qanchalik  erkin  bo`lsa,  u  shuncha 




 

40 


izlanuvchan,  ijodkor  bo`ladi.  Chegara  va  qolib  ichidagi  fikr  ijodkorlik 

xususiyatiga  ega  bo`lmaydi.  Oilada  kattalar,  maktabda  o`qituvchilar  shakllanib 

kelayotgan  bola  shaxsiga  zug`um  o`tkazishdan    voz  kechib,  o`quvchi 

yoshlarning  ruhiy,  aqliy,  jismoniy  imkoniyatlariga  qarab  ish  tutishsa,  bola  o`z 

hatti-harakatini yo`naltirish ehtiyoji va o`zi tanlagan yo`l uchun javobgarlik hissi 

paydo  bo`ladi.  Demak,  erkinlikka  asoslangan  mas‘uliyat  bolani  o`z  fikri, 

qarashiga  ega  qiladi.  Fikr  kishisi  hamisha  o`z  qarashlarni  asoslaydi,  o`rni 

kelganda himoya qiladi. Kerak bo`lsa o`z haqiqati uchun kurashadi. 

         Umumiy  o`rta  ta‘lim  tizimi  o`quvchilarda  ma‘naviyatni  shaklllantirish 

bobida  adabiyot  barcha  o`quv  fanlari  orasida  o`ziga  xos  o`rin  tutadi.  Adabiy 

ta‘lim  o`z  oldiga  qo`yilgan  masala  yuzasidan  mustaqil  mulohaza  yuritgan 

o`quvchilarning har biri o`z yo`li bilan o`zining betakror haqiqatini kashf etadi. 

Adabiy  ta‘limdagi  ma‘naviy  tarbiya  boshqa  o`quv  fanlaridagiga  qaraganda 

o`zining  serqirra  va  turfaligi  bilan  farq  qiladi.  Shu  sababli  ham  adabiyot 

darslarida o`quvchilarni  ma‘navitatini shkllantirishning limiy-nazariy asoslarini 

belgilash hamda metodik hujjatlarni ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. 

           Ma‘lumki,  har  qanday  jamiyatning  taqdirini  unda  yashaydigan  insonlar 

belgilaydi.  Jamiyatni  nurli  kelajak  sari  yetaklah  ham,  tubanlik  qa‘riga  tortish 

ham  odamning  qo`lida.  Shuning  uchun  ham  jamiyat  a‘zolari,  ayniqsa,  o`sib 

kelayotgan avlodning ma‘naviy kamoloti bugungi kunda o`ta dolzarb masalaga 

aylandi.

 

           ―Ta‘lim  to`g`risida‖gi  Qonun  va  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖ning 



qabul qilinishi ham inson omilining hal qiluvchi ahamiyat kasb etganidan dalolat 

beradi.  Bu  hujjatlarda  o`quvchi  shaxsi  va  uning  ma‘naviy  kamoloti  birinchi 

o`ringa chiqarildi. Ta‘lim konsepsiyasi, standarti, dastur, darslik hamda metodik 

qo`llanmalar  insonparvarlik  yo`nalishiga  solindi.  Ular  faqat  mutaxasisi 

tayyorlashga emas, balki sog`lom ma‘naviyatli kishi shakllantirishga xizmat qila 

boshladi.  Milliy  pedagogoika  ilmi  ham  ma‘naviy  barkamol  avlod  tarbiyalash 

yo`llarini  tadqiq  etmoqda.  Yosh  avlod  aqliy-ma‘naviy  kamolotini  ta‘minlashda 

ularning mustaqil fikrlashi ulkan ahamiyat kasb etadi. 




 

41 


          Shu  bois,  avvalo,  mustaqil  fikrlash  tushunchasi  nima  ekanligi  hamda 

uning barkamol insonni shaklllantirishdagi ahamiyati qandayligini aniqlab olish 

zarur.  Umuman  tafakkur  jarayoni,  xususan,  uning  mustaqil  fikrlash  turi  haqida 

psixologlar,  pedagoglar  turli  daraja  va  miqyoslarda  o`z  fikr  mulohazalarini 

bayon etganlar. 

          Psixologlarning ta‘biricha, fikrlash, ya‘ni tafakkur – odam miyasida sodir 

bo`ladigan  jarayon.  Sezgi  organlari  yetarli  bo`lmagan  o`rinlarda  odam  va 

olamning  xususiyatlari  tafakkur  orqali  o`rganiladi.  Tafakkur  –  aqliy 

faoliyatning, ongli hatti-harakatlarning majmuyi. U tevarak-atrof, voqelik hamda 

ijtimoiy  muhitni  bilish  quroli,  inson  faoliyatini  to`g`ri  va  smarali  amalga  

oshirishning  asosiy  sharti  hisoblanadi.  Kishi  fikrlash  jarayonida  o`zi  ko`rgan, 

idrok qilgan, sezgan,  tasavvur  etgan  narsa  va hodisalarning to`g`riligi, aniqligi, 

hqqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi.

15

 



         Tafakkur  orqali  kishi  odam  va  olam  sirlarini  o`rganishda  o`zidan  oldin 

hosil bo`lgan qarashlar, tushunchalar,  farazlar, insoniyat tomonidan  chiqarilgan 

xulosa  hamda  kelingan  qarorlarning  qanchalikto`g`ri  yoki  noto`g`riligini 

belgilab  oladi.  Mulohaza  yuritib,  narsa  va  hodisalar  o`rtasidagi  munosabatlar, 

xulosalar,  xususiyatlar,  ularni  bir-biri  bilan  bog`lab  yoki  ajratib  turuvchi 

vositalar  hamda  ularning  faoliyati  mexanizmlarini  anglab  yetadi.Bu  haqiqatni 

hazrat  Navoiy  bundan  necha  yuz  yillar  ilgari:‖…har  ishki  qilmish  odamizod, 

Tafakkur birla bilmish odamizod‖,

16

  - deya  ifodalagan.  



            Tafakkur  jarayoni  insonnig  ko`ngli,  ruhiyati  bilan  uzviy  bog`liqlikda 

kechadi.  Fikrlayotgan  odamning  ichki  dunyosi  qanchalik  boy,  dunyoqarashi 

qancha  keng,  bilimi  qay  darajada  chuqur  bo`lsa,  uning  fikrlari,  xulosalari  

saviyasi  ham  shuncha  asosli  bo`ladi.  Teranlik,  tiniqlik,  mantiq,  erkinlik, 

mustaqillik,  badiiylik,  ijodiylik  inson  tafakkuri  darajasini  ko`rsatuvchi  ijobiy 

xususiyatlardir.  Odam  dunyoni  tafakkur  orqali  anglaydi,  fikr  va  ruhiyat 

yordamida  undan  o`ziga  xos  tarzda  ta‘sirlanadi,  xulosalar  chiqaradi.  Mustaqil 

                                                 

15

 E.G`oziyev.Tafakkur psixologiyasi.   - T.:‖O`qituvchi‖,1990y. 



16

 Alisher Navoiy,Tanlangan asarlar.20jildlik. 8-j.Xamsa:Farhod va Shirin. – T.:‖Fan‖,1991. – 122-b. 




 

42 


mulohaza  yuritgan  odam  biror  narsaga  mehr  qo`yadi,  nimanidir  inkor  etadi  va 

o`zida  yaratishga,  ijodga,  kashfiyotga  ehtiyoj  sezadi.  Bu  ehtiyoj  uni  harakatga 

undaydi. 

         Hayot  hodisalari  yuzasidan  o`z  fikru  qarashlariga  ega  bo`lgan,  o`z 

xulosalarini chiqarib, ularni asoslay bilgan odam hech qachon o`zgalarga mutlaq 

tobe bo`lmaydi. Jiddiy hayotiy masalalar hal etilayotganda beparvolik, loqaydlik 

qilmaydi,  taqdirini  o`zgalar  hal  qilib  yuborishiga  yo`l  qo`ymaydi.  Fikr  kishisi 

biror faoliyatni boshlashdan oldin atroflicha o`ylab ko`radi, tahlil qiladi. 

           Psixologlarning  ta‘kidlashicha,  fikrlash  iltimoiy-intelektual  jarayon 

sifatida  o`zining  harakatga  undovchi  ruhiy  ehtiyoji,  maqsadi,  usullariga  ega 

bo`lgan  faoliyat  hisoblanadi.  Fikrlash  ko`magida  inson  miyasi  yoki  ruhiyatida 

aks  etgan  narsa  va  hodisalarning  anglagan  yoxud  anglamagan  jihatlari  ayon 

bo`ladi.  Fikrlash  shu  yo`ldagi  izlanishlar  tufayli  yuzaga  keladi.  Fikrlash 

muloqotga kirishgan ikkinchi bir kishiga ta‘sir ko`rsatishning zaruruy qismi, bir-

birini bilishning asosi hamdir. 

Tarixiy      xotira      milliy    istiqlolimiz        mustahkamlanayotgan    bugungi  

kunda      yosh      avlodni      buyuk    ajdodlarimiz    ulug‘vor    an‘analari      ruhida   

tarbiyalashda   muhim  o‘rin  tutadi.    

         O`zbek  xalq  ertaklari,  doston  va  rivoyatlari        xalqimizning      hayotiy   

voqelikka    munosabatini  o‘zida  aks  ettiradiki,  ularni  o`quvchilarga o‘rgatish   

orqali  ajdodlarimiz    turmush  tarzi   bilan   bog‘liq   tarixiy  hodisalar,   turli   

e‘tiqodiy    tasavvurlar    mohiyatini    oydinlashtirish      mumkin    bo‘ladi.  O`bek  

xalq  ertaklarida  xalqimizning    ko‘p    asrlik    ma‘naviy-ma‘rifiy  an‘analari,   

tarixiy   xotirasi  va  tajribalari  mujassamlashgan bo`ldi.   



 

Mamlakatimiz    prezidenti    Islom    Karimov    yozganlaridek:  ―Tarix   

xotirasi,    xalqning,    jonajon  o‘lkaning,   davlatimiz  hududining  xolis   va  

haqqoniy      tarixini    tiklash,    milliy  o‘zlikni          anglashni,    ta‘bir    joiz    bo‘lsa   

milliy  iftixorni  tiklash  va  o‘stirish   jarayonida  muhim   o‘rin  tutadi.   Tarix  

millatning  haqiqiy   tarbiyasiga   aylanib  bormoqda.   Buyuk  ajdodlarimizning  




 

43 


ishlari    va    jasoratlari      tarixiy      xotiralarini    jonlantirib,      yangi        fuqarolik  

ongini   shakllantirmoqda.‖ 

17

 

O`zbek    xalq  ertaklari  hayotiy    voqelikni      aks    etishi    va      folklordagi  



badiiy    estetik    prinsiplarni      o‘rganish,      xalq    og‘zaki      badiiy    ijodi  

an‘analarining  shakllantirish,  hamda   milliy an‘ana va qadriyatlarni aniqlashga   

asos  bo‘ladi.    

 Xalqimiz      dunyoqarashi    va      ruhiyatimizning      ko‘zgusi    asrlar  

davomida elimizning milliy hurlik,  el-yurtga muhabbat,  yuksak  vatanparvarlik   

yaratuvchanlik  va  mehnatsevarlik  ruhida   tarbiyalab  kelgan    og‘zaki  badiiy  

ijod        namunalari      ma‘naviy    qadriyatlarimiz      taraqqiyotida      muhim    o‘rin  

tutadi.  Zero  ma‘naviyat  insonning,  xalqning,  davlatning    kuch  qudratidir.  

U    yo‘q    joyda      hech    qachon    baxt      saodat   bo‘lmaydi.      Yaratuvchanlikni,  

ijodkorlikni,   halol  mehnatni    ulug‘  saodat  deb  bilgan    zukko   ajdodlarimiz   

ma‘naviy   tafakkurning   asrlar  davomidagi   izchil  rivoji  natijasida    rang  

barang   janrlardan  tarkib  topgan  o‘zbek   folklori   an‘analari   shakllangan. 

Mamlakatimiz    mustaqillikka      erishishgach      ma‘naviy      qadriyatlarni  

tiklash,   rivojlantirish   va    ommalashtirish  keng  ko‘lamda  tadqiq   etishga  

bo‘lgan    ehtiyoj  yanada   kuchaydi. 

 Shu   bois  mustaqilligimizning  dastlabki   kunlaridanoq   ajdodlarimiz   

tomonidan      asrlar    mobaynida      yaratib    kelingan    g‘oyat      ulkan      bebaho   

ma‘naviy    va    madaniy      merosni      tiklash      davlat    siyosati      darajasiga  

ko‘tarilgan   nihoyatda  muhim   vazifa  bo‘lib  qoldi.  

           Quyida  biz  Hamid  Olimjonning  ―Oygul  bilan  Baxtiyor‖  ertagi  orqali 

o`quvchilarni  ma‘naviy  kamolot  sari  yo`naltirish  yo`llari  haqida  ayrim  fikrlar 

bildirishni lozim topdik. 

           Umumta‘lim maktablari beshinchi sinflarida Hamid Olimjonning ―Oygul 

bilan  Baxtiyor‖  ertak-dostoni  o`rganish  uchun  tavsiya  etilgan  bolib,  buning 

                                                 

17

 Karimov I.A. Istiqlol va ma‘naviyat. Toshkent: O‘zbekiston, 1994 y. 



 


 

44 


uchun  dasturda  uch  soat  ajratilgan.

18

  Adabiyot  o`qituvchisi  ta‘lim  jarayonini 



o`quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  yo`naltirish,  ularni  o`z  qarashlariga  ega 

bo`lgan, ma‘naviy komillik sari yuz tutgan insonlar qilib tarbiyalash maqsadida 

tashkil  etish  uchun  birinchi  darsni  ertakning  to`liq  mutolaasiga  bag`ishlashi,  

shundan so`nggina o`quvchilarning ruhiy holatidan unumli fiydalanib birgalikda 

uning  tahliliga  kirishishi  o`rinli  bo`ladi.  Agar  o`qituvchi  ikki  darsni  bir  kunga 

ko`chira  olsa,  darsni  ketma-ket  tashkil  etishga  erishsa,  maqsadga  muvofiq 

bo`ladi.  Ammo  buning  imkoni  bolmasa,  mashg`ulotlar  odatdagi  tarzda 

uyushtiriladi.  

           Mazkur  ertakning  o`z  o`qish  ohangi  bor.  O`qituvchi  darsga  tayyorlanish 

jarayonida  shu  ohangni  topib  olishi  lozim.  Uning  qaysi  qismi  yo`g`on  ovozda, 

qaysi  bo`lagi  siniq  ohangda,  qay  o`rinlarni  mayinlik  va  qay  biri  qat‘iyat  bilan 

o`qilishi kerakligini oldindan belgilab qo`yish lozim. Asarning o`qish ohangi va 

ifodaliligi darsning yarim muvaffaqiyati hisoblanadi. O`qituvchi mutolaasi bilan 

o`quvchilar  ko`nglini  bezovta  qila  olishi,  ularning  inon-ixtiyorini  to`laligicha 

o`ziga qaratib olishi mumkin. Butun diqqat-e‘tibori matnga qaratilgan o`quvchi 

boshqa  narsalarga  chalg`imaydi.  Bunga  ehtiyoj  ham  qolmaydi.  U  bor  vujudi 

bilan yoqimli ohangda o`qilqyotgan ertakni tinglaydi. 

            Mutolaa  davomida  ertak  qahramonlarining  ruhiyati,  fe‘l-atvori 

ifodalangan,  ularning  tabiati  tasvirlangan  lavhalarni,  shoirning  so`zni  o`ynatib 

yuborgan o`rinlarini o`quvchilarga belgilatib boorish mumkin. Asar matni ustida 

ishlanayotganda  ajratib  qo`yilgan  so`z,  insonlarga    xos  bo`lgan  baland  sifatlar, 

chinakam  fazilatlarga  qaratiladi,  o`quvchilar  munosabati  so`raladi.  O`quvchilar 

tomonidan  farqlangan,  munosabatga  tortilgan  insoniy  fazilatlar  ularning 

shaxsiyatiga albatta iz qoldiradi. 

           Mutolaadan  so`ng  asar  matni  ustidagi  ish  ―Nima  deb  o`ylaysiz,  shoir 

ertakning birinchi bo`limini bolalik xotiralariga bag`ishlanganligi sababi nimada 

bo`lishi mumkin? Asardagi: 

                              ―Buvimning har qissasi, 

                                                 

18

 Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining adabiyotdan o`quv dasturi. ―Ma‘rifat‖ 4,7,11-oktabr, 2007-yil. 




 

45 


                                Har bir qilgan hissasi. 

                                Fikrimni tortar edi

                                Havasim ortar edi.‖ 

Misralarida  ko`zda  tutilgan  mazmun  haqida  o`ylab  ko`ring.  Bo`lajak  shoirga 

buvisining qaysi ishlari bu qadar kuchli ta‘sir ko`rsatganligini ayting.  

   Ertakdagi: 

                               ―Tinglar edim betinim

                                 Uzun yunlar yotib jim. 

                                 Seza olardim kuchin

                                 Ko`pi – yolg`on, ko`pi – chin‖ 

satrlariga  e‘tibor  bering.  ‖Gap  nima  haqida  ketayotganligini  anglating  va 

shoirning  shunday  deyayotganligi  sababini  tushuntiring‖  kabi  savol- 

topshiriqlarni  o`rtaga  tashlashdan  boshlanadi.  Mazkur  savol-topshiriqlar  ustida 

ishlanayotganda asarning birinchi bandini qayta o`qib berish ham mumkin. 

             ―Oygul  bilan  Baxtiyor‖  –  adabiy  ertak.  Uning  birinchi  bandidagi 

tasvirlar  esa  ertak  haqidagi  hikoya.  Lekin  ayni  vaqtda,  ular  –  sal    haqiqat 

ifodalari.  Unda  tirik  inson  va  uning  bolalik  tuyg`ulari,  haayotidagi  eng  g`o`zal 

davr ifodalangan. Shoirning holati ertakni tinglayotgan bolaning hozirgi vaziyati 

bilan hamohang. Unda aytilayotgan ertaklarning deyarli barchasi  o`quvchilarga 

ham  tanish.  Aytiganlar  ohangi  bilan  ham,  mazmuni  bilan  ham  o`quvchi 

ko`ngliga  xush  yoqadi.  Shuning  uchun  ertakning  bu  bandi  kop  o`qimasdanoq 

o`quvchilarning  xotirasiga  bir  umrga  mixlanib  qolishi  aniq.  Shu  kabi  badiiy 

so`zlardan  ta‘sirlangan,  go`zallikka  oshno  bo`lgan  qalb  yomomliklarga  qodir 

bo`lolmaydi. 

          Bo`lajak  shoirga  buvisining  aytgan  ertaklari  va  ulardan  chiqarib  olgan 

hissalari  qanday  ta‘sir  qilgani,  eshitganlarida  fikrni  tortgan,  havasin  orttirgan 

narsalar   uning  taqdirida  qanday  rol  o`ynaganini  savol  tariqasida o`quvchilarga 

eslatib  o`tgan  ma‘qul.  Buvisining  ertaklarini  tinglayotgan  yosh  shoir  ularning 

―ko`pi – yolg`on, ko`pi – chin‖ ekanini biladi. Mana shu yolg`on-u chinlarning 

ta‘sir  kuchi  qanchalar  baland  ekanini    ham  his  qiladi.  So`zni  his  qilish,  undan 




 

46 


ta‘sirlanish inson taqdiri uchun qanchalik ahamiyatli ekani o`qituvchi tomonidan 

aytilgan  ikki  og‘iz  gap  orqali  o`quvchilarning  ―qulog‘iga  tushib  qolgani‖ 

foydadan holi bo`lmaydi. 

             Ba‘zi  o`rinlarda  savollarning  mazmunini  o`quvchi  anglamay  qolishi 

mumkin.  Shunda  o`qituvchi  ularni  o`quvchilarning  tiliga  yaqinlashtirishi, 

nisbatan  jo`nlashtirishi  ham  mumkin.Toki  savolda  ko`tarilgan  masala 

o`quvchiga tushunarli bo`lsin. U savolga javob berishi uchun matnning qayeriga 

qarashi,  nimalarni  eslashi  lozimligini  to`liq  tasavvur  qila  olishi  kerak.  Shunda 

o`quvchining  javoblari  asosli,  salmoqli  bo`ladi.  Fikri  qat‘iylashadi.  Buning 

uchun  u  matnni  o`qituvchisi  bilan  birga  ichdan  o`qib,  matnnning  o`qituvchisi 

ta‘kidlagan joylariga ma‘lum belgilarni qo`yib borishi talab qilinadi. 

            Ertak mazmuni yuzasidan taqdim etilgan: ―Asarda Darxon tilidan bayon 

etilgan: 

             ―Bosh ko`tardik, zulmdan, 

               Bo`lmoqchi edik ozod. 

               Lekin bu gal bo`lmadi, 

               Ammo tilak o`lmadi.‖ 

iqrori  zamirida  qanday  ma‘noni  angladingiz?  Darxon  o`ldi-ku,  tilakning 

o`lmagani  nimani  anglatadi?‖  singari  savollar  o`rtaga  tashlanganda  qul 

Darxonning xon bilan to`qnashuvi sahnasi, uning xonga munosabati sabablarini 

o`quvchilar matnga tayangan holda  o`zlari tahlil qilganlari ma‘qul. Shunda ular 

qo`zg`olonchilarning    tilagi  –  zulmdan    ozod  bo`lish  ekanligini,  zulm,  xorlik, 

qashshoqlik bir kun shunday yakunlanishi aniq ekanini o`zlari kashf etadilar. 

          ―Xon  qovog`ini    uydi,  Bulutlar  yomg`ir  quydi”  tasviri  zamiridagi  badiiy 

ma‘noni  topishga  yo`naltirilgan  o`quvchilar  matnnning  shu  o`rniga  murojaat 

qiladilar. Xonning qovog`ini uyishi bilan osmonning yomg`irli holati o`rtasidagi 

o`xshashlikni  ularning  biri  bo`lmasa, biri topadi. O`qituvchi  bu  holat  shoirning 

mahorati ekanini bir og`iz  so`z bilan bildirib qo`ygani ma‘qul. 

          Ozodlik  sari  Darxondek  mard,  dovyurak  odamlar  yo`l  boshlaydilar. 

Shunday  odamning  farzandi  bo`lmish  Oygulning  taqdirga  tan  berib,  xon 




 

47 


saroyida yashab qolishi mumkin emas edi. Dovyurak kishilarning do`stlari ham 

ko`p  bo`ladi.  ―Qora  kun‖da,  g`amda  insonlar  bir-biriga  yaqinlashadilar, 

birlashadilar. G`am-alam nafaqat odamlarni, hatto hayvonlarni ham birlashtiradi.  

          O`quvchilar ertakdagi: 

                                   ―Qaldirg`och qoshlaridan, 

                                     To`yib qarashlaridan. 

                                     Hayot sochilar edi

                                     Gullar ochilar edi‖ 

tarzidagi misralar ―Kim haqda ekanini va nima uchun shunday ifodalanganligini 

o`ylab  ko`ring‖  topshirig`ini  bajarish  uchun  matndan  shu  o`rinni  topgan 

o`quvchilar  uning  Oygul  haqida  ekanini  darrov  anglaydilar.  Uning  shunday 

qarashi,  bu  qarashlardan  ―hayot  sochilishi,  gullar  ochilishi”  sababini  ham 

o`zlaricha topishga urinadilar. O`quvchilar bu bilan o`z ma‘naviy kamolotlarini 

tezlashtirishda ishtirok etadilar. 

       Susambilga  ketmoqchi  bo`lgan  jambilliklarga  ―Oygul  nazar  tashladi, 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish