MAVZU. Odob – inson ko`rki
Maqsad: O‘quvchilarga odob – inson ko‘rki va ma‘naviy boyligi ekanligini,
ma‘r ifatparvar mutafakkirlarning sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlari,
o‘zbekona urf-odat va an‘analarini tushuntirib berish.
O`zbegim so‘zini avval assalomdan boshlagay.
Bosh egib do`stlarga ta`zim, ehtiromdan boshlagay.
Men ham sizga ko`ksimda qo`l, yo`llayman xush kalom.
Mehri daryo ustozlar, barchangizga assalom.
Odob inson ko`rkidir,
51
Bilim unga fayz berar.
Adabiyot fanini
O`rgangan kamol topar.
O`qituvchi: Assalomu – alaykum aziz mehmonlar, mehribon ustozlar, aziz
o`quvchilarim.
Adabiyot darsimizga xush kelibsiz!
Shiorimiz:
Odob shunday tojki pok-u beg`ubor.
Boshingada qo`yginu qayoqqa borsang bor.
Maqsabimiz:
Odobli, a`lochi, aqlli va zukko bo`lish.
Niyatimiz:
Ota – onamiz orzu qilgandek
Temur bobom vasiyat qilgandek
Islom bobom niyat qilgandek
Mard va barkamol avlod boi`lish.
O`qituvchi: Bugungi darsimizni har kungi darslardan farqli o`laroq noan`anaviy
usulda guruhlarga bo`lib o`tamiz.
1 – guruh. Vatanparvar
Oylar o`tib yilma – yil kuch qudratga to`lamiz .
Ona tuproqni asrab vatanparvar bo`lamiz.
2 – guruh. Iymon
Qalbimizga quloq solsak kelar bir nido
Kerak bo`lsa vatan uchun jonimiz fido.
3 – guruh. Sadoqat
Avlod- u ajdodlar nomin yodda saqlaymiz
Kunlar kelib farzandlik burchin albat oqlaymiz.
O`qituvchi: Inson ochlikka, yo`qlikka, hamma narsaga chidashi mumkin,
ammo adolatsizlikka chiday olmaydi. Bosh qomusimiz Konstitutsiyada adolat
bosh mezon hisoblanadi.
52
- Konstitutsiya 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan. U Muqaddima, 6 ta
bo`lim, 26 ta bob va 128 ta moddadan tashkil topgan.
- O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. (4-modda.)
- Har kim bilim olish huquqiga ega. (41-modda.)
- Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. (40-
modda.)
Xonzoda: Adolat so`zi tilimizda odillik, insof va haqiqat bilan ish yuritish,
halollik, vijdoniylik, iymonlilik degan ma`nolarni anglatadi.
Zafar: Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz adolatni ulug`lab kelgan. Hatto, bu
ma`naviy fazilatni vijdon amri deb hisoblashgan.
Zuxra: Vijdoni butun inson tashlayotgan har bir qadamini, aytayotgan har bir
so‘zini, amalga oshirayotgan har bir ishini oldindan o‘ylab ko‘radi. Demak,
bunday kishilar uchun adolat izlash, yuritishini, barcha hatti-harakatlarini
odillik, haqqoniylik, halollik bilan baholash eng birinchi va oddiy hayotiy
talabga aylanadi.
Muhayyo: Buyuk tariximizda adolat umrining bosh mezoni deb bilgan zotlar
ko‘p o‘tgan. Masalan, buyuk Sohibqiron bobobmiz Amit Temur ham o‘zi
tuzgan shunday ulkan davlatni adolat bilan boshqarganini butun olam biladi.
Bugungi o‘zbek davlatchiligi uchun bu ulug‘ zoti sharfning adolatparvarligi -
buyuk meros yanglig‘ qadrli.
Odil: Amir Temur uchun siyosat yuritish shu qadar ahamiyatli ediki, hatto,
uning qo`lidagi uzugi va belidagi qilichiga ―Kuch – adolatdadir‖ degan mashhur
so‘zlar o‘yib yozilgan edi.
Farhod: Adolatparvarlik – adolat tarafdori, haqqoniylik uchun kurashuvchi
bo‘lish degani. Bu – xalqimizga xos fazilat.
Fayoz: Adolat xalqimizning azal-azadan yuksak qadrlangan fazilatlaridan biri
hisoblanadi.
Quyida shulardan ayrimlarini keltiramiz:
Adovat emas, adolat yengar.
Adolar qilichi kesgan qo‘l og‘rimas.
53
Adolat qilichi keskir bo‘lar.
Vatan tuyg‘usi bizda yoshlikdan boshlab kamol topgani uchun bolaligimiz
o‘tgan joy eshitganimizda g‘urur va iftixor tuyg‘usini tuyamiz. Vatan ramzlarini
ko‘rganda, yurtimizning betakror manzaralarini tomosha qilganda, uning
moddiy va ma‘naviy boyliklaridan bahramand bo‘lganda, olis ellarda
vatandoshlarimiz bilan ko‘rishganda, ularning sport, madaniyat, san‘at va
boshqa sohalarda erishgan yutuqlarinmi eshitganda beixtiyor quvonamiz.Bu
holat bizda vatanparvarlik tuyg`usi mujassamligidan dalolat beradi.
Ma‘naviy boyliklarga xalqning madaniy merosi, tarixi, tili va dini, ilm-
fani, adabiyoti, san‘ati, me‘moriy obidalari, muzeylar, kutubxona va teatrlar –
umuman, insonning aqliy hamda ruhiy salohiyati bilan yaratilgan va shu
salohiyatni oshirishga xizmat qiladigan barcha qadriyatlar kiradi.
Vatan tuyg‘usi insonga ona allasi, bobolar o‘giti, ota ibrati, oila tarbiyasi,
ustoz-murabbiylar ta‘limi bilan singadi. Kishi shu tuyg‘u vositasida o‘z
atrofidagi odamlarni, narsa-hodisalar mohiyatini bilishga intiladi. Vatan tuyg‘usi
og‘ir damlarda kishiga kuch-quvvat beradi, o‘z xalqini sharaflashga, ajdodlar
an‘anasiga sodiq bo‘lishga da‘vat etadi.
Vatan haqida she‘r.
Boqiydir o`tsa ham yillar, asrlar,
Amir Temur ko`rgan ne-ne qasrlar,
Hurga talpinganda Usmon Nosirlar,
Sening mehring bilan yashadik Vatan !
Yo`qdir bahodirlar devkor o`g`lonlar
Ko`ksini ko‘ksingga qilib qalqonlar
Beomon janglarda to`kkanda qonlar
Sening mehring bilan yashadik Vatan
O`qituvchi: Inson zoti borki hamisha mehrga muhtoj. Shu muhtojlikni
to‘ldiradigan tarbiya bor bu ma‘naviy tarbiyadir.
54
―Yoshlarimizning ma‘naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun
ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab
shakllantirishimiz zarur‖ – deya ta‘kidlagan yurtboshimiz I.A.Karimov.
- Ma‘naviyat o‘zi nima?
- Ma‘naviyat-arabcha so‘zdan olingan bo‘lib ―ma‘ni‖, ―ma‘no‖ degan
ma‘nolarni anglatadi. Prezidentimizning ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‖
asarida quyidagicha ta‘rif berilgan.
―Ma‘naviyat insonni ruhan poklanish qalban ulg‘ayishga chorlaydigan,
odamni ichki dunyosi irodasini baquvvat iymon e‘tiqodini butun qiladigan,
vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch unga barcha qarashlarning mezonidir.
Milliy qadriyatlarimizning mag‘zi - mag‘zida ma‘naviy tarbiya yotadi.
Shuning uchun ma‘naviy tarbiyada ikki muhim jihat bor. Birinchisi –
nimalarnidir amalga oshirishga undash. Ikkinchisi – nimalardandir tiyilish.
Shundan kelib chiqib ma‘naviyat tushunchasini anglash uchun ikki
narsaning farqiga borish kerak. Birinchisi – fazilatlar, ikkinchisi – illatlar. Xalq
fazilatli insonni ba‘mani odam, illatli kishini be‘mani odam deydi.
Fazilatlar deganda faqat yaxshi xususiyatlar, illatlar deganda esa faqat
yomon xususiyatlar tushuniladi. Insonni boshqa jonzotlardan ajratib, undan
ustun qilib turadigan jamiki fazilatlar yig‘indisi ma‘naviyat deyiladi.
Fazilatlarga sabr, qanoat, oriyat, vijdon, iymon, shukr, fidoiylik,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik, uddaburonlik, epchillik, mardlik, sadoqat,
matonat, jasurlik, chaqqonlik, bilimdonlik, aqllilik, halollik, poklik, ozodalik,
vafo, to‘g‘rilik, andishalik va hokazolar kiradi.
Bunday fazilatlar kishini har tomonlama bezaydi, uning el orasidagi
obro‘yi, hurmat-e‘tiborini oshiradi. Lekin shunday illatlar ham borki, insonnig
sha‘nini yerga urib, hayvondan ham past darajaga tushirib qo‘yishi mumkin.
Quyidagi she‘riy hikmatning birinchi qatorida o‘zida yuksak ma‘naviy
fazilatlarni jamlagan insonlar ko‘zda tutiladi. Ular odamlarning guli sanalar
ekan.
55
She‘r.
Bir o‘lka-ki kun uyg‘onar ayvonida
Tangri suygan sarboni bosh karvoniga
Ko‘kka ko‘ylak tikkan momom makonida
Bibixonim alla aytgan o`tmishdir bu
Xudo bergan baxti butun Vatandir bu
Moziy muhrin tashlab ketgan minoralarning
Alpomishlar qo`li tekkan chinorlarning
Barchinoylar labi tutgan anorlarning
Har qatida qolgan qutluq` maskandir bu
Xudo bergan baxti butun vatandir bu
Sahrolar suv ichgan Temur kaftlaridan
Yog`du yog`ar Mir Alisher gaplaridan
Baxt izlagan Boburning dil daftaridan
To`kilgan nim tabassum-u motamdir bu
Xudo bergan baxti butun Vatandir bu.
Qirov qo`nsa kiprigingga og`rinaman
Yaqinsanki ko`zim yumsam, sog`inaman
Farzandingman,Volidamdek sig`inaman
Yetti o`ylab qo`yilgan bir qadamdir bu
Xudo bergan baxti butun vatandir bu.
O‘qituvchi:
Bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq
bo‘lmaydi.Qayerdadir bo`shliq paydo bo`ldimi, hech shubhasiz uni albatta
kimdir to`ldirishga harakat qiladi.
Hozirgi kunda ana shunday ma‘naviy bo`shliqni to`ldirishga urinadigan
shuning hisobidan o`zining g`arazli maqsadlarini amalga oshirishni o`ylab
56
yurganlar ko`p. Ming afsuski, bu kuchlarning asl qiyofasi, maqsad muddaolari
va imkoniyatlarini to`la va aniq ravshan tasavvur qilish oson emas.
Dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida shunday
ma‘naviy yo`qotishlar yuz berayotgani bejiz emas.
Bugungi mustaqil Vatanimiz – O`zbekistonda hayot zilol suvidek tiniq
oqmoqda. Biroq Fevral voqealarini, Andijon voqealarini uyushtirganlar
Vatanimizga ko`z tikkanlar ana shu suvni loyqalatmoqchi bo`ldilar.
Andijon voqealari chog`ida halok bo`lgan bir yigitning onasi nolasini
eslab ko`ramiz:
Tiriklar ichra sen tiriksan bolam
O‘zim guvohiman o‘q ovozlarin.
Bedor bo‘lgan edi bir butun olam.
Tiriklar ichra sen tiriksan bolam.
Ogoh bo‘l bolam
Bolajon yelkangda vatan xizmati
Istiqlol qismati, elning qismati.
O‘tsin desak o‘zbek qadr-qimmati
Hech qachon beparvo bo‘lma jon bolam.
- Ha aziz o‘quvchilar ‖Yaxshidan ot, yomondan dod qoladi‖ deydi
xalqimiz. Bas shunday ekan faqat yaxshi nom qoldishga intilaylik, halollik,
poklik, yaxshi xulq insonlarga doimo hamroh bo‘lsin. Ana shundagina inson
olam bezagi bo‘la oladi. Milliy g‘ururimiz, milliy qadriyatlarimiz hech qachon
yo‘qolmaydi.
57
Mavzu: “Vatanimga munosib farzand bo‟laman”
Do'stlaringiz bilan baham: |