107
III-ШЎЪБА
ХАЛҚ ТАЪЛИМИ МУАССАСАЛАРИ ПЕДАГОГ КАДРЛАРИНИ ҚАЙТА
ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШДА СИФАТ ВА САМАРАДОРЛИКНИ
ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ
PISA XALQARO TADQIQOT DASTURINI AMALGA OSHIRISHDA
LOYIHAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
M.T.Ergasheva.-
A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI kafedra mudiri
Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bevosita ularning faoliyatida ro‘y beradigan
o‘zgarishlar, motivlar, maqsadlar, yangi vositalarni qo‘llash, usullar hamda faoliyat dasturi bilan
bog‘liq holda kechadi. Turli pedagogik o‘zgarishlar asosida o‘qituvchi faoliyati shakllanadi.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir
bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki dunyosini tushuna oladigan, ichki
dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va
ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi.
Bugun mamlakatimizda taʼlim sifatini baholashda yangicha
xalqaro baholash dasturlari
yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda.
PISA o‘quvchining o‘qish, matematika va tabiiy fanlardagi bilim va ko‘nikmalarini
baholashga qaratilgandir, chunki mazkur fanlar o‘quvchining davomiy ta’limida asos soluvchi
fanlardir. Shuningdek, PISA o‘quvchining qiziqishi va motivatsiyalari haqidagi qimmatli
ma’lumotlarni ham to‘playdi, va rasman muammolarni
hamkorlikda yechish kabi
ko‘nikmalarini ham baholaydi, boshqa bog‘liq bo‘lgan muhim qobiliyatlar, masalan, global
kompetensiyalarni baholash uchun ham imkoniyatlarni tekshirib ko‘radi.
PISA dunyo bo‘ylab o‘quv dasturlarining mazmunini o‘rganadi va o‘quvchilarning
muammolarni o‘rganish, tahlil qilishi va yecha olish, ularning bilim va ko‘nikmalarini amalda
qo‘llay olish, muloqot qilish ko‘nikmalarini o‘rganadi.
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan
bo‘ladi:
•
hodisalarni
ilmiy jihatdan tushuntirish;
•
ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash;
•
ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish;
Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasi texnologiyalar, tabiiy hodisa-
jarayonlarning izohlarinibilish, taklif qilish va baholash. Bunda quyidagi qobiliyatlar namoyish
etiladi:
✓
tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish;
✓
izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish
va ulardanfoydalanish;
✓
tegishli bashorat (prognoz)lar qilish va asoslash;
✓
izohlovchi farazlarni taklif etish;
✓
ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish.
108
Berilgan ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni aniqlash ilmiy tadqiq etilishi
mumkin bo‘lgan savollarni farqlash berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash
berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish ma’lumotlarning obyektivligi va
ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash.
Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi – ilmiy tadqiqotlarni tasvirlash
va baholash hamda muammolarni ilmiy asoslangan holda hal qilish yo‘llarini taklif etish. Bunda
quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi:
➢
berilgan muammoni ilmiy tadqiq
etish usullarini baholash;
➢
ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash;
➢
berilgan ilmiy tadqiqotdan o‘rganilayotgan muammoni aniqlash;
➢
ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan
qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash;
➢
berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish.
Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi– turli ko‘rinishdagi ilmiy
ma’lumotlar,dalillarni tahlil qilish va baholash hamda tegishli xulosalar chiqarish. Bunda
quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi:
•
ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli
xulosalar chiqarish;
•
ma’lum bir ko‘rinishdagi ma’lumotlarni boshqa ko‘rinishda ifodalash;
•
ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo‘lmagan boshqa
qarashlardan farqlay olish;
•
ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash;
•
turli manbalar (masalan, gazeta, jurnal, Internet)dan
olingan ilmiy mulohaza va
dalillarni baholash.
Demak, biz o‘quvchilarda tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni rivojlantirishda ularda
yuqorida sanab o‘tilgan kompetensiyalarni shakllantira olishimiz zarur. Natijada o`quvchilar
tabiiy fanlar bo`yicha savodxonlik kompetensiyalarini o‘zlarida fanlarning mazmunini bilish,
metodologik bilish, epistemik bilimlar asosida tabiiy fanlarni ilmiy jihatdan tushuna olishadi,
hamda tabiiy fanlar sistemasiya`ni: fizika ,kimyo, biologiya, geografiya, geologiya, astronomiya
fanlariga oid bilimlarni o‘zaro bog‘liqligini va bir-birini to‘ldirishi bo‘yicha ularda bilim
,ko‘nikma va malakalar shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: