9- mashq. Turnikda tortilish mashqi.
Ushbu mashqni bajarishda qo‘l kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qo‘llar parallel uzatilgan hoda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq to‘g‘ri tushirilgan, uchi to‘liq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatdan bajariladi. Qo‘llar bukilib, tana yuqoriga ko‘tarilar ekan, jag‘ turnik ustiga to‘liq chiqarilgan holat qabul qilinadi. Qo‘llar yana to‘liq uzatilar ekan, tana bir maromda pastga tushirilib dastlabki holat egallanadi. Tananing osilgan holati 1-2 soniya davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45O gacha bukishga ruxsat beriladi. Tanani siltash, oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qo‘lda osilib olish amallari man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |