17- mashq. Oyoqlar orasini ochib sakrash mashqi.
a) kozyol uzra uzunasiga sakrash. Ushbu sport snaryadining bo‘yi 125 sm, undan 1 m narida o‘rnatiladigan sakrash supachasining bo‘yi 10-15 sm. Sakrab o‘tish amali yugurib borib bajariladi. Mashq ijrosiga (4- rasm) ikki marotabadan ortiq imkon berilmaydi.
Kozyol uzra uzunasiga sakrash
b) kon uzra uzunasiga sakrash. Ushbu sport snaryadining bo‘yi 120 sm. Bo‘yi 10-15 sm keladigan sakrash supachasi kondan erkin masofa nariga o‘rnatiladi. Sakrab o‘tish amali yugurib borib, konning narigi boshini qo‘l bilan itargan tarzda bajariladi. Mashqni bajarishga (5- rasm) ikki marotabadan ortiq imkon berilmaydi.
Kon uzra uzunasiga sakrash
Do'stlaringiz bilan baham: |