Mansabdor shaxslar orasida sohaga oid mas’uliyat va vakolatlar taqsimoti tegishli buyruq, farmoyish, yo‘riqnoma va nizomlarda jismoniy tayyorgarlik tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirish ishlarida ishtirok etadigan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanadigan majburiyatlarni belgilab berish orqali ro‘yobga chiqariladi.
Jismoniy tayyorgarlik va sport tadbirlarining ijrosini yo‘lga qo‘yish amallari jismoniy tayyorgarlik jarayonining barcha pog‘ona va bosqichlarida bajarilib, jismoniy tayyorgarlik tadbirlarini boshqarish va amalga oshirish ishlarida ishtirok etadigan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi. Jismoniy tayyorgarlik tadbirlarining ijrosini yo‘lga qo‘yish amallari o‘z ichiga:
jismoniy tayyorgarlik rejalari va dasturlariga tuzatishlar kiritib borish;
jismoniy tayyorgarlik va sport sohasini yo‘lga qo‘yadigan hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tezkor kiritish;
jismoniy tayyorgarlik jarayonini izdan chiqaradigan shart-sharoit va vaziyatlarni bartaraf etishni mujassam etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |