- Mavzu:
- Gap bo‘laklari. Bosh bo‘laklar. Ega, uning ifodalanishi. Kеsim, uning ifodalanishi, turlari. Bog`lama. Kеsimning ega bilan shaxs va sonda mosligi. Ega bilan kеsim orasida tirе (-)ning ishlatilishi.
- Reja:
- 1. Gap, uning xususiyatlari.
- 2. Gapning turlari. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari
- a) darak gap
- b) so’roq gap
- d) buyruq gaplar
- e) Istak gaplar
- 3. Gapning emotsionalikka (his-hayajon) ko‘ra turlari
- a) his-hayajonsiz gaplar
- b) his-hayajon yoki undov gaplar
- 4. Gap bo’laklari. Bosh bo’laklar:
- a) Kesim va uning ifodalanishiga ko’ra turlari
- b) Ega va uning ifodalanishiga ko’ra turlari
- 5. Bog’lama haqida ma’lumot.
- 6. Kesimning ega bilan shaxs-sonda mosligi.
- 7. Ega bilan kesim orasida tire (-) ning ishlatilishi
- Sintaksisda o‘rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap – kishilar nutqining eng kichik birligi bo‘lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, mazmun va ohang jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar bog‘lamasi yoki yakka so‘zdir.
- GAPNING ASOSIY BELGILARI:
- MUOMALANING ENG KICHIK BIRLIGIDIR.
- 2. NISBIY TUGALLANGAN FIKRNI IFODALAYDI.
- 3. GRAMMATIK JIHATDAN SHAKLLANGAN BO’LADI.
- 4. TUGALLANGAN OHANG BILAN AYTILADI.
- O‘zbek tilida gaplar turli nuqtai nazardan tasnif qilinadi:
- I. Ifoda maqsadiga ko‘ra.
- II. Emotsionalikka ko‘ra.
- III. Tuzilishiga ko‘ra.
- Ifoda maqsadiga ko‘ra va bu maqsad bilan bog‘liq bo‘lgan ohangga ko‘ra gaplar darak, so‘roq, buyruq gaplarga ajratiladi.
- Emotsionalikka ko‘ra gaplar ikki turga bo‘linadi: his-hayajonli gaplar yoki undov gaplar va his-hayajonsiz gaplar. Darak, so‘roq, buyruq gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo‘lmagan gaplar deb yuritiladi. YUqorida sanab o‘tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan his-hayajon gapga aylanadi.
- BUGUN MATEMATIKA DARSI BO’LMADI.
- So‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma’lumot olish ko‘zda tutiladigan gap so‘roq gap deyiladi.
- So‘roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi:
- So‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Rostdan ham bugun darsga bormadingmi? Bergan va’dangni ustidan chiqasan- a?
- 2. So‘roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va boshqalar). Masalan: Dars qachon tugaydi? Nega talabalar qiyinchilikdan qo’rqadilar?
- 3. So‘roq ohangi. Bunda savol mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zda ohang (ohang) ko‘tariladi. Masalan: Dars tugadi?
- So‘zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap deyiladi.
- Buyruq, do‘q-po‘pisa. Masalan: Darsga kechikadiganlar auditoriyaga kiritilmasin.
- Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Iltimos eshikni yopib yuring.
- 3. Maslahat. Masalan: Ta’limdagi mening tashabbusim tanlovida ishtirok eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |