Халқаро туризм


Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari



Download 1,06 Mb.
bet94/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

5.2. Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari
Turistik ehtiyoj va talab harakterli belgilarga ega: dinamizm, getrogenlik va komplekslik, elastiklik, mavsumiylik va boshq.

Turistik ehtiyoj va talab – dinamik kategoriyalar. Turistik ehtiyoj va talab jamiyat rivojlanishi bilan bog‘liq. Jumladan talab jamiyat rivojlanishi bilan birga o‘zgaradi, eskilari yaramay qoladi va yangilari paydo bo‘ladi. Ehtiyoj esa doimiy ravishda kengayib, boyib boradi. Turistik xizmatlar iste’molida chuqur sifat va son o‘zgarishlari ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar tufayli ro‘y berdi. Rivojlangan mamlakatlarda aholining xarid qilish qobiliyati oshdi, moddiy turmush farovonligi yuksaldi. Bu odamlarni ommaviy ravishda turizm orqali u yoq, bu yoqlarga borib kelishi imkoniyatini berdi va turizmga zamonaviy tus baxsh etdi.

Turistik harakat intensiv ravishda rivojlana bordi, ammo u bir tekisda emasdi. Uzluksiz o‘sish va pasayishlar turizmga bir butun doimiy harakat ko‘rinishini beradi. Bir qarasangiz xalqaro turizm o‘sishi eng yuqori nuqtasiga chiqadi, bir qarasangiz u uzoq muddatli va o‘rta muddatli pasayishlar tendensisiga duchor bo‘ladi.

XX asrning 1950 va 1960 – yillarida kelishlar o‘sish sur’atlari iqtisodiy faollik tebranishiga qaramay barqaror ravishda yuqoriligicha qoldi. Bu hodisa qator mutaxassislarga turizm inqirozga mahkum emas, deb ta’kidlashga asos bo‘ldi. Biroq 50-60-yillarning ikkinchi yarimi bu nuqtai nazarlarni chippakka chiqardi. 1966 -1967 yillardagi iqtisodiy inqiroz (krizis) chog‘ida turistik kelishlar sur’ati 7 foizga pasaydi.

Navbatdagi ikki pasayish esa turizm rivojlanishi ham boshqa xo‘jaliklar singari o‘sha qonuniyatlarga buysunadi degan barcha shubhalarni tarqatib yuboradi. Ulardan biri 1973-1974 yillardagi energetika inqirozi bilan bog‘liq edi. Ikkinchisi esa 1980-yillar boshidagi jahon iqtisodiy inqiroziga to‘g‘ri keladi. Bu davriy (siklik) inqiroz sinxron ravishda sanoati rivojlangan mamlakatlarni butunlay qamrab oldi va ikkinchi jahon urushidan keyin eng uzoq davom etgan inqiroz bo‘ldi. 1981-82 yillarda turizm pasayishi juda chuqur bo‘ldi. Agar oldingi inqirozlar yillarida turistik kelishlar sur’atlari keskin susaygan bo‘lsa, endi ularning soni mutlaqo qisqardi.

Turistik faollik faqat iqtisodiy ahvolga emas balki, dunyodagi siyosiy vaziyatga ham bog‘liqdir. Uning keskinlashuvi turistik safarlarga real talabning kamayishiga olib keladi. Ayrim qurolli ixtiloflar, masalan, 1967 va 1973 yillardagi Yaqin sharq majoralari iqtisodiy inqirozga to‘g‘ri keldi. Bir – biriga aybni to‘nkash orqali ular turizm xalqaro rivojlanishiga o‘z salbiy ta’sirini kuchaytirdilar.

1990 yillar boshlarida turistik kelishlar o‘sish sur’atlarining pasayishi Fors ko‘rfazi rayonidagi jangovar harakatlar va g‘arb mamlakatlaridagi iqtisodiy inqirozlar soyasida ruy berdi. Turizmning o‘sish sur’atlari pasayishi jahonning barcha turistik mintaqalarida – Yevropa va Amerika, Osiyo va Afikada qayd etildi. Birgina Fransiyada 1989 yilda xalqaro ziddiyatlarning kuchayishi, Iroq qo‘shinlarining Quvaytga bostirib kirishi arafasida 18 ming individual va 50 ga yaqin turli guruhlarning turli turistik tomonlarga yo‘naltirilgan safarlari bekor qilindi. 1991 yilda AQSH boshchiligida ko‘p millatli qurolli kuchlar Eronda «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasini o‘tkazishdi, Yevropada turistlar kelishi o‘sishi nol darajaga tushib ketdi. Italiya, Buyukbritaniya, Germaniya va Shveytsariya singari mamlakatlarda turistlar soni 1990 yilga taqqoslanganda mutloq qisqargani qayd etildi.

Amerika mintaqasida chiqish turizmi hajmi 3% ga, Yevropada esa 23 % ga qisqardi. Yevropa mamlakatlari okean ortidan 5 mln. turistlar kelishga mussar bo‘la olmadilar.

Terroristik xurujlardan xavotirlanib, AQSH tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga xorijga safar qilishdan tiyilib turishni tavsiya etdi. Yirik turistik firmalar o‘z xodimlarini safarga jo‘natdilar va turistlar sayohatini bekor qilishdi. Ayrim xalqaro aviatsiya reyslariga chiptalar sotish salkam yarimga tushib qoldi.

Fors ko‘rfazidagi urush oqibatida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida turizm taraqqiyotiga jiddiy salbiy putur yetdi. Ixtiloflar chog‘ida Malayziyaga kelishlar soni kamaydi. Ularning o‘sish sur’atlari Syangan (Gonkong) va Singapurda susaydi. Ayniqsa bundan turizm intensivligi jabr ko‘rdi. Ayrim mutaxassislar uning oldingi darajasini tiklash uchun kamida 1,5 yil vaqt kerakligini aytdilar.

Fors ko‘rfazi hududidagi jangovar harakatlar davrida Afrika qit’asida ham xalqaro turizm tushkunlikka uchragani qayd etildi. Haddan tashqari xavf-xatarlar ko‘pgina odamlarni Misr (kelishlar soni 1991 yilda 1990 yilga nisbatan 12,4 % kam) va 1991 yilda 1990 yilga nisbatan chiqish turizmni 80 % ga yo‘qotgan Tunisga safardan voz kechishga majbur qildi. Turizmda yanada chuqurroq inqirozni yaqin Sharq mamlakatlari – Iordaniya (kelishlar 23 % ga kamaydi), Isroil (kelishlar soni 11,3 % ga kamaydi) va boshqa davlatlar o‘z boshidan kechirdilar. Mintaqaga 1991 yilda kelishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 7 % ga kamaydi. Bu jahondagi xalqaro turizmning umumiy manzarasini belgilab berdi.

Kosovo (Yugoslaviya) dagi ixtiloflar xalqaro turizm ko‘lami uchun Fors ko‘rfazidagi urushdan nisbatan kamroq zarar yetkazdi. Shunga qaramay Yevropa mintaqasi jahonda 1999 yilda kelishlar soni bo‘yicha umumjahon miqyosidan ancha past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi (+ 1 %).

Yevropa mintaqasida asosiy zarbani Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlar o‘ziga oldi. Jumladan, turizmda Xorvatiya (1999 yilda kelishlar 1998 yilga nisbatan 17,3% kam), Vengriya ( - 13,8 %), Polsha ( - 4,5 %), Chexiya (- 1,8 %). Barcha murakkabliklarga qaramay, 1999 yil Ispaniya uchun omadli yil bo‘ldi. U ilgari Balqon yarim oroli va Turkiyaga yo‘naltirilgan turistik oqimni qisman o‘ziga og‘dirib olishga erishdi.

Sayohat xavfsizligi muammolaridan tashvishga tushgan Butun jahon Turistik tashkiloti (BTT) turistlarning hayotiga potensial tahdidga bog‘liq ravishda chiqishga qaratilgan yo‘nalishlar klassifikatsiyasini ishlab chiqdi. Birinchi, ko‘proq xavfli guruhga cho‘zilib ketgan harbiy ixtilof, terrorchilik xurujlari va iqtisodiy barqarorlik avj olgan mamlakatlar (hududlar) kiritildi.Ular turizmni rivojlantirishda nafaqat muntazam salbiy ta’sir qilishadi, balki amalda turizm nufuzini tushurib yubordilar. Bular – Livan, Shimoliy Irlandiya, Afg‘oniston, Yugoslaviya respublikalaridir.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish