Chayqalish ta’siriga bardosh berish qobiliyati–organizmning samolyot, vertolyot, jangovar mashina, transport vositasi kabi ob’ektlar tegishli makonda harakatlanayotganida yuzaga keladigan mexanik qo‘zg‘ovchilar ta’siri va tezlik o‘zgarishiga chidamliligini anglatadi.
Ushbu qobiliyat bosh va gavda muvozanatini idora qiladigan organga (vestibulyar apparatga) ta’sir o‘tkazadigan jismoniy mashqlar, xususan: maxsus sport snaryadlarida bajariladigan mashqlar hamda akrobatika va gimnastika mashqlari vositasida rivojlantiriladi.
3-o‘quv savoli. Mashg‘ulotlarni o’tkazishda foydalaniladigan O‘MB va qo‘llaniladigan ta’lim texnika vositalari.
O‘quv mashg‘ulotlari jismoniy tayyorgarlikning asosiy shakli bo‘lib, nazariy va amaliy (o‘quv-trenirovka, o‘quv-uslubiy, uslubiy yo‘l-yo‘riqlar berish va ko‘rgazmali) mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Nazariy mashg‘ulot harbiy xizmatchilar tomonidan ta’lim dasturida ko‘zda tutilgan zarur bilimlarni egallashga qaratilgan bo‘lib, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar o‘quv mashg‘ulotlarning asosiy turi bo‘lib, jismoniy tayyorgarlikning bo‘limlari bo‘yicha (tezkor harakatlanish, gimnastika, oshib o‘tish, harbiy-amaliy suzish, qo‘l jangi, harakatli va sport o‘yinlari) yoki majmuaviy mashg‘ulot tarzida o‘tkazilishi, hamda o‘quv-trenirovka va uslubiy tayyorgarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi zarur.
Ishni tashkil qilishning texnologik asoslarini bilish va shu bilan qurilish materiallari turli-tuman bo‘lgani sabab, ularni tasnifi tuzilgan qurilish materiallari ishlatish maqsadlari va texnologik belgisi bo‘yicha tasniflari ishlatiladi.
Shu bilan bir qatorda amaliy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini amalga oshirishda ta’lim texnologiyalarini qo‘llashni tavsiya etib o‘tamiz.
Tenologiyaning tasnifi. Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bo‘limlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu texnologiya o‘quvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallangan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazorat darslarida qo‘llanishi mumkin.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster(yoki rangli qalam)lar.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi:
o‘qituvchi mashg‘ulot boshlangunga qadar o‘quv materialini bir necha kichik mavzularga bo‘lib oladi (masalan, 2 yoki 3 ta, 4 yoki 5 ta...);
o‘qituvchi o‘quvchilarni mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;
o‘qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog‘ozdagi bo‘sh joyga jamoa bilan birgalikda fikirlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi;
tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh azolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi;
o‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi (taqdimot vaqtida boshqa guruh a’zolari ham taqdimot qilingan mazmunga o‘zlarining fikrlarini bildirishlari mumkin).
Izoh: o‘quv mashg‘ulotlarining bunday tashkil etilishi o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga, o‘tilgan va o‘zlashtirilgan mavzularini eslashga, ularni yozma (yoki rasm, chizma ko‘rinishida) bayon etishga, fikirlarni umumlashtirishga o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |