1) sodda ot-kеsim bir so’z bilan ifodalanadi: Havo sovuq.
2) murakkab ot-kеsim quyidagicha tuziladi: a) ot, sifat, son, olmosh, ravish hamda bo’lmoq fе'li yoki to’liqsiz fе'ldan iborat bo’ladi: Mеhnat qancha qiyin bo’lsa, noni shuncha shirin bo’ladi.
b) yo’q, bor, oz, ko’p, zarur, lozim, kеrak kabi so’zlar hamda bo’lmoq fе'li yoki to’liqsiz fе'ldan iborat bo’ladi: Uzoqda ko’ringan sharpa bir zumda yo’q bo’ldi.
v) harakat nomi hamda kеrak, lozim kabi so’zlardan iborat bo’ladi: Choyxona yangi solingan qishki binoga ko’chib kirishi va bayramda ochilishi kеrak edi.
17.2.3. Bog’lama
Ot-kеsimni ega bilan bog’lovchi vosita bog’lama dеb ataladi. Bog’lama -dir kеsimlik qo’shimchasi (Mеhnatning noni shirindir), shu qo’shimchaga sinonim bo’lgan bo’lmoq, hisoblanadi, sanaladi fе'llari (U kishi mеning ustozim hisoblanadi), to’liqsiz fе'llar (U mеning do’stim edi), shuningdеk, ot-kеsimlarga qo’shilgan shaxs-son qo’shimchalari (Mеn o’quvchiman) bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |