Халқаро туризм


Turistik mashulot tushunchasi



Download 1,06 Mb.
bet102/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

5.4. Turistik mashulot tushunchasi
Bozorda har qanday firmaning muvaffaqiyati birinchi navbatda u ishlab chiqarayotgan mahsulotni o‘ziga jalb qila olishiga bog‘liq. U mahsulot narxi, bozorda o‘tishi va tarqalishi singari bir qator elementlar bilan bog‘liq holda marketing kompleksining o‘zagini tashkil qiladi. Mahsulot iqtisodiy kategoriya sifatida keng mazmunga ega. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hozirgacha uning umumiy qabul qilingan belgisi yo‘q. AQSH Shimoliy – G‘arb universiteti marketing professori, Amerika marketing assotsiatsiyasi faol a’zosi F.Kotler unga quyidagicha ta’rif beradi: «Mahsulot – xohishni yoki zaruratni qondiradi va bozorda sotib olish, foydalanish yoki iste’mol qilish maqsadida diqqatni o‘ziga jalb etadi. Jismoniy obyektlar, xizmatlar, g‘oyalar va boshqalar mahsulotlar hisoblanadi.

Turizmda mahsulot ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, kompleks xizmat ko‘rsatish sifatida, ya’ni turistlarga bitta paketda sotiladigan xizmatlar to‘plami, turistik mahsulotning bunda qabul qilinishi birinchi navbatda iste’molchilarga xosdir. Bu ishlab chiquruvchi fikridan farq qiladi. Agar yetkazib beruvchi shaxslardan nima chiqarayotganini so‘rasangiz tashuvchi transport xizmatini, otellar – joylashtirish xizmatini, tematik parklar – sayr tomosha xizmatlarini va boshqalarni aytishadi. Ular tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning aniq turi mahsulot hisoblanadi. Bunday holda xizmatlar paketining tarkibiy qismi turistik mahsulotlar hisoblanadi.

Turistik mahsulotlarni iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar turlicha qabul qilishlari turizm sohasida iqtisodiy tadqiqotlarni o‘ta murakkablashtiradi. Muammo shundan iboratki, bozorga olib chiqilayotgan mahsulotlar hamisha ham iste’molchilar talabiga mos kelavermaydi. Turistlar turistik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga qaraganda kengroq ekanligini tushinishadi. Bundan tashqari, kishilar safarlarni sotib olishar ekan, oddiy xizmatlar to‘plamini emas, balki amalda mutlaqo boshqa narsalarni qidirishadi. Birovlar ta’tilga chiqib, xordiq chaqrish, oftobda toblanish, sog‘liqni tiklash uchun kurortga putyovka olishadi, boshqalar ish doirasida muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzish uchun safarga junaydilar. Bunday olganda turistlar oldi-sotdi savdosi sifatida klassik ma’nodagi mahsulotlarga emas, yangi taasurotlar, sarguzashtlar va biznesni kengaytirish imkoniyatlari va boshqalarga ehtiyoj sezishadi.

Taniqli ingliz turizmshunosi V.Midlton fikriga ko‘ra, kompleks turistik mahsulotlar tarkibi - turistik markazlardagi odamlar faoliyatini belgilaydigan his etish va his qilmaslik komponentlari, to‘plamlar yoki paketlarni namoyon etadi. Paket turistlar tomonidan qurbiga yarasha narx sifatida qabul qilinadi.

Iste’molchilar tomonidan turistik mahsulotlarni qabul qilinishini, xususiyatlarini va ularning turistik faoliyati haqiqiy motivlarini o‘rganib, yetkazib beruvchilar ularga mos ravishda o‘z ishlarini qayta qo‘rib oladilar. Ular mahsulotlarini qanday bo‘lsa, shunday holicha emas, balki iste’mol xususiyatlari va sifatiga qarab reklama qiladilar va xizmatlar to‘plamini taklif etadilar. Iste’molchilarning turistik mahsulotlarni kompleks qabul qilishi turizm markazlarini namoyon etuvchi va ularni taraqqiy etishi uchun javob beruvchi turistik ma’lumotlar takliflariga muvofiq keladi. 1970 – yillar oxirida AQShda Nyu-York shtatida «Men Nyu-Yorkni sevaman» keng masshtabli reklama kompaniyasi bo‘lib o‘tdi. Bu vaqtga kelib Nyu-York shahrida (butun dasturlar shtatni qamrab oldi) tarmoqlangan turistik infratuzilma yaratila boshladi. Otellar, restoranlar, barlar, tungi klublar va boshqa har xil sayr-tomosha obyektlari shahar mehmonxonalariga turli xil xizmatlarni taklif qila boshladilar. Bu korxonalar rasman turizm industriyasiga kirardi, ammo ular o‘zlarini yagona maqsaddagi qism deb hisoblamasdilar. Ular esa tor tijoriy manfaatlarni ko‘zlardilar.

Vaziyat potensial mijozlar bozorida tadqiqotlar olib borilganidan keyin o‘zgara boshladi. Turli xil turistik xizmatlar iste’molchilar so‘rovlaridan kelib chiqilib, bir paketga birlashtirildi. Bu ularning xarid qilinishini sezilarli yengillashtirdi. Kompleks turistik mahsulotlar reklamasi shunday tartibda tuziladiki, u turistik markaz sifatida Nyu-York haqida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini berardi. YA’ni obyektlarni ko‘rsatish, turistik infratuzilma, sayr-tomosha, transport qulayliklari – barchasi ifodalangandi. U shahar qiyofasi haqida yorqin va tezda esda qoladigan tasavvurlar hosil qilar va safarlarning narxi to‘g‘risida axborotlarga ega edi. Ayniqsa shahar taqdim etadigan joylashtirish va bo‘sh vaqtni madaniy o‘tkazish, turli xil sayr tomoshalar keng imkoniyatlarini reklama qilishga alohida e’tibor qaratildi. Kompaniya faoliyati juda muvaffaqiyatli kechdi va Nyu-York shahrini turistik markaz sifatida nafaqat AQShda balki, undan tashqarida mashhur bo‘lishiga olib keldi.



Ko‘rib chiqilgan misol amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator umumiy xarakterdagi kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi. Ulardan biri marketing tadqiqotlari o‘tkazishdir. Turistik mahsulot u sotib olinayotganda iste’molchi tasavvuridagina mavjud bo‘ladi, turist safardan nimani kutayotganini faqat maxsus tadqiqot yordamida bilish mumkin. Marketing xizmati xodimlari mavjud va xaridorlar xohish – istagi va potensial ehtiyojini tahlil qiladilar va bir xildagi mijozlar guruhlarini aniqlaydilar. Ular asosiy bosh savollar – iste’molchilar talab qiladigan zarur turistik mahsulotlar nima? bozorning qaysi takliflar darajasi uning talablarini qondira oladi? kabilarga javob topishga intiladilar. Marketing tadqiqotlari natijalari turistik mashulotlarni takomillashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish