Халқаро туризм


Turistik mahsulotlar xususiyatlari



Download 1,06 Mb.
bet104/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Turistik mahsulotlar xususiyatlari. Turistik mahsulotlarni turlicha talqin qilishda barcha mualliflar turizmni noishlab chiqarish sohasiga kiritadilar. Xizmatlar almashinuvining asosiy predmeti bo‘lib yuzaga chiqadi va rivojlangan turistik bozorda sotish barcha hajmining 80 % gacha tashkil qiladi. Turistik mahsulotlarga tovar xizmatidan farqli ravishda to‘rtta ta’rif (xarakteristika) xosdir:

  • his etmaslik;

  • ishlab chiqarish va iste’mol ajralmasligi;

  • o‘zgaruvchanlik;

  • saqlashga yaroqsizlik.

His etmaslik yoki ilg‘amaslik turistik xizmatda shuni bildiradiki, ular shakllarini olmaydi. Ularni olingunga qadar namoyish etish, ko‘rish yoki sinab ko‘rish mumkin emas. Xizmat ko‘rsatish tovar xarid qilishdan farqli ravishda biror bir narsaga ega bo‘lishga olib kelmaydi. Turistik mahsulotlar his etishning turli darajalariga ega. Tez xizmat ko‘rsatish korxonasida kompleks tushlik ovqat sotishda ko‘rsatiladigan xizmatlar real obyektga (tushlikka) bog‘langan va ancha his etish xarakteriga ega. Xizmat ko‘rsatish chog‘ida kam darajadagi moddiy ko‘rinishli klassik restoranga tashrif buyuruvchi nafaqat ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, balki yoqimli muhit uchun ham keladi. Otellar va transport kompaniyalari taklif qiladigan xizmatlarni ilg‘ab olish yanada qiyin. To‘lovlarni amalga oshirar ekan, turist mehmonxona va samolyotni emas, balki tashish va joylashishni sotib oladi.

Xizmatlarni ilg‘ab ololmaslik iste’molchida ham, yetkazib beruvchida ham muammolarni keltirib chiqaradi. Xaridor xizmatlarni sotib olgunga qadar, ba’zan olganidan keyin ularni ajratish va baholashga qiynaladi. Chunki mijoz uchun avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha ustaxonaga murojaat qilganda xizmat his etilmagan hisoblanadi. Ko‘pincha u nafaqat ta’mirlash jarayonini ko‘rmaydi, balki qilingan ishni baholay olmaydi. Shuning uchun xizmat sotib olishda iste’molchida hamisha sotuvchiga ishonch va umid elementlari bo‘ladi.

Xizmatning nomoddiy xarakteri yetkazib beruvchilar ishini murakkablashtiradi. Turistik korxonalar ikki muammoga duch kelishadi: o‘z takliflarini mijozga qanday qilib ko‘rsatish va tushuntirish kerak, ular nima uchun pul to‘laydilar?

Sotuvchi turist xizmatlarni iste’mol qilgan chog‘ida faqat afzalliklarinigina aytishi mumkin. Mijozning o‘zi esa xizmatlar ko‘rsatilganidan keyingina ularning baholay oladi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, xizmatlar asosiy marketing tushunchasi mijoz uchun mazkur firmaga murojaat qilinadigan foyda yoki qulaylik hisoblanadi.

Turistik xizmatlar taqdim etadigan korxonalar mijozlar ishonchini mustahkamlash uchun kopleks chora – tadbirlar ko‘radi. Ular o‘z xizmatlarini his etilishini oshiradi, ularni ahamiyatini ta’kidlaydi. Mijoz tomonidan olinadigan qulaylikka e’tiborni qaratadi, xizmatlar reklamasiga estrada, sport yulduzlari va boshqalarni jalb etadi.

Xizmatlar his etilishini ta’minlashning shakllari xilma-xil. Bir kompaniya mijozlarga o‘z xodimlari, ularning tajribasi va klassifikatsiyasi to‘g‘risida axborotlar yetkazadi, boshqalari esa firmalar xizmatlarini tushunish va baholash uchun bukletlar, broshyuralar va boshqa yetkazuvchi materiallarni taraqatadi.

Keyingi paytlarda yetkazib beruvchilar xizmatlar moddiyligini oshirish uchun ko‘proq eng yangi axborot texnologiyalariga murojaat qilishayapti. Ayrim otellar o‘z saytlarida nomerlar manzaralarining almashinuvini joylashtirishmoqda. Tugmachani bosish bilan mijoz xonani ko‘zdan kechirish rakursini almashtiradi, alohida detallarning tasvirini kattalashtirib ko‘radi (masalan, devordagi kartinalar yoki oboy gullarni ko‘rishni istasa, derazadan ko‘rinish bilan tanishmoqchi bo‘lsa). Internet sahifalarida golf-klublar a’zolariga qaratilgan axborotlar mazmuni esa mutlaqo boshqacha: golf o‘ynash uchun maydon rejasi, o‘yinchilar fikri, narxlar, ish soatlari va boshqalar bilan tanishish mumkin.

«TIS kaver» - kompaniyasining Tirol axborot markazi tajribasi diqqatga sazovar. U Avstriya tog‘ chang‘isi kurortlarini his etilishini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Tog‘ yon-bag‘irlari va chang‘i trassalarida kameralar o‘rnatildi. Ular qayd etgan axborotlar kompaniya saytlariga uzatiladi va foydalanuvchi monitor kurort ob-havo sharoitini bilib olishi mumkin, qor qoplami holatini va trassada tog‘ chang‘ichilari bor-yo‘qligini ko‘radi. Avstriya tog‘ chang‘isi kurortlari haqidagi axborotlardan tashqari, «TIS kaver» mamlakat haqida umumiy ma’lumotlar, uning federal yerlari, turistik markazlari, an’analari, urf-odatlari, bayramlari, shuningdek joylashtirish vositalarida o‘rinlarni bronlashtirish xizmatlari to‘g‘risida ham keng ma’lumotlar beradi. Milliy axborot tizimi sifatida dastlabki vujudga kelgan zahotiyoq u Avstriyadan tashqariga ham keng yoyildi va ayni paytda Germaniya, Shveytsariya, Lixtenshteynni qamrab olgan.

Bu tizimi Koreya Respublikasi hududida joriy etish uchun muzokaralar olib borilmoqda. Faqatgina 1999 yilning birinchi yarmida «TIS kaver» kompaniyasi saytiga 8 mln. kishi murojaat qildi, 28 mln. marta saytga kirdilar.

G‘arbda xizmatlar nisbatan moddiyligini o‘lchash uchun his etilishining maxsus shkalasi ishlab chiqilgan. U iste’molchi sotib olgunicha xizmatlarni tasavvur qilaoladimi yoki ko‘z oldiga keltira oladimi va qanday darajada bilib olish imkonini beradi.

Shkala to‘qqiz pozitsiyani o‘z ichiga oladi:

1. Men bu xizmat (buyum) haqida aniq tasavvurga egaman.

2. Tasavvur (qiyofa) asta-sekin paydo bo‘ladi.

3. Tasavvur juda ham his etiladigan.

4. Bu tasavvur uchun juda ham abstrakt narsa.

5. Uni tasavvur qilish uchun bu juda ham mushkul narsa.

6. Bu narsani boshqa kishiga osongina tasvirlab berish mumkin.

7. Bu narsa turli qiyofalarni uyg‘otadi.

8. Bu narsani tasvirlab berish qiyin.

9. Men sezaman, u narsa haqida aniq tasavvurga egaman.

Mazkur shkaladan foydalanib o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatdiki, ayrim xizmatlar (kino, tez xizmat ko‘rsatish restoranida ovqatlanish, yig‘ishtirish) tovralarga nisbatan ko‘proq his etilar ekan va aksincha ayrim tovarlar (minilgan avtomobil) iste’molchi tasavvurida xizmatlarga qaraganda, kam his qilinar ekan.

Xizmatlarning nomoddiy xarakteri baholash jarayonini va turistik mahsulotlarni bozorda harakatlanishini qiyinlashtiradi. Xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish ajralmasligi ayrim mutaxassislarning fikricha, xizmatlarni haqiqiy xizmat qiluvchi va ularni tovrlardan farqlovchi asosiy xususiyatlardir. Xizmatlarni faqat buyurtma tushganda yoki mijoz paydo bo‘lgandagina ko‘rsatish mumkin. Shu nuqtai nazardan xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish ajralmasdir (rasm 6).




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish