Халкаро шартномалар хукуки


 Konferensiyaning yakuniy aktini imzolash



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   185
5.6. Konferensiyaning yakuniy aktini imzolash 
 
Xalqaro  konferensiya  tugagandan  so’ng  aksariyat  holatlarda  qabul 
qilingan  shartnoma  yoki  shartnomalarning  matni,  hamda  boshqa  aktlar, 
bayonnomalar,  ariza  va  boshqalarni  o’zida  mujassamlovchi  yakuniy 
(xulosaviy)  akt  qabul  qilinadi.  Shu  jumladan,  xalqaro  shartnoma  huquqi 
haqidagi  ikkala  Vena  Konvensiyalari  ham  yakuniy  aktlar  tuzish  bilan 
tugatilgan.  Akt  konferensiyasi  ishtirokchilarining  barchasi  tomonidan 
imzolanadi. 
Aktning 
imzolanishi 
shartnoma 
matnning 
autentifikatsiyalanganligini 
bildiradi. 
Bu 
esa, 
shartnomani 
imzolanganligini anglatmaydi. 
Kelishuvning  yakuniy  aktiga  har  bir  qatnashuvchi  alohida  imzo 
qo’yadi.  Yakuniy  aktdan  yakuniy  bayonnomani  farqlash  lozim.  Yakuniy 
bayonnoma  shartnomaga  aniqliklar,  qo’shimcha  shartlar  (ogovorka, 
clause)  va  ularni  kiritish  uchun  ishlatiladi.  Bunday  bayonnoma  ikki  yoki 


92 
 
ko’ptomonlama  shartnomaga  ilova  qilinadi  va  uning  ajralmas  qismi 
hisoblanadi.  Yakuniy  bayonnoma  shartnomaning  majburiy  kuchiga  ega 
bo’ldi.  
Qadimdan,  tajribadan  ma’lumki,  shartnomaning  yakuniy  aktiga 
yuridik  kuch  berilgan.  Tomonlarning  mos  keluvchi  hoxishlari  aniq  va 
ravshan ko’rsatilishi lozim.  
Bu  turdagi  aktlarning  biri  Afrika  muammolariga  bag’ishlangan  1885  yilda 
o’tkazilgan  Berlin  Konferensiyasining  Yakuniy  akti  hisoblanadi.  Yakuniy  aktning 
kirish  qismi  (preambula)da  qabul  qilingan  hujjatlar  sanab  o’tilgandan  so’ng, 
shunday  deyiladi:  “Bu  turli  hujjatlarning  birlashtirilishi  foydadan  xoli  bo’lmasligi 
e’tirof  etgan  holda,  ular  bitta  Yakuniy  Aktda  jamlandi...”  keyin  qabul  qilingan 
aktning  to’liq  matni  keltirilgan.  Yakuniy  moddada  esa  shunday  deyiladi:  “Mazkur 
Yakuniy  akt  mumkin  bo’lgan  qisqa  vaqt  ichida  ratifikatsiya  qilinadi...  U  har  bir 
davlat uchun, ratifikatsiya qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi” (38-modda). Bu 
holatlar gap xalqaro shartnoma haqida borayotganiga shubha qoldirmaydi. 
Aktning  “shartnoma”  yoki  “bitim”  deb  nomlanishi  uning  huquqiy 
tabiatini  anglatsa,  “yakunlovchi  akt”  hujjatning  nohuquqiy  xarakterini 
anglatadi.  Bu  holat  shuni  anglatadiki,  yakunlovchi  akt  noto’g’ri  talqin 
etilishi mumkin.  
Misol  tariqasida  shartnomalar  huquqi  sohasining  yetuk  namoyondasi 
A.N.Talalaevning  fikrini  yaqqol  keltirish  mumkin.  U  umum’tirof  etilgan  yo’riqnoma 
haqida  shuni  ta’kidlab  o’tganki,  “yakunlovchi  aktning  imzolanishi  xalqaro 
shartnoma  qabul  qilingan  konferensiyadagi  matni  bilan  autentliligini  o’rnatishni 
nazarda tutadi...”. Bunga misol sifatida keltirish mumkinki, yakunlovchi aktning o’zi 
ham  xalqaro  bitim  xarakteriga  ega  bo’lishi  va  “uning  davlatlar  tomonidan 
imzolanishining  o’zi  majburiyat  yuklashini  nazarda  tutadi”,  masalan,  1975  yilgi 
YXHTning Yakunlovchi akti. 
Xelsinki  yig’ilishi  ishtirokchilari  huquqiy  bo’lmagan  akt  tuzish 
istaklarini  ochiq  oydin,  aniq  e’lon  qilishdi.  Deklaratsiyaning  yakuniy 
aktidagi  xalqaro  huquq  prinsiplari  haqidagi  ishtirokchilarning  fikrlarini 
bayon etilganligi aktni xalqaro-huquqiy shartnomaga aylantirmaydi. Biroq, 
bularning  barchasi  mazkur  Deklaratsiyani  prinsiplarning  tuzilishi 
(tarkibi)ni  aniqlashdagi  ahamiyatini  pasaytirmaydi,  zero  uning  ahamiyati 
o’ta yuqori obro’ga ega bo’lgan bayonotdir. 
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish