Халқаро туризм


Turizmda iste’molchilik tanlovi



Download 1,06 Mb.
bet93/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Turizmda iste’molchilik tanlovi. Talab nazariyasi iste’molchi xulqining iqtisodiy modeliga tayanadi. Bu odamlar qaysi tovarlar yoki xizmatlar foydasiga tanlashini va ularning tanlashiga ta’sirni tushuntirib beradi. Safar haqida qaror qabul qila turib, kishi avval biror turistik mashulot sotib oladimi yo‘qmi, yoki boshqa mahsulot va xizmatlarni ma’qul ko‘radimi, aniqlab olishi kerak. Agar individ turizmda ishtirok etishga xohish bildirsa, uning oldida bundan keyingi tanlash muammosi ko‘dalang bo‘ladi. Unga qayerga borayotgani, qanday transportda borishi, qayerda to‘xtashi, qayerlarni tomosha qilishi va nihoyat uning sayohati qanday tashkil etilganini hal etish lozim bo‘ladi. Bu savollarga javob izlash chog‘ida potensial turist taklif etilayotgan ko‘plab variantlarni o‘rganadi va ularning har birini «ha» yoki «yo‘q» tarozisi pallasiga solib ko‘radi. Alternativ (muqobil) takliflarni taqqoslab variantlardan biriga – uning nazarida boshqalaridan ko‘proq qoniqish beradigan (foyda qiladigan) nini ma’qul topadi. Oxir oqibat u ularni ketma-ket qo‘yib, o‘ziga maqbul jihatdan tanlashga kirishadi.

Shaxsiy maqbul shkalalar o‘zaro sezilarli ravishda bir-biridan farq qiladi. Ayrim turistlarga agar u tog‘ chang‘isi sporti bo‘yicha mahoratini oshirsa ko‘zlagan maqsadga erishilgan hisoblanadi. Boshqalar uchun esa – ular kundalik tashvishlardan xoli bo‘lib, oftobda toblanishda, uchinchi shasxlar buyuk ustalar san’ati bilan tanishib lazzatlana olsa, to‘rtinchilar esa muqaddas joylarni ziyorat qilib, toat-ibodatni ado etsa maqsadga erishildi deb hisoblanadilar. Guruh (oilaviy) bo‘lib sayohat qiluvchilar uchun esa har birining birgalikda safar qilishdan o‘z ichki murod-maqsadlari, ko‘zlangan foydali tomonlari bo‘ladi. Misol uchun, oila boshlig‘i ota jon-jon deb baliq ovlashga borishni istasa ham oila a’zolari qarindosh-urug‘larni yo‘qlashga qaror qilgani uchun ovdan voz kechadi. Ona ham dugonasi bilan uchrashuvni boshqa vaqtga qoldiradi. Bolalar tengdoshlari bilan hovlida o‘yinlarni uyushtiradi. Shu tariqa ular o‘z shaxsiy manfaatlarini ongli ravishda umum maqsadga – qarindoshlarinikiga borishga qurbon qilishadi. Ushbu holatda qarindoshlar bilan diydorlashuv bir butun maqsadda barcha oila a’zolariga ko‘proq qoniqish (foyda) keltiradi.

Maqbullik shkalasi turistik safarlarning turli ko‘rinishlariga munosabatda potensial sayyoh xulq-atvoriga tushunchalar olib kiradi, lekin u tanlash jarayonini tushuntirib berolmaydi. Nima uchun Gavay orollarida dam olishni orzu qilgan rossiyalik o‘z ta’tilini qishloqda o‘tkazishga majbur? Iste’molchi tanlovi nafaqat o‘zining didiga, balki qator iqtisodiy omillarga ham bog‘liq. Bu iqtisodiy holat odamlarga hamma xohish-istaklarini ruyobga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘pincha ular boshqa alternativ variantlar ustida to‘xtaydilar.

Iste’mol daromadlar hajmi va tovarlar hamda, xizmatlar narxi bilan cheklangan. Daromad olish bilan kishi allaqancha miqdorda pulga ega bo‘ladi. Bu pulga u nimani xarid qiladi, buni narx darajasi belgilaydi. Ko‘pchilik tashrif buyuruvchilar agar daromadlari yuqori bo‘lganda yoki narx arzon bo‘lganida g‘oyat sifatli tovar yo xizmatlarni xarid qilishgan bo‘lardilar. Daromadlar darajasi va pulning xarid quvvati iste’mol chegarasini belgilaydi. Amaldagi budjet doirasida yuqori darajada qoniqishga erishish yo‘llarini qidirishga majbur etadi. Maqbullikni budjet cheklovlari bilan qo‘shib odamlar o‘z tanlovlarini amalga oshiradi.

Iste’mol tanlovining umumiy modeli xorijga safar chog‘ida murakkablashadi. Chunki xalqaro turistlar ehtiyojlari o‘z mamlakatlaridan tashqarida qondiriladi. Ularni tanlashga, jumladan, boriladigan manzil keng qator iqtisodiy omillar ta’sirini hosil qiladi. Xorijga safarga otlangan turist ko‘pincha borayotgan mamlakatida iqtisodiy vaziyat o‘z mamlakatidagidan farq qilishiga duch keladi. Mavjud farq ayniqsa uzoq safarda, masalan, boshqa qit’alar va mintaqalarga tashrif buyurganda yaqqol seziladi. Shuning uchun kishi orzusini qayerda bo‘lishi bilan nafaqat budjeti balki, boradigan manzilidagi iqtisodiy reallik bilan muvofiqlashtirib olishi zarur.

Xorijiy safarni sotib olish qarori jo‘natuvchi va qabul qiluvchi faol ishtirokida amalga oshiriladi. Jo‘natuvchi mamlakatda turistik talab, aholining daromad darajasi va bo‘sh vaqtining davomiyligiga bog‘liq holda, eng avvalo yil davomida qat’iy belgilanmagan holda ixcham ravishda shakllanadi.

Ishdan keyin qoladigan bo‘sh vaqt, fiziologik ehtiyojini qondirish va uy xo‘jaligini yuritish turistik faoliyatining shartlaridan biridir, vaqti – vaqti bilan haq to‘lanadigan ta’til turizm uchun alohida ahamiyatga ega. XX asr boshlarida jahondagi industrial rivojlangan mamlakatlarda mehnat sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonun qabul qildilar. Unda ish vaqtning oqilona chegarasi belgilangan. Bu davlatlar aholisining katta qismi uchun dam olish huquqi mustahkalab qo‘yilgan. Bugungi kunda 500 mln. dan ziyod mehnatkashlar, xususan Yevropa va Shimoliy Amerikadan, haq to‘lanadigan, har yilgi ta’tillarga chiqish huquqiga egadirlar. Bu ularni turistik xizmatlarning iste’molchilariga aylantiradi.

Bo‘sh vaqtning bo‘lishi zarur, lekin u sayohatni amalga oshirish uchun yetarli sharoit emas. Uning bilan bir qatorda kishi dam olish safariga borish, davolanish yoki qarindosh-urug‘lari, tanish-bilishlari bilan diydorlashishga ko‘pchilik odamlar turizm uchun yillab yoki ma’lum vaqti davomida maqsadli jamg‘arma hosil qiladilar. Kishi naqd puli va bo‘sh vaqti bo‘lgandagina yo‘lga otlanishi mumkin. Bu omillar turgan gap barcha potensial turistlar talabiga ta’sir o‘tkazadi va konkret turistik yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lmagan sayohat imkoniyatlarini aniqlab beradi.

Ikkinchi guruh turistik talab omillarini qabul qiluvchi mamlakat shakllantiradi: narx-navoning umumiy darajasi, taklif etilayotgan turistik mahsulotlar sifati va xilma-xilligi. Turistik manzil iqtisodiy jozibadorligi ana shu omillar va ularning qo‘shilishiga bog‘liq. Shveytsariya kabi bir qabul qiluvchi mamlakatda qimmat baho mustahkamlanib qolgan, Turkiyada esa nisbatan arzon narxda sifatli turistik xizmat ta’minlanadi. Mijozlar uchun o‘zaro raqobatlashib, natijada ular hammasi birgalikda joyidan qat’iy nazar turistik talablariga ta’sir o‘tkazishadi.

Xalqaro turizmda iste’molchilik tanlovini izohlash uchun chiqilayotgan bir-biridan ajratilgan qabul qiluvchi va jo‘natuvchi mamlakatlarda turistik iste’molni mujassam etuvchi omillarga qaramay, oldingi qarab borish lozim. Haqiqatga to‘g‘ri keladigan navbatdagi qadam ikki konkret mamlakatlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat, ulardan birida potensial turist yashaydi, boshqasida esa tashrif buyurishni mo‘ljallashadi.

Turistik manzil tanlanar ekan, u bir juft mamlakatlar bilan cheklanib qolmaydi, balki bir nechta muqobil (alternativ) variantlarni tashkil etadi. Bunday ro‘yxatlar uzundan uzun bo‘ladi (masalan, iste’molchi dam olish joyini tanlaganda qo‘yidagi mulohazalarga amal qiladi: qumlik plyaj borligi va havo harorati kunduzi 25o S dan yuqori bo‘lmasligi). Ayrim sayohatchilar o‘z safarida qandaydir u yoki bu obyektni borib ko‘rishni maqsad qilib qo‘yadilar. Bunday hollarda turistik yo‘nalish avvaldan belgilangan bo‘lib, almashtirilishi mumkin emas. Aytaylik Toj Mahalni ko‘rishni orzu qilgan sayyohlar Hindistonga Agra shahriga yo‘l oladi. Ularda boshqa variantlar yo‘q.

Jo‘natuvchi va qabul qiluvchi har bir juft mamlakatlarni ko‘rib chiqishda o‘zaro shaharlikda turistik tanlovga yangi guruh omillar ta’sir o‘tkazishi qayd etiladi. Ulardan eng asosiysi narx-navo hisoblanadi. Potensial turist o‘z mamlakati va qabul qiluvchi mamlakatdagi narx-navo darajasini taqqoslaydi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, narx-navo munosabatlari ko‘p hollarda safar haqida qaror qilishda ko‘pdan-ko‘p tanlovda 60 % shart-sharoitga bog‘liq bo‘lib qoladi. Agar bu muammo bo‘lmasa 40 % ga tushadi. Bundan tashqari, turist-iste’molchi valyuta almashtirish kursini va boradigan manzili uzoqligini hisobga oladi. Bu quyida keltiriladigandan bo‘sh vaqt va pul xarakterlari o‘z aksida ifodalanadi.

Uning ehtiyojiga shuningdek qabul qiluvchi tomonning turistik mahsulotni xorijiy bozorda harakatlantirish maqsadida tashkil etiladigan reklama kompaniyasi ham ta’sir o‘tkazadi.

Sayyoh tanlovi faqat iqtisodiy omillargagina emas balki, noiqtisodiy tartiblarga ham bog‘liq: jumladan, huquq tartibotga rioya qilish, fuqaro erkinligi, erkin harakatlanish, jamiyatdagi barqarorlik darajasi, moda va boshq.

Turist xulq-atvori modelini bilish katta amaliy ahamiyatga ega. Ularni o‘rganish bozorda tovar sotishning kompleks tadqiqotlari doirasida olib boriladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, butun bir majmua omillar turistlarga dam olish joyini tanlashni belgilab beradi, ular orasida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Ishbilarmon turistlar xulqi – atvori, modeli, dam olish va ko‘ngil xushlik uchun sayohat qiluvchi shaxslar uchun xarakterli bo‘lgan xulq-atvordan sezilarli farq qiladi.

Uskuna-jihozlarni o‘rnatish va sozlash, muzokaralar, shartnomalar tuzish uchun va boshqa har xil ishlab chiqarish zarurati yuzasidan safarlarga yuborilayotgan shaxsning didi, xohishiga bog‘liq emas. U tanlash imkoniyatidan mahrum etilgan: «borasan, tamom» va xizmat vazifasini bajarish uchun yo‘lga otlanadi. Ammo bu holatda iqtisodiy va noiqtisodiy cheklovlar safar haqida sayohatchining o‘zi qaror qabul qilgan bo‘lsa ham baribir ta’sir qiladi. Ishga aloqador safarning davomiyligi, talab qilingan xizmatlar va xizmat ko‘rsatish sifati, xuddi dam olish safari singari daromad darajasi firmalar ishining moliyaviy ko‘rsatkichlari, narx-navo omillari, valyuta almashlash kursi va boshqalar bilan belgilanadi.

Iste’molchilik tanlovining noklassik, nazariyasida asosiy tushuncha «foydalik» hisoblanadi. Bunday yondoshuv sog‘lom fikrlashga zid emas. Biroq ko‘pchilik iqtisodchilar iste’molchilik didining subyektivligi va xohish-istak hamda foydalikning o‘lchov usuli yo‘qligini ro‘kach qilishib, bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ular daromad samarasi va samaradorlik konsepsiyasiga tayanishib, ehtiyoj qonuni asosida xulosa yasashga intiladilar. Unga ko‘ra narxning o‘zgarishi talab hajmiga qanday va necha ta’sir qilishini izohlashning ikki sababi bor. Ulardan biri narxlar o‘zgarishining real daromadlar o‘sishiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq. Narxning pasayishi iste’molchi real daromadini ko‘paytiradi, unga katta miqdorda olgan tovarlar (xizmatlar) sotib olish imkonini beradi. Ikkinchisi tovar (xizmat) iste’molining o‘sish sababi: narx tushib ketadi, odamlar intilishi zamirida qimmatroq tovarlar (xizmatlar)ni qimmatliroq narsalarga almashtirish ko‘zga tashlanadi.

Fikrlashning ikki yo‘li ham bitta, foydalilik konsepsisiga asoslangan, boshqasi-daromad samarasi va uni boylikka aylantirish.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish