Bog'liq SUGâURTA KOMPANIYALARIDA INVESTITSIYA PORTFELINI OPTIMALLASHTIRISH YOâLLARI
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 3
larning rentabelligini hisobga olgan holda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi [5].
I.A.Tetin o‘zining ishlarda sug‘urta tashkilotining moliyaviy barqarorligini
nazariy va uslubiy asoslari, shu jumladan sug‘urta tashkilotining investitsiya portfeli-
ning mohiyati, risk va rentabellik nuqtai nazaridan sug‘urta tashkilotining investitsiya
portfelining turlari, baholash metodologiyasi yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va
samarali boshqarishning mavjud emasligi kabi muammolarga etibor bergan[6]
.
Yu.V.Nemtseva,
A.L.Matveevlar
tomonidan
sug‘urtalovchining
risklarni
boshqarish siyosatini hisobga olgan holda investitsiya qarorlarini qabul qilish
muammolari
ko‘rib
chiqilgan. Sug‘urta
tashkilotining
investitsiya
portfelini
shakllantirish va boshqarish tuzilishining xususiyatlari ko‘rsatilgan. Investitsiya
portfelining tuzilmasi kompaniyaning tarif siyosatida raqobatbardosh ustunligini
ta'minlash va o‘z faoliyatining ijobiy moliyaviy natijasiga erishish uchun xavf omilini
hisobga olgan holda optimallashtirishga etibor qaratgan[7].
A.I.Buresh tomonidan sug‘urta kompaniyasining maqbul investitsiya portfelini
modellashtirishda xatarlarni minimallashtirish uchun asos sug‘urta kompaniyalari
aktivlarini joylashtirishdan kelib chiqadigan xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha
mavjud tizimni tahlil qilish, shuningdek sug‘urta qildiruvchilarning vaqtincha bo‘sh
turgan mablag‘larini xatarlar nuqtai nazaridan yanada maqbul joylashtirish bo‘yicha
tavsiyalar shakllantirish va optimal shakllanishi aniqlandi, iqtisodiy va matematik
usullardan foydalangan holda taklif qilingan yondashuvlardan biriga muvofiq bir nechta
investitsiya portfellarini shakllantirish, ularning tavakkalchilik va rentabellikning
maqbul kombinatsiyasi xususiyatlariga ega bo‘libgan yagona portfel shakllantirish
bo‘yicha amaliy yondashuvlarini batafsil yoritib berishga etiborini qaratgan[8].
G.Kaigorodova, D.Alyakina, G.Pirkova, A.Mustafinalar tomonidan sug‘urtalov-
chilarning investitsiya faoliyati va davlatning iqtisodiy o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlik
borasidagi nazariy pozitsiyalar va amaliy tajribalarni umumlashtirish va sug‘urta inves-
titsiyalari hajmiga eng katta ta'sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlangan. Korrelatsion-
regressiya
tahlili,
ekstrapolyatsiya
va
modellashtirish
usullaridan
foydalanilgan. Tadqiqot mavzusi zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda rus-sug‘urta
kompaniyalarining investitsiya salohiyatini shakllantirish, ulardan foydalanish va
tartibga solish xususiyatlari, shuningdek, sug‘urtalovchilar sonining muttasil kamayib
borishi bilan ularning umumiy kapitali ko‘payib boradi degan xulosaga kelishdi.[9]
M.Gonkong, M.J.Karson, K.M.Ostashevskiy va Zhonkay Venlar tomonidan
Hamilton-Jakobi-Bellman (HJB) tenglamasiga asoslanib, bir vaqtning o‘zida sug‘urta
shartnomasining maqbul narxi va sug‘urtalovchining optimal investitsiya portfelini
shakllantiriga bog‘liqligini isbotlashgan, ya’ni sug‘urta shartnomalarining narxlari
o‘zgarishi yoki o‘zgaruvchanligi, sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini
o‘zgartirishga olib keladi. Bu esa, kompaniyalarning investitsiya strategiyasiga ta’sir
qiladi, natijada, sug‘urta kompaniyaning investitsiya portfelida xavfli aktivlar yuzaga
kelishiga olib keladi degan bog‘liqligni ko‘rib chiqishgan.[10]
М.А.Nikolaev tomonidan sug‘urta kompaniyasining investitsiya portfelini
shakllantirish uchun optimal aktivlar to‘plamini tanlash muammosi ko‘rib chiqiladi. Uni
hal qilish texnikasi tasvirlangan. Klaster tahlili talab qilinadigan tavakkalchilik va