Juda Jiddiy Kuygan Odam uchun Maxsus Muolajalar
Jiddiy kuygan har qanday odam turli a'zolarining og‘rishi, ko‘nglini
vahima bosishi va kuygan joydan ko‘p suyuqlik chiqib, organizmi suvsi-
zlanishi natijasida osongina shokka tushishi mumkin (170-bet).
Kuygan odamni qulay qilib yotqizing va unga dalda bering. Unga
og‘riqqa qarshi aspirin, agar topa olsangiz kodein bering. Kuygan joylarni
ozgina tuzli suvga solish ham og‘riqni biroz pasaytiradi. Qaynatib sovutil-
gan suvning har litri uchun 1 choy qoshiq tuzdan soling.
Kuygan odamga ko‘p suyuqlik bering. Agar kuygan joy kaftining kattal-
igidan 2 marta ortiq bo‘lsa, quyidagi ichimlikni tayyorlang: