Tuzuvchi: Uslubiy tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi leytenant H.Safoyev
Taqrizchi: Maxsus tayyorgarlik sikl boshlig‘i leytenant A Uzoqov
Ma’ruza matni Bux DU Harbiy ta’lim, fakultetining uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.
20 ___ yil _____ __________ dagi _______ sonli yig‘ilish bayoni
Kirish
Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikni tashkil qilish va uning uslubiyoti fanini maqsadi va vazifasi. CHQBT talabalarni chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarligi fani o‘qituvchisi lavozimiga tayyorlashda maxsus tayyorgarlik fanlaridan asosiylaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur fanni o‘rganishdan maqsad CHQBT fani o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasiining «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» gi qonun talablarini O‘zbekiston Respublikasining CHQBT bo‘yicha nizomini O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligining buyruqlari va direktivalarini O‘ROO‘MTVning CHQBT ni tashkil etish va olib borish, o‘quv yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasi ishlarini, ularni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga xizmatga tayyorlash bo‘yicha masalalarni, CHQBT bo‘yicha o‘quv jarayonini rejalashtirish tamoyillarini, ta’lim muassasalari CHQBT dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish va olib borishda pedogogik texnologiyalarni qo‘llashni, chaqiriqqacha tayyorgarlik o‘qituvchisini majburiyatlarini hamkorlikda bo‘lgan tashkilotlar bilan aloqa shakillarini, CHQBT bo‘yicha o‘quv-moddiy bazaga qo‘yiladigan talablarni bilishlari va ularni amalda qo‘llay olishlari uchun yetarli ilm-malaka va ko‘nikmalar berishdan iborat.
CHQBT fani bo‘yicha talabalar bilimlari va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar;
CHQBT fani bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim muassasalari uchun o‘quv dasturi va ta’lim standartlari talablarini bajarish. Fan bo‘yicha olingan bilim ko‘nikmalarni amalda bajarish.
CHQBT faninig boshqa fanlar bilan aloqasi.
Bu fanni o‘rganishda talaba ta’lim muassasasida o‘rganiladigan fizika, matematika, ximiya va jismoniy tarbiya fanlari bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lish lozim bo‘ladi.
Otish tayyorgarligi bo‘yicha otish jarayoninig fizika qonunlari bilan bog‘liqligi , nishongacha bo‘lgan masofani aniqlashda matematik formula va geometrik shakllar bilan bog‘liqligi , amaliy jismoniy tayyorgarlikni bevosita jismoniy tarbiya va tibbiy bilim asoslari ,fuqorolar bo‘limi o‘rganishda ximiya , biologiya fanlari bilan bog‘liqligi bunga misol bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda CHQBT fani bo‘yicha ilm-ko‘nikmalarni puxta egallashda boshqa fanlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |