Hаmkоrlik pеdаgоgikаsining kоnstеptuаl g‘оyalаri Tayyorladi



Download 23,68 Mb.
Sana23.05.2022
Hajmi23,68 Mb.
#607201
Bog'liq
2 5420628205092476970

Hаmkоrlik pеdаgоgikаsining kоnstеptuаl g‘оyalаri

Tayyorladi:

  • Rahmonova Mohibonu
  • Muhammadiyeva Nigora
  • Tursunboyev Dilmurod
  • Ergashova Vazira
  • Raymbekov Dostjan
  • Jurayeva Laylo

Reja:

  • 1. Hamkorlik pedagogikasi konsepsiyasining asosiy maqsadi .
  • 2. Hamkorlik pedagogikasi muammosining dolzarbligi
  • 3. Hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarishning asosiy vazifalari.
  • 4. Hamkorlik pedagogikasining yo‘nalishlari.
  • Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashining yig‘ilishi №1-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi konsepsiyasi”, aytish joizki, o‘quv-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasini joriy etish ehtiyojini yuzaga keltirdi.
  • Hamkorlik pedagogikasi konsepsiyasining eng asosiy maqsadi – har bir bolaning hayotda o‘z o‘rnini topib, o‘z baxti uchun zamin yaratishiga, el-yurt oldidagi mas’uliyatini seza oladigan, vatanparvar bo‘lishiga qaratilgan.

Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, eng avvalo, quyidagi bir qator muhim omillarga bog‘liq:

  • – o‘qituvchilarning zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, ilg‘or pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida darslarni tashkil etishi;
  • – o‘quvchilarda zarur bilimlar va hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan hamda bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvini samarali joriy etilishi;
  • – ta’lim-tarbiya jarayonini hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etilishi;
  • – o‘qituvchining pedagogik ehtiyojiga asoslangan metodik xizmatning samarali yo‘lga qo‘yilganligi;
  • – o‘quvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirish dinamikasini tizimli kuzatish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish va h.k.
  • Eng avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi, zamonaviy talablarga javob beradigan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘p jihatdan barcha maktablarimizda zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi konsepsiyasining maqsad va vazifalarini amaliyotga joriy etilishiga bog‘liq.
  • Birinchidan, jamiyatda ijtimoiy va pedagogik jarayonlar amalga oshirilayotganligi (munosabatlarning insonparvarlashuvi va demokratlashuvi, inson faktori rolining kuchayayotganligi, innovatsion jarayonlar asosida ta’lim-tarbiya sifatining oshayotganligi, butun xalqning ta’limga, maktabga uning muammolariga e’tiborining oshayotganligi va h.k.);
  • Ikkinchidan, umumiy, ommaviy pedagogik amaliyotning holati (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga yetarli darajada pedagogik qo‘llab-quvvatlashning berilmayotganligi, ularning o‘quv-tarbiya jarayonidan qoniqmayotganliklari, ta’lim beruvchilar tomonidan ta’lim oluvchilarga munosabatlarni o‘zgartirish zarurligini tushunmasliklari, bilmasliklari va ayrim hollarda xohlamasliklari va h.k.);
  • Uchinchidan, pedagog – amaliyotchilarning innovatsiyalarga intilishlari (bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya berishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish va h.k.).
  • Ko‘pgina ilmiy-tadqiqot ishlarida “hamkorlik”, “sherikchilik”, “muvofiqlashish”, “birgalikdagi harakat” tushunchalari sinonimlar sifatida ishlatib kelingan. Bizning fikrimizcha, “hamkorlik” tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, umumiy maqsadlarga erishish uchun birgalikdagi harakat deb qabul qilinishi mumkin.
  • Hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
  • joriy va strategik boshqaruv samaradorligini tahlil qilish mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;
  • ta’limni boshqarish muassasalari, mahalliy davlat boshqaruv organlari, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari va oilalar manfaatlarini ustuvor bilish, ularning huquq va manfaatlari buzilgan hollarda himoya qilishning samarali usullaridan foydalanish;
  • ta’lim sohasidan manfaatdor, ushbu sohaga qiziqishi bo‘lgan tomonlarning talab va ehtiyojlari o‘rtasidagi mutanosiblikni (balansni) ta’minlash.
  • Ilmiy tadqiqotimiz muammosiga bag‘ishlangan ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning tahlili hamkorlik pedagogikasining asosiy prinsiplari va konseptual g‘oyalarini ta’lim muassasalari amaliyotida joriy etilganlik va ulardan foydalanish samaradorligi darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish imkonini berdi.
  • Zamonaviy konsepsiyalar, texnologiyalar va tajribalarga asosan, umumiy o‘rta ta’lim tizimida hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarishni takomillashtirishning quyidagi tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqdik, bular:
  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jamoalarini, xususan, pedagoglarni hamkorlik pedagogikasi prinsiplari va konseptual g‘oyalarini bilishga hamda amaliyotga joriy etishga yo‘llash;
  • 2. Barcha ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari va hamkorlar (o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla), jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va h.k.) faoliyatini muvofiqlashtirgan holda yaxlit pedagogik jarayon tashkil etish;
  • 3. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarish modelini xalq ta’limi tizimi ta’lim muassasalari amaliyotiga joriy etish;
  • 4. Jamoaviy ta’lim-tarbiya g‘oyasini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonining variativ texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
  • 5. Talabalarni, bo‘lajak pedagoglarni, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tinglovchilarini hamkorlik pedagogikasi prinsiplari va kontseptual g‘oyalari, shuningdek, ularni amalga oshirish texnologiyalari bilan tanishtirish;
  • 6. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari va hamkorlar faoliyati muvofiqlashtirilgan holdagi yaxlit pedagogik jarayon modelining natijasi o‘laroq – barkamol avlod, ijtimoiy faol, ijodkor, informatsion-kommunikativ kompetentlikka ega bo‘lgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi shaxsni shakllantirish.
  • Hamkorlik pedagogikasi yo‘nalishlarining va hozirgi kundagi amaliyot va tajribalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, umumiy o‘rta ta’lim tizimida hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarish modelini, hamkorlik pedagogikasi prinsiplari va konseptual g‘oyalarini amaliyotga joriy etish yo‘nalishlari va darajasini, uni amaliyotda samarali qo‘llash jarayonini baholashning mezonlari va ko‘rsatkichlari – umumiy o‘rta ta’lim tizimida hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarishni takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini yaratish imkonini berdi.

Download 23,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish