Халқаро туризм


V. Bob. XALQARO TURIZM BOZORI



Download 1,06 Mb.
bet90/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

V. Bob. XALQARO TURIZM BOZORI
5.1. Turistik talab mohiyati

5.2. Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari

5.3. Hozirgi zamon turistik talablar tendensiyasi

5.4. Turistik mahsulot tushunchasi

5.5. Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish omillari

5.6. Turistik takliflar mohiyati

5.7. Turistik industriya sektorlari bo‘yicha takliflar

xususiyatlari


5.1. Turistik talab mohiyati
Ehtiyoj va talab. Har qanday odam o‘z hayoti davomida qandaydir u yoki bu narsaga ehtiyoj sezadi. Bu birlamchi ehtiyoj o‘zining fiziologik tabiatiga ko‘ra, odatda tug‘ma hisoblanadi. Bu – ovqatga, suvga, nafas olishga, uyquga, jinsiy aloqaga ehtiyojdir. Ulardan farqli ravishda ikkilamchi ehtiyoj psixologik xarakterga egadir. Agar atrofdagilar uning xizmatlarini, iste’dodini yoki jamoa a’zosi sifatida huquqini tan olmasa kishi kuyinadi. Birlamchi ehtiyoj genetik jihatdan qoida bor, ikkilamchisi esa tajriba orqali namoyon bo‘ladi.

Odamlar hech qachon bir xilda tajribaga ega bo‘lishmaydi. Shu jihatdan ikkilamchi ehtiyoj ko‘p darajada birinchisiga nisbatan yaqqol farqlanadi.

Ehtiyojni bevosita ko‘rib yoki o‘lchab bo‘lmaydi. Uning mavjudligini odamlar xulqi-atvoriga qarabgina bilish mumkin. Psixologlar odamlarni kuzata turishib, ehtiyoj harakat motivlari bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelganlar. Agar nimadir yetishmasligi kuchli sezilsa, odamda intiluvchanlik hissiyoti uyg‘onadi. Bu bo‘lajak xulqiy ehtiyoj maqsadga erishishiga butun diqqat-e’tiborni safarbar etadi. Bu holda maqsad hech narsa emas, zaruratni qondirish vositasi xolos deb tushuniladi. Qo‘yilgan maqsadga erishilganida esa ehtiyoj to‘liq yoki qisman qondirilgan, yo qondirilmagan bo‘ladi.

Misol uchun charchoq hissiyoti kishida chipta (bilet) olib kurortga jo‘nab ketish harakatini uyg‘otadi. Biroq yomon ob-havo to‘laqonli dam olishga halaqit beradi. Ehtiyoj qondirilmay qoladi. Kuchaygan ichki zo‘riqish esa shaxsni uni so‘ndirish uchun yangi yo‘llar va usullar qidirishga majbur etadi.

Maqsadga erishish chog‘ida olingan qoniqish darajasi shunday o‘xshash vaziyatlarda kishi xulqiga ta’sir etadi. Yanagi safar u xulq modeli bo‘yicha xarakat qiladi, ijobiy natijalarga tayanadi, salbiy tajribalarni takrorlamaslikka intiladi.

Shaxs xulqi faqat ehtiyoj bilangina aniqlanmaydi. U umidvorlik va qabul qilishga ham bog‘liq.

Motiv va mukofatlanish psixologik motivatsiya nazariyasida asosiy tushunchalar mohiyatini tashkil qiladi. Bu sohada ilmiy qarashlar yarim asrdan ko‘proq oldin shakllana boshladi. Ammo «Odamlarni harakat qilishga nima majbur etadi?», «Ular o‘z kuch va imkoniyatlarini ko‘zlangan maqsad sari qanday yo‘naltirishadi va taqsimlashadi?» degan bosh savollarga hozirgacha yagona qat’iy javob olingani yo‘q. Psixologlar shaxs faoliyati motivlarini tushuntiruvchi qator nazariyalar ishlab chiqishgan. Ulardan eng mashhurlari Zigmund Freyd va Abraxam Maslou nazariyalaridir, ularda iste’molchi xulqi atvorini o‘rganishga mutlaqo turli tomonlardan yondoshilgan. Quyida nomlari keltirilgan mualliflar nazariyalaridan turistik bozorni tadqiq etishda foydalanish mumkin.

Avstraliyalik psixiatr – vrach va psixolog, psixoanaliz asoschisi Z. Freyd (1856 - 1939) odamlar ularning xulqi – atvorida shakllangan psixologik kuchlarning haqiqiy mohiyatini tushunmaydilar deb hisoblagan. Bu hissiyotlar tushlarda, turli-tuman gap-so‘zlarda, shuningdek ruhiyat va asab buzilishlarida namoyon bo‘ladi.

Z. Freyd izdoshlari iste’molchilarning bozorga bo‘lgan xulq-atvori motivlarida juda ko‘p yashirin dalillar va qiziqarli holatlarni to‘plashgan. Misol uchun, ba’zi odamlar olxo‘ri qoqisini sotib olishmaydi. Chunki u qora va burishgan bo‘lganligi sababli, ular keksalik va kasallikni eslatadi. Iste’molchilar motivatsiyasini tadqiq qilish bunday kutilmagan natijalarga olib kelishiga qaramay, ular mijozlar xulq-atvori xususiyatlarini o‘rganuvchi mutaxassislarga qo‘l kelishi mumkin.

Amerikalik psixolog-faylasuf, Brendon universiteti psixologiya professori A.Maslou (1908-1968) ham nima uchun konkret ehtiyoj kishini ma’lum vaqtda harakat qilishga majbur etishini tushuntirishga urindi. Uning fikricha, inson ehtiyoji qandaydir iyerarxik tizimda (rasm 4).

past, eng oddiy, ibtidoiy ehtiyojidan yuqori, murakkabroq tashkil etilgan. Turistik boshlanish har bir beshtadan ajratilgan piramidalar qatlamida ishtirok etadi.

Asosiy piramidlar boyiroq, bazaviy ehtiyojni tashkil qiladi. Ular biogen tabiatga ega va ichki fizilogik zo‘riqish oqibati hisoblanadi. Bu iyerarxik zinapoyaning pastki pog‘onasi dam olishga ehtiyojda joylashgan. Ishdan so‘ng inson sarflangan energiyasini tiklash va ko‘paytirishga zarurat sezadi. Ammo uning qayta ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotning turli etaplarida bir xil emas va mehnat faoliyatining xarakteriga bog‘liqdir.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish