Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
PIRLS 2021 Assessment Framework. Ina V.S. Mullis, Michael O. Martin. International 
Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA), TIMSS & PIRLS 
International Study Center, Lynch School of Education, Boston College. 2019. 
www.timssandpirls.bc.edu. 
2.
PIRLS 2011 Assessment Framework. Ina V.S. Mullis, Michael O. Martin, Ann M. 
Kennedy, Kathleen L. Trong, Marian Sainsbury. International Association for the Evaluation of 
Educational Achievement (IEA), International Study Center, Lynch School of Education, Boston 
College Chestnut Hill. 2009. 
3.
F.Karimov, M.Ergasheva, M.Pardaeva «Ta'lim sifatini baholash PISA tadqiqot dasturi 
bo‘yicha xalqaro tajribalar» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2020 yil. 
YOSHLARNING MEDIASAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MALAKA 
OSHIRISH TIZIMINING ROLI 
 
B.Qarshiev– 
A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI katta o‘qituvchi 
D.Voxidov –
A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI katta o‘qituvchi 
 
Annotatsiya: Maqolada ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda o‘quvchilarning 
mediakompetentliligini rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga dars 
jarayonlarida media vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarda media vositalariga bo’lgan 
munosabat, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, kommunikativ qobiliyatlarini 
rivojlantirishning ilmiy-nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish dolzarb mavzulardan biri 
ekanligi qayd etilgan. 
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Zamonaviy axborot 
texnologiyalari, raqamli va ko’p o’lchamli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet 


110 
tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o’zlashtirish 
bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir”
25

Hammamizga ma’lumki, uchinchi ming yillikning ijtimoiy madaniy mohiyati jahon 
iqtisodiyotining globallashuvi, jamiyatni axborotlashtirish, ilm-fan, texnika, turli xil OAVning 
jadal rivojlanishi hamda ma’naviy qadriyatlarning o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liqdir. 
XXI asr bejizga global axborot asri deb atalmagan. Axborot texnologiyalarining 
hayotimizga beqiyos ta’sirini har jabhada kuzatish mumkin. Shubhasiz, axborot texnologiyalari 
insonlar hayotiga shu darajada chuqur kirib bormoqdaki, ularni umummadaniy kontekstdan 
chiqarib tashlab bo‘lmaydi. Shuning bilan birga mediaaxborotlar uning iste’molchilariga nafaqat 
ijobiy, balki turli salbiy ta’siri ham oshib bormoqda. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yuz berayotgan, inson omilining roli kuchayib borayotgan 
hozirgi 
sharoitda 
ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyot 
talablariga 
mos 
holda 
insonlarning 
mediakompetentliligini rivojlantirish hozirgi davr talablaridan hisoblanadi. Shu bilan birga dars 
jarayonlarida media vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarda media vositalariga bo‘lgan 
munosabat, ijodiy va tanqidiy fikrlash, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishning ilmiy-
nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish dolzarb mavzulardan biri sanaladi. 
Ma’lumki, bugungi davr jamiyatimiz taraqqiyotining barcha sohalariga yangidan-yangi 
texnologiyalarni jalb qilishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, unga mediata’limning keng joriy 
qilinishi, 
multimedia 
texnologiyalarini 
mukammal 
o‘rganish 
kishilardan 
kompyuter 
texnologiyasi borasida o‘ta savodxon bo‘lishini talab qilmoqda. Ulardan yagona axborot 
makonini yaratish mediaaxborotni qabul qila olish va medialashgan muloqotni amalga oshira 
bilishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda mediakompetentlik shaxsning muhim sifatlaridan biridir. 
Uni shakllantirish esa – pedagogikaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
26
Kompyuterlarning asosiy vazifalari axborotlar ustida amallar bajarish hisoblanib, ham 
bilim manbai, ham eng asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Har kim biror ishni bajarish, biror 
maqsadga erishish uchun turli axborotlardan foydalanadi. Inson kundalik axborotlar va 
yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan, u jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar. 
Lekin shuni ta’kidlab o‘tish joizki, axborot texnologiyalaridan foydalanishda, o‘quvchilar 
ko‘pincha foydali ma’lumotlar olish o‘rniga befoyda axborotlarga, ayniqsa Internetdagi shunday 
ma’lumotlarga qiziqishlari kundan-kunga ortib bormoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
axborotlarning ijobiy va salbiy jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. « 
Axborotlarning ijobiy tomoni – o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot insonlar, ayniqsa, 
yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lish imkonini 
beradi. Axborotlarning salbiy tomoni – hozirgi kunda bizning milliy qadriyatlarimizga yot 
bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. 
Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va 
an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlash 
va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning 
vazifamizdir»
27
degan edi rus olimi A.V.Fedorov. 
25
KarimovI.A. Asosiyvazifamiz – Vatanimiztaraqqiyotivaxalqimizfarovonliginiyanadayuksaltirishdir // 
Xalqso’zigazetasi. 2010-yil 30-yanvar. №21. 
26
http://edu.of.ru/mediaeducation 
27
Федоров. А.В. Медиаобразование – будущих педагогов. – Таганрог: Изд-во Кучма, 2005. – С.314. 


111 
Aynan mana shu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim beruvchi tashkilotlar hamda 
pedagoglardan, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ayniqsa, mediata’lim asosida vujudga kelgan 
mediakompetentlik tushunchasiga e’tibor qaratishlariga ehtiyoj zarurligi oydinlashib boqmoqda. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish