Халқаро туризм


Xalqaro turizmda turistik talabning elastikligi



Download 1,06 Mb.
bet98/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Xalqaro turizmda turistik talabning elastikligi. Ta’kidlanganidek, turistik talab iste’molchining daromadi, qulay bo‘sh vaqtining davomiyligi, tovarlar va xizmatlar bahosi va boshqa omillarga bog‘liqdir. Muntazam haq to‘lanadigan ta’til joriy etilishi va real ish haqining oshishi turistik tovarlar va xizmatlarga talabni kuchaytiradi. Ammo ko‘pincha tahlil bir o‘zgarishni boshqasiga ta’sir etishini belgilash bilangina chegaralanib qolmaydi. Balki talabning o‘sishi (pasayishi), qay darajadaligini ham bilishni talab qiladi. Baho o‘zgarishiga turistik talab nechog‘lik sezgir, agar daromad 10,20 yoki 40 % ga oshsa unga talabning reaksiyasi qanday bo‘ladi kabi savollar shular jumlasidandir. Bu haqda tasavvur hosil qilishga ko‘ratkichlar elastikligi imkon beradi.

Elastiklik bir o‘zgarishning boshqa o‘zgarishga nisbatan reaksiyasi holatini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda bu tushunchalar bir tomondan talab kattaligi, ikkinchi tomondan baho yoki daromad o‘rtasidagi bosh bog‘likni aniqlash uchun foydalaniladi. Talabning baho bo‘yicha elastikligi (TBE) boshqa sharoitlarda narxning bir foizlik o‘sishi (kamayishi) tufayli talab hajmi qancha foizga o‘zgarishini aniqlaydi

TBE kattaligi odatda salbiy sonda ifodalanadi. Negaki o‘zgarishlar teskari bog‘liqlikka ega bo‘ladi. Talab hajmi narx tushishi, uning oshishi, kamayishi tendensiyasiga ega.

Talab narx o‘zgarishga sezgir (elastik), befarq (noelastik) yoki yagona elastiklikka ega bo‘lishi mumkin.

TBE bir qator omillarga bog‘liq, eng avvalo substitut (o‘rnini bosuvchi) tovarlarga qurbi yetish omili. Bozorda raqobat qanchalik o‘tkir bo‘lsa, TBE taklif etilayotgan o‘rnini bosuvchi tovarlar ko‘lamida shunchalik keng bo‘ladi.

Turist uchun alternativga hojat bo‘lmagan ishga doir va etnik talab dam olish va ko‘ngilxushlik uchun sayohat qiluvchiga nisbatan narx o‘zgarishiga unchalik sezgir emas. Turistik mahsulotlarga narxning o‘zgarishi ayniqsa dam olish uchun safar geografiyasini aniqlagan holda «dengiz – quyosh - plyaj»ga boruvchilarda sergaklik uyg‘otadi. Qaysidir kurortlarga xizmatlar qimmatlashishi bilan odamlar osongina boshqa o‘rnini bosuvchilarga o‘tishadi, ular bilan raqobatdagi boshqa kurortlarga talab oshib, arzonroq dam olish joylari tanlanadi.

TBEni keltirib chiqaruvchi ikkinchi omili vaqtinchalik ramka, uning doirasida xarid haqida qaror qabul qilinadi. Odatda elastiklik uzoq muddatli rejada qisqa oraliqlarga nisbatan yuqoriroq.

Vaqt o‘tishi bilan iste’molchilar narxi oshgan tovarlar uchun katta miqdorda o‘rnini bosuvchilarni topishlari mumkin. Asta-sekin ularning didi, odatlari va ko‘nikishlari o‘zgardi. Ishlab chiqaruvchilar esa o‘rnini bosuvchi tovarlar chiqarishni kengaytiradilar.

TBE ni o‘zgaruvchanlik xususiyati har bir konkret holatda uni aniqlashda ehtiyoj bilan yondoshish, yetti o‘lchab, bir kesish zaruratini tug‘diradi. Bu birinchi navbatda narx valyuta kurslariga bog‘liq bo‘lgan xorij sayohatlariga taaluqli. Narx uning o‘zgarib turishi xalqaro turistik safarlar geografiyasiga ta’sir qiladi. Sir emaski, qabul qiluvchi tomonlarning valyuta alshashish kursini oshirishi, ularni teng sharoitlarda xorijiy turistlar uchun qimmatlashtirib yuboradi. Bu iqtisodiy jihatdan ham unchalik diqqatni tortadigan emas.

Ayrim mamlakatlar xalqaro turizmni rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlab valyuta siyosati yurgizishadi. Milliy pul birligini almashtirish kursining sun’iy o‘zgartirish tufayli, ular yuqori inflyatsiya darajasiga qaramay turistik xizmatlar narxining raqobatbardoshligini ushlab turishga muvaffaq bo‘ladilar.

Turistlar yetkazib beruvchi mamlakatlarga keladigan bo‘lsak, ularning milliy valyutasi revolvatsiyasi chiqish turizmiga talablarni ko‘paytiradi. To‘g‘ri, almashtirilgan valyuta kursining tushib ketishida teskari holat ham bo‘ladi.

1990 yillar ikkinchi yarimlarida dollarning zaiflashuvi oqibatida Amerikalik turistlarning Yevropaga kelishlari soni anchagina kamaydi va aksincha Yevropadan esa AQShga turistik oqimlarni kengaytirdi.

BTT mutaxassislarining bu sohadagi ko‘p yillik tadqiqotlari quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi. Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, TBE qabul qiluvchi mamlakatlar uchun 1 dan 2 gacha atrofda turibdi. Agar turistik yo‘nalishlar nisbatan 10 % ga arzonlashsa, misol uchun, inflyatsiyaning oldingi darajasi saqlangan holda valyuta almashish kursining o‘zgarishi, natijada uch yil davomida uning bozor ulushi 10-20 % ga ortadi. Sayohatlarga narx o‘zgarishiga iste’molchilarning reaksiyasi paydo bo‘lishi uchun xuddi shuncha vaqt talab qilinadi. Iste’molchilar yangi narxlarga uzil-kesil besh yildan keyin moslashib oladilar.

TBE ahamiyat jahonning mintaqalari va safarlar turi bo‘yicha farqlanadi. Yevropa bo‘yicha ichki hududiy sayohatlar uchun u nisbatan past – 0,8. Qabul qiluvchi Yaqin Sharq mamlakatlari uchun narx bo‘yicha uzoq bo‘lmagan safarlarga nisbatan talab ko‘proq elastik. Bu hudud uchun TBE -2,5 ga teng. Odatda uzoq safarga nisbatan yaqinroq masofaga talab narx o‘zgarishiga unchalik sezgir emas.

TBE turistlar yetkazib beruvchi mamlakatlar uchun -1,5 ga teng Xorijiy sayohatlarga (yo‘nalishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda) narxning 10 % o‘sishi uch yil davomida chiqish oqimini 15 % qisqarishga olib keladi. Xuddi birinchi holatdagi singari talab elastikligi mintaqalararo safarlarga qaraganda ichki hududga nisbatan past. Misol uchun, u Yevropada mutanosib ravishda – 0,6 va – 1,9 ga teng.

Jahon mintaqalari o‘rtasida TBE Yevropa va Yaqin Sharqda yuqori. Bu ularning chiqish turistik oqimlarida dam olishga sayohatlar ulushlarining kattaligi bilan izohlanadi. Bunday sayohtlarga narx bo‘yicha talab xizmat safari (kamandirovka), qarindoshlar va tanishlarnikiga borish, boshqa turistik safarlarga nisbatan elastikdir.

Ilgari gap nima haqda borgan bo‘lsa, hammasi normal yoki to‘g‘ri deyilganga taaluqlidir. TBE, narx oshganda (pasayganda) talabning kamayishi (o‘sishi) ga olib keladi. Ammo amalda boshqa vaziyatlar ham ma’lum. Ularda o‘zgarishlar bir tomonga qarab yo‘naladi va yuqori baho talabning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bu bog‘liqlikni elitar turizm bozorida kuztish mumkin. Misol uchun, sayohat teploxodida eng qimmat kayutani yoki shaharda kechki ovqat uchun eng qimmat restoranni tanlash. Mazkur holatda odamlar oddiy narsalar yoki xizmatlarni emas, boyligini ko‘z-ko‘z qilish uchun nufuzni sotib oladilar. Iqtisodiy adabiyotlarda bu hodisa «Snobizm effekti» degan nom olgan.

Iste’molchining daromadlari o‘zgarishi turistik talablarga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bir o‘zgarish kattaligi ikkinchisiga ta’sir qilib, daromadlar bo‘yicha turistik talab elastikligi tushunchasini to‘ldirishi mumkin. U talab hajmi foiz o‘zgarishining iste’molchi daromadi protsent o‘zgarishiga nisbatan o‘xshash munosabatlariga (boshqa teng sharoitlarda) mo‘ljallanadi.

Ko‘p sonli empirik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, turistik talab iste’molchi daromadi ko‘payishi (kamayishi) ga juda sezgir va bog‘liq. Aholining moddiy ahvoli yaxshilanishi bilan, ularni sayohatlarga moyilligi va turistik xarajatlar o‘sadi.

Daromad o‘zgarishi hamma vaqt ham individual turistik talab hajmini, o‘lchangan safar, yoki tunash sanalarini aks ettirmaydi. Shu bilan birga u turistik tarkiblarda chuqurroq siljishlarga olib keladi. Yaxshi haq to‘lanadigan ishga joylashib olgach, kishi ko‘p hollarda o‘z halovatini unga qurbon qiladi. Yetarli bo‘sh vaqtga ega bo‘lmaydi. U xuddi avvalgidek uzoq bo‘lmagan safarni tanlayadi va shinamlik darajasiga yuqori talablar qo‘yadi.

Moddiy qiyinchiliklar ham xuddi shunday hamma vaqt ham individual turistik talablarning miqdoriy xarakteriga ta’sir etavermaydi. Ta’tilni muntazam sayohat bilan o‘tkazuvchi oila kamdan-kam bu ko‘ngilxushlikdan o‘zini tiyadi moliyaviy ahvoli yomonlashganda ham bundan voz kechmaydi. Aksincha ta’til (kanikul) vaqtini qisqartirish yoki safarni qoldirishdan ko‘ra arzonroq safarni sotib olishni ma’qul ko‘radi.

Elastiklik darajasi shuningdek safar tipiga ham bog‘liq. Xarid qobiliyatining o‘zgarishida ko‘proq ko‘ngilxushlik safarlariga talab sezgir. Etnik safarlarga bu kamroq darajada. Chunki bunda erkin tanlash natijasiga qaraganda, imkon darajasida qarz olish ko‘zda tutiladi. Ishga aloqador safarlar, shuningdek elitar sayohatlarda daromad o‘zgarishiga kam e’tibor beriladi va noelastik hisoblanadi.

Narx va daromad bo‘yicha elastiklik iqtisodiyotda umumiy tarzda qabul qilingan. Ammo talab dinamikasida yagona ko‘rsatkich emas. Elastiklik xuddi shunday boshqa omillar (misol uchun, vaqt) o‘zgarishiga turistik talab reaksiyasini ifodalash uchun foydalaniladi. Ishga aloqador turizm uchun bu – rahbar tomonidan belgilangan safar muddati, dam olish va ko‘ngilxushlik sayohati uchun – bo‘sh vaqt. Ular yil davomidagi bayram kunlari va ta’tillar soni bilan o‘lchanish mumkin. Bo‘sh vaqt davomiyligi chatishib ketadi va mamlakatlar bo‘ylab sezilarli ravishda ko‘zga tashlanadi.

Niderlandiyada qonunchilikda mustahkamlangan ta’til davomiyligi 30 kundan oshadi. Plyus yiliga 8-10 bayram kunlari ham bor. AQShda esa ta’til kunlari 12 kunni, yillik bayramlar soni 11 kunni tashkil etadi.

Pul emas, vaqt asosiy limitlovchi omil bo‘lgan o‘shanday hollarda turistik talab ta’tilning davomiyligi o‘zgarishiga, bayram kunlari soniga yoki safarning uzunligiga e’tibor qaratadi. Mutaxassislar talabning vaqt bo‘yicha yuqori ijobiy elastiklikka ega ekanligini qayd etadilar.

Turistik talab kattaligiga vaqt omillari qaysi o‘zgarishlari ta’sir etishini baholash uchun ikki mulohaza muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, qo‘shimcha vaqt bo‘sh yoki xizmat safari (kamandirovka) turistga belgilangan manzilda bo‘lishni o‘zaytirishga imkon beradi. Aytaylik aholisi turistik xizmatlar paketlarini sotib olishga moyil mamlakatda sayohat ishqibozi navbatdagi safarga chiqishni mo‘ljallayapti, taklif etilayotgan xizmat «paketlari» bozorida uning qurbi yetadigani bir-ikki xaftalik safardir. Sayohat qilinadigan yillik qisqa muddatli ta’tilda iste’molchi foydasiga yetti kunlik safar tanlanadi. Harakatni susaytirishda limitlovchi bosh omil-vaqtinchalik omildir. Masalan, boshqa teng sharoitlarda ta’til davomiyligini 13 kundan 16 kungacha ko‘paytirilishida u har holda mo‘ljallangan joyda uzoqroq bo‘lish unga qimmatga tushsada ikki haftalik safarni ma’qul ko‘radi. Turgan gap, talab kattaligi bo‘sh vaqtining ko‘payishi turistik xarajatlar aks etishida ham ortadi.

Ikkinchi mulohaza safar uzoqligiga taaluqli. Qo‘shimcha vaqt uzoq masofaga sayohat qilishga imkon beradi. Bu holda asosiy masalalardan biri masofani o‘lchash birligini tanlash hisoblanadi. Odatda bu masofalar kilometrlar bilan belgilanadi. Ammo iqtisodiy tahlil doirasida bunday baho juda ko‘p jarayonlarga izoh berolmaydi. Jumladan, kengliklarda turistik oqimlarni qayta taqsimlashda: iqtisodiy tadqiqotlarda masofani ifodalashda uni bosib o‘tishga sarflangan vaqt va pul bilan hisoblanishi qabul qilingan. Bu iqtisodiy resurslar talabni chegaralaydi va turistik bozor hajmini fizik masofaga qaraganda ko‘proq darajada belgilaydi.

Vaqt sarfi kattaligiga daxldor har qanday o‘zgarish va safarga pul xalqaro turizm intensivligi va hajmi, geografiyada bevosita aks etgan ikki mamlakat o‘rtasidagi transport qatnovining tezligi yoki arzonlashuviga qarab aniqlanadi. Misol uchun, so‘nggi yillarda transatlantik parvozlarga tariflarning pasaytirilishi xalqaro turistik almashinuvni kengaytirishga imkon berdi. Okean osha Amerika va Yevropaning yirik turistik markazlariga xorijliklarning kelish soni ko‘paygani qayd etildi: Nyu-York va Mayami, London va Parijga.

O‘tkazilgan empirik tadqiqotlar ham odamning doimiy yashash joyi va boradigan manzili masofasi o‘rtasida mustahkam aloqa mavjudligini tasdiqladi. YA’ni bir tomondan vaqti - sarfi – pul chiqimi, ikkinchi tomondan, bu joyda bo‘lish chastotasi yoki ehtimol tutilgan ifoda.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish