9
I.A.Karimov ―Barkamol avlod –
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.:
1998 yil 48 – bet
27
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da ―o`quv-tarbiyaviy jarayonni ilg`or
pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash‖ e`tirof etildi. Uning ikkinchi va
uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
"Ta‘lim to`g`risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"
talablari asosida ta‘lim tizimimizda jiddiy yangilanishlar amalga oshmoqda.
Islom Karimov o‘z asarida mamlakatimizda milliy ma‘naviyatni tiklash
va rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa ekanligiga e‘tiborni qaratib
quyidagi konseptual g‘oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga
moddiy boylik berish, so‘ngra ma‘naviyat to‘g‘risida o‘ylash kerak deydiganlar
haq bo‘lmasa kerak. Ma‘naviyat – insonning, xalqning, jamiyat, davlatning
kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi...»
10
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu konseptual g‘oyaning nazariy va
amaliy ahamiyati shundaki:
Birinchidan, sobiq sho‘rolar davrida ma‘naviyatni rivojlantirishga uchinchi
darajali omil sifatida qaralishining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy-
ma‘rifiy inqirozining sabablarini ham ko‘rsatib beradi.
Ikkinchidan, ma‘naviyatni rivojlantirmasdan, shaxsning ma‘naviy-ruhiyatini
o‘zgartirmasdan turib jamiyatda ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish mumkin
emasligiga asosiy e‘tiborni qaratgan.
Islom
Karimovning
milliy-ma‘naviy
tiklanish
konsepsiyasida
vatanparvarlikning shaxs ma‘naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab
berish alohida o‘rinni egallaydi.
Hurmatli prezidentimiz Islom Karimovning ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas
kuch‖ asariga murojaat qiladigan bo‘lsak, ushbu asarda ma‘naviyatga
quyidagicha ta‘rif berilgan. Biz odatda ma‘naviyat haqida, uning ma‘no-
mazmuni, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida ko‘p gapiramiz. Lekin
negadir aksariyat hollarda ko‘pchilik ma‘naviyat o‘zi nima, degan savolga aniq
va lo‘nda javob berishga qiynaladi. Men bunday holatga o‘z shaxsiy tajribamda
ko‘p bor guvoh bo‘lganman. Mas‘ul rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni
10
I.A.Karimov ―Barkamol avlod –
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.:
1998 yil 49 – bet
28
tanlashda o‘tkaziladigan suhbat jarayonida ularning professional malakasi,
bilimi, tashkilotchiligi, hayotiy tajribasi, insoniy fazilatlari bilan bir qatorda
ma‘naviy saviyasiga ham alohida e‘tibor qarataman. Va ko‘p hollarda,
ma‘naviyat haqida beriladigan savollarga har xil, ba‘zan esa bir-biriga qarama-
qarshi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni ham eshitishga to‘g‘ri keladi.
11
Albatta, «ma‘naviyat» tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki
oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta‘riflarini keltirish mumkin. Umuman,
o‘zida juda chuqur va keng qamrovli ma‘no-mazmunni mujassam etgan bu
tushunchaga har qaysi ma‘rifatli inson o‘zining falsafiy yondashuvi, siyosiy
qarashlari va e‘tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha ta‘rif va
tavsiflar berishi tabiiy. Shuning uchun ham bu masala bo‘yicha ilmiy
adabiyotlarda, kundalik matbuotda bir-biridan farq qiladigan fikr-mulohazalarni
uchratganda bundan taajjublanmasdan, ularni har qaysi muallifning o‘ziga xos
dunyoqarashi, mushohada tarzi ifodasi sifatida qabul qilish o‘rinlidir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi yillarda bu mavzuda olimlarimiz
tomonidan tayyorlangan ilmiy risolalar, o‘quv qo‘llanmalari, lug‘atlarda
«ma‘naviyat» tushunchasi va uning asosiy tamoyillariga o‘ziga xos ta‘riflar
berilayotganini kuzatish mumkin. Biz bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda,
«ma‘naviyat» tushunchasining mazmuni faqat «ma‘ni», «ma‘no» degan so‘zlar
doirasida chegaralanib qolmaydi, deb o‘ylaymiz. Nega deganda, insonni inson
qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha
har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab
bo‘lmaydigan alohida o‘rin tutadi.
Shu fikrni mantiqiy davom ettirib, ma‘naviyat — insonni ruhan poklanish,
qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat,
iymon-e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning
barcha qarashlarining mezonidir, desak, tariximiz va bugungi hayotimizda har
11
I.A.Karimov.‘‘Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‘‘.Toshtkent.‘‘Ma‘naviyat‘‘.2008-yil.
29
tomonlama o‘z tasdig‘ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan
bo‘lamiz.
Ma‘naviyatning negizi va ma‘no-mazmunini belgilaydigan asosiy
xususiyatlar, birinchi galda insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg‘ayishi
haqida gapirar ekanmiz, bir masalaga alohida e‘tibor berishimiz lozim.
Albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e‘tiqod,
oliy maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana
shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma‘naviyat
hamisha bar-qaror bo‘lib keladi.
Hammamizga ma‘lumki, muqaddas kitoblarimiz va qadriyatlarimiz,
buyo‘q mutafakkir ajdodlarimiz merosi bizni doimo halol mehnat bilan
yashashga, mardlik, sahovat va kamtarlikka chaqiradi, lekin, shu bilan birga,
hayotda bu kabi da‘vatlarga amal qilishga intiladigan odam ko‘pincha turli
qiyinchiliklar, hatto azobu uqubatlarga duch kelishini kuzatish qiyin emas. Tan
olish kerakki, yuksak ma‘naviy tushunchalar bilan yashashga harakat qiladigan
odamning bugun ham ko‘p mashaqqatlarni, og‘ir sinov va to‘siqlar,
muammolarni engib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Prezidentimizning milliy-ma‘naviy tiklanishni amalga oshirishga xizmat
qiluvchi yana bir konseptual g‘oyasi sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga etkazish
zaruriyatini ilmiy asoslanganligidir. Uning sog‘lom avlod konsepsiyasida
shaxsning jismonan, ruhan baquvvat bo‘lishi, yuksak bilim, ma‘naviyat,
tafakkur va fidoyi vatanparvar bo`lishi kabi talablarga javob beradigan avlodni
nazarda tutiladi. Shuning uchun ham u «...farzandlari sog‘lom yurt qudratli
bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi» – degan g‘oyani ilgari
suradi.
Milliy-ma‘naviy tiklanishimizda yoshlarimiz ma‘naviyatini yuksak
darajaga ko‘tarish, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya
yutuqlarini chuqur o‘zlashtirishlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan
ilmiy asoslangan.
30
Haqiqatdan ham jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari ko‘rsatib
turibdiki, qaysi mamlakat yoshlari zamonaviy fan, texnika va texnologiya
yutuqlarini qanchalik mukammal egallasa, mamlakat taraqqiyotiga qo‘shadigan
hissalari shunchalik samarali bo‘ladi, ma‘naviyat yuksaladi va mamlakatning
hozirgi zamon jahon sivilizatsiya tizimiga kirib borishi tezlashadi.
Prezidentimiz ishlab chiqqan milliy-ma‘naviy tiklanish konsepsiyasida
insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha
boyliklarini milliy ma‘naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirish ham asosiy
o‘rinni egallaydi. Jumladan, u «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan
javoblarida dunyo xalqlari ma‘naviy mulkiga aylangan faylasuflarning asarlari
haligacha o‘zbek tilida yoshlarimizga etib bormaganligini qattiq tanqid qilib
shunday ta‘kidlaydi: «Dunyo tan olgan ko‘p ulug‘ faylasuflarning asarlari
hanuzgacha o‘zbek tilida nashr etilmagani tufayli aksariyat ziyolilar, xususan,
yoshlarimiz ularning g‘oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot va
Platon, Nitshe va Freyd kabi olimlarning hozirgi zamon chet el faylasuflarining
kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharxlar bilan o‘zbek tilida chop etish
nahotki mumkin bo‘lmasa?»
12
.
Ma‘naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida
o‘rganish faqat mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo`llga kiritgandan keyingina
boshlandi. Uni bu shaklda o‘rganish esa hech mubolag‘asiz aytish mumkinki,
mustaqillik sharoitidagi milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo‘nalishdir. Bu
yo‘nalishning paydo bo‘lishini va uning konseptual g‘oyalarini nazariy jihatdan
ishlab chiqish Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liqdir. Uning
asarlari, risolalari, ma‘ruzalarida ma‘naviyat tushunchasi mohiyati ochib
berilgan. Bu ma‘naviyatni mustaqil omil sifatida o‘rganish uchun katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ma‘naviyat o‘z-o‘zidan shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir
insonning ichki ma‘naviy salohiyatini shakllantirish yo‘lida barcha moddiy va
ma‘naviy boyliklarni o‘zlashtirish, Vatan va millat manfaatlari yo‘lida halol,
12
Кarimov I.A. Milliy istiqlol mafкurasi – xalq e‘tiqodi va buюк кelajaккa ishonchdir. Toshкent: O‘zbeкiston, 2000 yil, 34-35 betlar.
31
fidoyilik bilan mehnat qilish jarayonida shakllanadi. Shu ma‘noda ham
Prezidentimiz: «Ma‘naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma‘naviyat inson qalbida
kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi
kerak»
13
ligini ta‘kidlaydi.
Oliy Majlisning XIV-sessiyasidagi «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda»
mavzusidagi ma‘ruzasida ma‘naviyat tushunchasiga quyidagi fundamental
ta‘rifni beradi: «Ma‘naviyat... insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da‘vat
etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e‘tiqodini
mustahkamlaydigan vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch...»
14
dir.
Bu ta‘rif o‘zining mazmuni va mohiyati bilan ma‘naviyat tushunchasini
o‘zida to‘la aks etgan. Unda insonning ichki ruhiy olamini ifodalovchi barcha
komponentlar o‘z ifodasini topgan va uning inson barkamolligini ta‘minlashdagi
katta kuch ekanligi belgilab berilgan. Shu munosabat bilan ma‘naviyatning
jamiyatni rivojlanishidagi roli haqida Prezidentimiz tomonidan keltirilgan
quyidagi fikrlarining mohiyatini tushunib olib, uni bevosita har birimiz
o‘zimizning kundalik vazifamizga aylantirishimiz millatimiz va mamlakatimiz
taraqqiyotini ta‘minlash uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir
Insonning ma‘naviy faoliyati uning dunyoni o‘rganishi o‘z maqsadi
jihatidan juda ko‘p sohalarga bo‘linadi. Fizika, kimyo, biologiya tabiatni turli
nuqtai nazardan va turli maqsadlar bilan o`rganadi. Shu sababdan ularning
o‘rganish predmeti bir xil bo‘lishiga qaramasdan ular olgan natijalar har xil
bo‘ladi. Fanning har bir sohasi insonning tabiat haqidagi tasavvurlarini har xil
tomondan boyitadi. Ularning ish natijalarigina emas ish usullari va vositalari
ham har xil. Hatto kasbi bir biriga juda yaqin bo‘lgan faylasuf, iqtisodchi
psixolog ham inson va uning hayotini turli maqsad va turli vositalar bilan
o‘rganadi.
Davomiy aloqadorlik va vorisiylik adabiyot taraqqiyotiga ham xos
xususiyat. Lekin bu davomiylikda ham farq bor. Bu farq ilmiy texnikaviy
asarlarga ham badiiy ijodga ham xos xususiyat. Badiiy asarlar adabiyotning
13
Кarimov I.A. o‘zbeкiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafкura. (Nutqlar, maqolalar suµbatlar). T: o‘zbeкiston, 1993, 79-bet.
14
Кarimov I.A. o‘zbeкiston XXI asrga intilmoqda. T: o‘zbeкiston, 1999, 17-bet.
32
keyingi taraqqiyotiga ta‘sir ko‘rsatish bilan birga turli davrlarda ijod etgan
adabiy namunalar bilan bir qatorda yashayveradi.
Tarixda hech bir bosqich takrorlanmagani kabi, insosoniyatning muayyan
tarixiy bosqichlardagi fikr tuyg‘ulari ham, badiiy idroki ham aynan
takrorlanmaydi. Shu sabab insoniyat mohiyati etibori bilan boyib bormog‘i
uchun badiiy asarlarda aks etgan ma‘naviy boyliklarni ijodiy o‘zlashtirib egallab
boradi. Adabiy taraqqiyotdagi har bir yangi ulkan hodisa ham o‘tmishdagi eng
yaxshi an‘analarning ijodiy davom ettirish natijasida yuzaga keladi. Adabiy
taraqqiyotdagi g‘oyalar, tiplar va badiiy tasvir vositalari doirasidagi
an‗anaviylikni farqlash zarur. G‘oyalar sohasidagi an‘anaviylik asosan
dunyoqarash bir biriga yaqin bo‘lgan yozuvchilar ijodida ko‘zga tashlanadi.
Adabiyot jamiyat hayotining o`ziga xos ifodasidir. U jamiyat tarixidagi
jiddiy o`zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks
ettiradi. Shunga ko`ra eramizning VIII asrigacha yaratilgan asarlarda islomdan
oldingi urf odat va e‘tiqodlar ifodalangan bo`lsa, keyingi davrlarda islom
ta‘limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan,
tasavvufning adabiyotdagi ko`rinishi jamiyat hayotidagi keskin o`zgarishlar
bilan aloqador holda rivojlandi.
Adabiyot avvalo so‘z va ruhiyat san‘atidir. U inson ruhiyatidagi
nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg‘ashga, ularni aks ettirishga intiladi.
Eng yuksak pog‘onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni
to`lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o`y-fikrlar kechinmalar, orzu-umidlarni
ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o`xshamaganlariday, ularning qalb
kechinmalari ham takrorlanmasdir. O‘zbek adabiyoti tarixi nozik ruhiy
holatlarni mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod
ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladigan, ularning ma‘naviy
boyishlariga tegishli hissa qo`sha oladi. Muhimi, ular badiiy didimiz takomiliga,
ma‘naviy kamolotiga xizmat qiladi.
Tasvir so‘zga tayanadi. So‘z sehr, mo`jiza bilan o`ziga mahliyo qiladi,
rom etadi. Shuning uchun go`dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar
33
badiiy ijodning turli ko`rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydi, ularning olamiga
kirib olgach o‘zini shu olamdan deb biladi. Shu o`rinda adabiyotning ta‘sir
kuchi nimada degan savol tug‘iladi.
Buning uchun yirik so‘z san‘atkorlari yaratgan ajoyib asarlarning xalq
orasida alohida hurmat va e‘tibor qozonganligini eslash joiz. Yusuf xos Xojib
1069-1070 yillarda ―Qutadg‘u bilg‖ dostonini tugalladi va uni qoraxoniylar
hukmdori Tabgach Bugroxonga taqdim etadi. Shu kuniyoq xukmdor adibga
mamlakatdagi eng yuqori mansablardan biri Xos Xojiblikni berdi.
Yana bir misol Alisher Navoiy «Xamsa» dostonini tugatgach, uni Husayn
Boyqaroga sovg‘a sifatida topshiradi. Husayn Boyqaro butun a‘yonlari oldida
Navoiyni o`z piri deb e‘lon qiladi. Navoiyni otga mindirib, o`zi xalq oldida
jilovdorlik qiladi. Bu mamlakat podshosining buyuk iste‘dod egasiga nisbatan
hurmat va e‘tibori ramzi edi. O‘zbek xalqining ijodkorlarga nisbatan alohida
hurmat va ehtiromi ma‘lum.
Shu o`rihda o'zbek mutafakkirlari so‘z qudrati haqida bildirgan fikrlari
haqida to`xtalib o`tsak.
Mahmud Qoshgariy «Devonu lugotit -turk» asarida ―Ardam boshi til»
Ya‘ni barcha fazilarning boshi til saqlashdir, degan maqol uchraydi.
Demak, til va badiiy so‘znmng qudratiga qadim zamonlardayoq, alohida
e‘itibor berilgan. XI asrda Yusuf Xos Xojib shoirlarni «so‘z teruvchilar» deb
ta‘riflaydi. XIVasrda esa Sayfi Saroyi shoirlarni «so‘z bulbuli» deydi.
Zero so‘z adiblarning o`z nazarlarida ham mo`tabar mavqega ega.
Alisher Navoiy shoirlarni ruh chamanining xushxon bulbullari deydi. Yusuf Xos
Xojib so‘z va tilga katta baho beradi. U tilni bilim va aql-idrok tarjimoni deb
ataydi. Masalan: Kishi so‘z tufayli ko`tariladi, podshoh bo`ladi, ko`p so‘z boshni
egadi. Bunday fikrlarni adib Axmad Yugnakiy ijodida xam ko`rish mumkin.
U ―Adablar boshi til ko`dazmakdir‖ deb Mahmud Qoshgariyning
«Devonu lugotit turk» idagi maqolga hamohang qiladi. Ahmad Yugnakiy so‘zni
kasal ruh va dillarga shifo derkan, bunda badiiy so‘zni e‘tiborga olganiga shubha
34
yo`q. Sayfi Saroyi badiiy so‘z qudratini shoirlar iste‘dodiga mezon deb bildi.
Shuning uchun ham u :
Jahon shoirlari ey gulshani bog‘
Kimi bulbul durur so‘zda kimi zog‘.
Deya shoirlarni ikki toifaga ajratadi
Alisher Navoiy so‘zga nihoyatda yuksak baho beradi. U:
So‘zkim insonni judo ayladi hayvondin
Bilkim guhari sharifroq yo`q ondin
Deb ta‘kidlaydi.
Bugina emas adibning fikricha:
Jism bustoniga shajar so‘zdur
Ruh anshoriga samar so‘zdir.
Alisher Navoiy ham badiiy so‘z qudratini juda aniq misollarda ko`rsatib
bergan:
Nizomiy olsa Barda‘ birla Ganja
Qadam Rum ahliga ham qilsa ranja
Chekib Xisrav dog‘i tigi zabonni
Yurub fath aylasa Xindistonni.
O‘zbek adabiyoti juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o`ziga xos
shakllanish va taraqqiyot yo`li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish,
anglash va ummumlashtirish uchun uning tarixini puxta o`rganish lozim.
Adabiyot tarixi so‘z san‘atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyondalari
haqida ma‘lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar
yaratgan nodir asarlar haqida tasavvur hosil ailish mumkin.
Adabiyotning o`q ildizlari xalq og‘zaki ijodidan boshlanadi «To`maris»,
«Shiroq», singari rivoyatlar oldingi davrlarda yashagan turkiy xalqlar tomonidan
yaratilgan og`zaki ijod namunalari haqiqiy durdonalardir.
O‘zbek xalqi qadimiy va boy madaniyatga ega bo‘lgan xalqlardan biridir.
O‘zbek xalqi jahon ilm-fani, san‘ati va adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa
35
qo‘shdi, buyuk olimlarni, san‘atkorlarni va ijodkorlarni yetishtirdi, boshqa
xalqlar bilan yaqin madaniy va adabiy aloqada bo‘ldi.
O‘zbek xalqi ma‘naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o‘zbek
adabiyoti tarixidir. O‘zbek adabiyoti tarixi o‘zbek xalqining qadim zamonlardan
boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o‘zida mujassam etadi.
O‘zbek adabiyoti xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o‘z ichiga
oladi. Lirika va epos o‘tmish o‘zbek adabiyotining asosiy turlaridir. G‘azal,
muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, masal, hikoya va boshqa keng
tarqalgan adabiy janrlardir. O‘zbek adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va
janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir.
O‘tmish adabiyoti bir qator memuar va tarixiy asarlarga egadir,
«Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavs -ul-iqbol» va
boshqalar shular jumlasidandir. Chunki zikr etilgan asarlarda tarixiy voqealar
ko‘pincha badiiy til vositasida aks ettiriladi.
«Tohir va Zuhra», «Bo‘z o‘g‘lon» va «Yusuf Ahmad» kabi xalq kitoblari
ham o‘zbek adabiyoti tarixi bisotiga taalluqlidir. Bu asarlar bevosita xalq
og‘zaki ijodi asosida vujudga kelgan va xalqqa manzur bo‘lgan xalq kitoblaridir.
Shunga ko‘ra, xalq kitoblari xalq og‘zaki ijodiyotining ham, adabiyot tarixining
ham yodgorliklari sirasiga dahldorlik kasb etadi.
O‘zbek xalqi asrlar davomida Eron va Xuroson, Hindiston va Arabiston,
Chin va Mochin, Yunoniston va Kavkaz hamda Rusiya xalqlari bilan yaqin
iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatdi. Ana shu aloqalarning samarasi o‘laroq
tarjima adabiyoti yuzaga keldi, zero tarjima adabiyoti o‘zbek adabiyoti
tarixining muhim bir qismini tashkil etadi. Natijada tojik, ozarbayjon, eron,
hind, arab, rus va boshqa xalqlarning ko‘p badiiy asarlari va tarix kitoblari
o‘zbek tiliga o‘girildi. «Xusrav va Shirin», «Haft paykar» (Nizomiy),
«Guliston», «Bo‘ston» (Sa‘diy), «Bahoriston», «Yusuf va Zulayxo», «Salomon
va Absol» (Jomiy), «Shoh va gado» (Hiloliy), «Kalila va Dimna» (aslida hind
eposi), «Ming bir kecha» (arab ertaklari), «Ravzat us-safo» (Mirxond), «Badoyi-
ul-vaqoe» (Vosifiy) va boshqalar shular jumlasidandir.
36
Tarjima
adabiyoti
xalqlar
o‘rtasidagi
madaniy
aloqalarni
mustahkamlashga xizmat qiladi, o‘zbek xalqini boshqa xalqlarning badiiy ijodi
bilan tanishtiradi. Shu bilan birga, tarjima asarlarining ko‘pi aniq tarixiy
sharoitning ehtiyoji, talabi hamda o‘zbek yozma adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi
tajribalari asosida birmuncha o‘zgartilirgan va yangiliklar kiritilgan, ijodiy qayta
ishlangan asarlardir. Qutb (XIV asr) tarjima qilgan «Xusrav va Shirin»
(Nizomiy), Sayfi Saroyi tarjima qilgan «Guliston» (Sa‘diy), Mas‘ud ibn Ahmad
Taftozoniy (1322-1390) tarjima qilgan «Bo‘ston» (Sa‘diy), Xiromiy (XIX asr)
tarjima qilgan «Chor darvesh», «To‘tinoma» va boshqalar shu xildagi tarjima
asarlaridir.
Yosh avlod na‘naviyatini shakllantirish muammosi bugun O`zbekistonda
davlat darajasidagi masalaga aylandi. Chunki mustaqil fikr fuqarolarning
erkinligi ta‘minlangan jamiyatda qaror topadi va rivojlanadi. Ma‘naviyatning
yuksakligi va fikrning erkinligi jamiyatning kuchli bo`lishi garovidir. Shuning
uchun ham ―Ta‘lim to`g`risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖
singari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar asosida yangilangan milliy ta‘lim
tizimi mustaqil fikrlaydigan, o`z qarashiga ega o`lgan, erkin, sog`lom e‘tiqodli
shaxni shkllantirish, ularda yuksak ma‘naviy fazilatlarni qaror toptirish yo`liga
tushib bormoqda. O`quvchilarni ma‘naviyatini shakllantirish, xususan maktab
adabiy ta‘limida imkon qadar ular ma‘naviyatini rivojlantirish milliy
tarbiyashunoslik fani va amaliyoti ildidagi dolzarb va ilmiy-amaliy muammoga
aylandi.
Respublikamizda azaldan ma`naviy-adabiy hayotni sog`lomlashtirish
yuzasidan muhim tadbirlar amalga oshirilgan. Abdulla Qodiriy, Usmon
Nosir, So`fizoda, Cho`lpon, Fitrat singari shaxsga sig`inish davri qurboni
bo`lgan iste`dodlarga qo`yilgan asossiz ayblar olib tashlandi. A.Qodiriy,
U.Nosir, So`fizoda asarlari xalqqa qatag`onga uchragan M.Shayxzoda,
Shuhrat, M.Ismoiliy, Shukrullo, Said Ahmad kabi adiblar oqlanib, jo`shqin
ijodiy hayot quchog`ida qaytdilar; Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir kabi
ulkan yozuvchi, shoirlarga qarshi uyushtirilgan fitnalar, behuda gap so`zlarga
37
qisman xatolar (―Alpomish‖ dostonining asossiz qoralanishi kabi) tuzatildi.
Adabiyot nazariyasidagi aqidaparastlik qarashlari, shoro realizmiga
biryoqlama, tor yondashishlar tanqidga uchradi.
Nashr ishlari birmuncha yaxshilandi. G`.G`ulom nomidagi ―Adabiyot va
san`at‖ nashriyoti, keyinchalik ―Yozuvchi‖, yoshlar va bolalar adabiyoti
nashriyotlari tashkil etildi. ―O`zbekiston madaniyati‖ (hozirgi ―O`zbekiston
adabiyoti va san`ati‖) gazetasi chiqa boshladi, ―Guliston‖ jurnali qayta
tiklandi. ―Sharq yulduzi‖ jurnalining hajmi kengaydi, adadi ortdi, 80-yillarga
kelib bular yoniga ―Yoshlik ‖, ―Yosh kuch‖ jurnallari qo`shildi. XX asr
yangi o`zbek adabiyoti ulkan namoyandalarining ko`p jildli saylanma
asarlari, to`la asarlar to`plamlarini ko`p nusxalarda nashr qilish odat tusini
oldi, Oybek, G`.G`ulom, H.Olimjon to`la asarlar majmualarining nashr
etilishi madaniy hayotimizda muhim hodisa bo`ldi.
Mana shunday hayotbaxsh omillar, adabiy tafakkurda jonlanish, yangi
bir uyg`onish, ko`tarilish boshlandi. Keksa bo`g`inga mansub adiblar Oybek,
G`.G`ulom, A.Qahhor, Mirtemir, M.Shayxzoda, Zulfiya kabi adabiyot
namoyandalari g`ayrat bilan ijodga kirishdilar; chunonchi, Oybek og`ir
xasta bo`lishiga qaramay, qisqa muddat ichida ―Quyosh qoraymas‖,
―Bolalik‖ singari yirik nasriy asarlarini, ―Davrim jarohati‖dek o`tkir
publitsistik dostonini, o`nlab falsafafiy-lirik she`rlar, ilmiy, adabiy-tanqidiy
maqolalarini taqdim etdi. A.Qahhor ―Sinchalak‖, ―To`yda aza‖, ―Dahshat‖,
―Tobutdan tovush‖ singari adabiyotimizda hodisa bo`lgan, jaoatchilik
e`tiboriga tushgan asarlarni yaratdi. Sh.Rashidov, Shuhrat, Said Ahmad,
A.Muxtor, Shukrullo, Mirmuhsin kabi ijodini 30-yillari boshlagan
yozuvchilar o`z iste`dodlarini to`laroq namoyon etishga erishdilar. O`sha
hayotbaxsh o`zgarishlar shabadasi ta`sirida yetishgan S.Zunnunova,
O.Yoqubov, P.Qodirov va ular bilan izma-iz adabiyotga kirib kelgan
E.Vohidov. A.Oripov, O`.Umarbekov, Sh.Xolmirzayev, O`.Hoshimov,
X.To`xtaboyev, R.Parfi, kabi iste`dodlar adabiyotimiz rivojiga yangi to`lqin,
yangi nafas baxsh etdilar.
38
Bu davrga kelib o`zbek adabiyotining qardosh va jahon xalqlari
adabiyotlari bilan aloqasi kengaydi. Toshkent Osiyo va Afrika taraqqiyparvar
adabiy harakatining markaziga aylandi. Badiiy tarjimonlik keng yo`lga
qo`yildi. Jumladan, jahon adabiyotining nodir namunalaridan I.Gyotening
―Faust‖, S.Yeseninning ―Fors taronalari‖ shoir E.Vohidov, Dantening ―Ilohiy
komediya‖si A.Oripov tomonidan mahorat bilan o`zbek tiliga tarjima
qilindi. Shoir J.Kamol U.Shekspir tragediyalarini asliyatdan-inglizchadan
o`zbekchalashtirdi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |