“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 4
foyda
kombinatsiyasiga
ega
bo‘lgan
xavfli
aktivlarni
tanlash
uchun
ishlatiladi. Aksiyalar toifasida aktivlarni tanlashning misoli ko‘rib chiqiladi va sug‘urta
kompaniyasining tavakkalchilikka bo‘lgan munosabatiga qarab tanlov bo‘yicha
tavsiyalar[11] beradilar va sug‘urta kompaniyalarining investitsiya optimal portfelini
shakllantirish bo‘yicha amaliy ta'sirlarni ochib berishga bag‘ishlangan yondashuvlarini
batafsil yoritib berishga etiborlarini qaratgan.
TАDQIQOT METODOLOGIYASI Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya optimal portfelini shakllantirish,
investitsiya portfelining moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo‘yicha dunyo olimlari va
iqtisodchilari tomonidan olib borilayotgan tadqiqodlarni o‘rganish, maʼlumotlar
toʼplash, toʼplangan maʼlumotlarni tahlil qilish, sintezlash, mantiqiy fikrlash kabi
iqtisodiy tadqiqot usullaridan keng foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR Mamlakatimiz sug‘urta bozorini rivojlantirish va yanada erkinlashtirish, ushbu
bozorda sug‘urta operatsiyalari hajmi oshirish, milliy sug‘urta kompaniyalarining
xalqaro moliya bozorlariga kirishini ta'minlash va rivojlangan korporativ boshqaruv
tizimini joriy etish orqali xalqaro reytinglarni olish, sug‘urta tashkilotlarining invetitsiya
faoliyatini takomillashtirish, sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy
etish[12], sug‘urta kompaniyalarini lizing faoliyati bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish
va sug‘urta tashkilotlarni investitsion portfellarni shakllantirish dolzarb masalalardan
hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlari esa mamlakatimiz iqtisodiyotida juda muhim rol
o‘ynamoqda. Mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlari bugungi kunda muhim ish beruvchi
sifatida o‘zini ko‘rsatmoqda. Sug‘urta kompaniyalarining hodimlari va agentlari
miqdori ancha o‘sdi. Lekin boshqa xorijiy mamlakatlar bilan solishtirganda sug‘urta
xizmatlari bozori O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 0,4 % ni tashkil
etadi. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 11%, Germaniyada 6% va
Rossiyada 1,5% ni tashkil qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri sug‘urta
xizmatlarining yetarlicha jozibador emasligidir. Masalan, so‘nggi olti oyda sug‘urta
sohasi 887 milliard so‘m sug‘urta mukofotlarini yig‘di, ammo bu davrda mijozlarga
to‘langan sug‘urta qoplamasi miqdori mukofotlarning atigi 11 foizini tashkil etdi.
Dunyoda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 50-60% ni tashkil qiladi[13].
Keyingi yillarda sug‘urta stavkalarining pasayishi, raqobatning kuchayishi va
bozorga xorijiy sug‘urta kompaniyalari kelishi, bu muqarrar ravishda sug‘urta
xizmatlariga talabning oshishiga va natijada sug‘urta mukofotlari va to‘lovlar
o‘rtasidagi muvozanatni keltirib chiqaradi. Natijada sug‘urta tashkilotlari investitsiya
portfelini muvozanatlash va uning samaradorligini oshirish muammosiga duch
kelishadi. Bu esa sug‘urta kompaniyalarining investitsiya portfelining tuzilishini
yangilashni talab etadi. Yangilash esa bir necha oydan bir necha yilgacha davom etishi
mumkin. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya portfelining tuzilishi o‘zgarishi xavf
hisoblanadi. Masalan, sanoat aksiyalari o‘sish uchun eng katta salohiyatga ega va ular