Harbiy xizmat asoslari bo‘limining ta’limiy vazifalari.
O‘quvchilar:
qurolli to‘qnashuvlar huquqi, uning kelib chiqishi haqida va asosiy me’yorlarga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risida;
jangovar harakat qatnashchisi (kombatant)ning hulq-atvor kodeksi to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning vazifasi, tarkibi va jangovar an’analari haqida;
harbiy jamoaning shakllanishi va jipslashuvining xususiyatlari, Qurolli Kuchlar va qo‘shin turlarining jangovar imkoniyatlari va vazifalari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari shart.
O‘quvchilar:
qurolli to‘qnashuvlar huquqining asosiy talablari va ularga rioya qilishning zarurligini;
kombatant va fuqaro shaxs orasidagi farqlarni, harbiy ob’ekt bilan fuqaro ob’ektini farqlashni;
hujum paytida, shuningdek mudofaa paytida ham, qurol tanlashning asosiy talablarini;
harbiy harakatlar olib borish usullarini va taqiqlangan qurol turlarini;
qurolli to‘qnashuvlar huquqini buzganligi uchun javobgarlikka tortilish haqida;
qurolli to‘qnashuvlar huquqi tomonidan qabul qilingan farqlovchi emblema va belgilarning vazifasi;
O‘zbekiston Respublikasning «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunlari talablarini;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatini tashkillash bo‘yicha tadbirlari haqida va «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga qo‘yish va chiqarish to‘g‘risida"gi Nizomning tasdiqlanganligi to‘g‘risida"gi qarorini;
harbiy jinoyat, xizmatdan bosh torganligi uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik qonunchiligi haqidagi asosiy qoidalarni;
-O‘zbekiston Respublikasi mudofaa doktrinasining tinch sharoitda va urush vaqtida Qurolli Kuchlarning vazifalari, tarkibi, tuzilish prinsiplari, strategiyasi va qo‘llash shart-sharoitlarining asosiy qoidalarini;
harbiy intizom asoslarini, harbiy nizom, uning harbiy qism va seksiyalar hayoti va faoliyatidagi o‘rnini, harbiycha xushmuomalalik qoidalarini, o‘zini tutish va harbiycha salomlashishni, askarning safga turishdan oldingi va safdagi majburiyatlarini bilishi shart.
O‘quvchilar:
qurolli to‘qnashuvlar huquqining asosiy qoidalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri bajarishni;
harbiy xizmatchi majburiyatlarining mohiyatini tushuntira olish, harbiy unvon (lavozim)i bo‘yicha kattalarga murojaat qilish, buyruq olganda buyruq bo‘yicha yoki vzvod bo‘yicha posbon o‘rnida harakat qilishni;
safda yakka tartibda qurolsiz saf usullarini va seksiya tarkibida qayta saflanishni to‘g‘ri bajarishni uddalashi shart.
2-o‘quv savoli Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda foydalaniladigan o‘quv moddiy baza va qo‘llaniladigan ta’lim texnika vositalari.
511500-«CHHT» ta’lim yo‘nalishidagi bakalavr talabalariga «Qurolli to‘qnashuvlar huquqi» mavzusini o‘tkazish uslubiyatini o‘rgatishda uning o‘ziga hos tomonlarini inobatga olmay turib mavzuni maqsadiga erishib bo‘lmaydi. Bunda mashg‘ulot rahbari o‘quvchilarga xalqaro insonparvarlik huquqi asoslarini o‘rganishning asosiy vazifasi pirovardida inson qadr - qimmatini tahqirlovchi harakatlarning oqibatlarini, shuningdek atrofdagilarga nisbatan insonparvarlik me’yorlariga rioya qilish shaxs va jamoa uchun foydaliligini tushunish va anglab etishga yordam berishdan iborat ekanligini tushuntirish yo‘lidagi uslubiy yondashuvlarining qanchalik to‘g‘ri o‘ylanganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ziga hoslikning ko‘rinishlaridan biri shundaki titnchlik va osoyishtalik hukm surayotgan bir vaqtda mashg‘ulot rahbari o‘quvchilarga qurolli to‘qnashuvlar huquqlari me’yorlariga nisbatan katta qiziqish o‘yg‘ota olmasligi mumkin, chunki huquq me’yorlari ko‘pchilik o‘quvchilarga go‘yoki aytilatgan narsalar ularga ta’luqli emasdek tuyuladi.
Mashg‘ulot rahbari qurolli mojarolar yuz berayotgan vaziyatlarda ishtirok etayotgan sobiq o‘quvchisi, kursanti yoki boshqa bir talabasi zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan mutlaqo uzoq bo‘lgan oliyjanob hulqqa va keng fe’l-atvorga ega qilib qo‘ya olmasliklarini tushunib etadilar. Shunga qaramay mashg‘ulot rahbari bolani zo‘ravonlik ko‘rinishlarini taqiqlovchi qoidalar mavjud ekanligiga, zo‘ravonlik uchun javob berishga to‘g‘ri kelishni o‘rgatadigan qoidalar borligini anglatish lozim bo‘ladi.
O‘quvchilarga qurolli to‘qnashuvlar huquqi me’yorlarini o‘rgatishdagi qo‘llanilayotgan uslublarni o‘rinli qo‘llash va ularni faol, ilg‘or, trening shaklida namoyish etishga shart-sharoit yaratishi lozim bo‘ladi.
Bundan tashqari mashg‘ulot maqsadiga erishishda TTV dan o‘z o‘rnida samarali foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa mavzu mazmuniga doir o‘quv filimlarni, multimediyalarni namoyish etilishi va ularni lo‘nda qilib izohlanishi yaxshi samara beradi. O‘quv filimlarni, multimediyalarni sinfdan tashqari ishlarga ajratilgan vaqtlarda namoyish etiladi. «Qurolli to‘qnashuvlar huquqi» mashg‘ulotlarining nazariy shakllarida yangi pedagogik innovatsion texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan 1-mashg‘ulotni o‘tkazishda «Klaster»texnologiyasi, 2-mashg‘ulotni o‘tkazishda «Klaster» va Blits-o‘yin «Kombatantning hatti-harakatlari» texnologiyalari, 3-4-mashg‘ulotlarda «Aqliy hujum» va «To‘satdan mann etish» texnologiyalari.
Pedagogik texnologiyalarni «Qurolli to‘qnashuvlar huquqi» mashg‘ulotlarida qo‘llashda har bir mashg‘ulot rahbari–tavsiya etilgan texnologiyalarni samara beradiganini tanlay olishi, shu bilan birga o‘quvchilarni faolligini oshirishda o‘quv faoliyati shaklllarining qo‘llashdagi uning pedagogik mahorati va ijodiy faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |