Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб


Hozirgi zamon fanida ilmiy kuzatishlar va tajribalarning



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Dalil
Hozirgi zamon fanida ilmiy kuzatishlar va tajribalarning 
natijalari ham, haqqoniyligi amaliyotda isbotlangan nazariy qonunlar ham dalillar deb 
e'tirof etiladi
. Bilimning haqqoniyligi, to‘g‘riligi - uning dalilga aylanishining zarur shartidir, 
shuning uchun ham dalillarni - ular ma'qulmi, noma'qulmi, tadqiqot uchun qulaymi, noqulaymi, 
qat'i nazar, qabul qilish kerak. 


236 
Dalilning qolgan barcha belgilari, masalan, uning bir variantliligi, ya'ni o‘zi tarkibida 
bo‘lgan tizimdan ma'lum darajada erkinligi uning haqqoniyligi mahsulidir. 
Dalil
bu ob'ektiv-
haqqoniy deb isbotlangan va qaysi bilim tizimiga kiritilishidan qat'i nazar, shunday bo‘lib 
qoladigan hodisadir
Gipotezalar, farazlar, taxminlar amaliyot sinoviga dosh berolmay 
parchalanib ketishi mumkin, ammo ularga asos bo‘lgan dalillar qoladi va bir bilim tizimidan 
boshqasiga o‘tadi. Dalil ilmiy bilim elementi sifatida ob'ektiv olamning yanada aniq, muvofiq 
obrazlarini shakllantirishga yordam beradi. Ch. Darvin ilmiy ijod jarayonida dalillar katta rol 
o‘ynashini ko‘rsatib: «Fan dalillarni guruhlash va buning asosida ularning umumiy qonunlari 
yoki xulosalarini chiqarishdan iborat»
62
, deb qayd etgan edi.
Yuqorida aytilganlar jamiyatni iqtisodiy rivojlantirishga oid dalillar bilan ish ko‘radigan, 
ularni tahlildan o‘tkazadigan, iqtisodiy sxemalar, modellar va prognozlar tuzadigan iqtisod 
nazariyasining rivojlanishiga ham to‘la darajada taalluqlidir. Iqtisod fanining dalillari «tovar», 
«qiymat», «ayirboshlash», «taqsimlash», «bozor», «raqobat» singari atamalar va tushunchalar 
bilan tavsiflanadi. Yirik iqtisodchi olimlar iqtisodiy tadqiqotlarning dalillariga tayanib, ularni 
ijodiy ishlab chiqib o‘z nazariyalari va konsepsiyalarini yaratadilar.
Haqiqatning tagiga yetishga ijodkor olim tirishqoq tafakkurining qat'iyat bilan, tinimsiz 
intilishi ilmiy ijodning maqsadidir. Inson amaliyoti ilmiy bilimlar va tasavvurlarning 
haqqoniyligi mezoni bo‘lib xizmat qiladi. U, bir tomondan, olimning ixtiyoridagi ilmiy 
dalillarning haqqoniyligi va teranligi darajasini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, mavjud ilmiy 
tasavvurlar va nazariyalarning haqqoniyligi darajasini, mavjud dalillarga ularning muvofiqligini 
namoyon etadi.
Tadqiqotchining tafakkuri dalillarni tahlildan o‘tkazishi natijasida o‘rganilayotgan 
hodisalarning umumiy va xususiy, alohida jihatlari ajratiladi. Olimning tirishqoq tafakkuri 
ob'ektning mohiyatini aynan dalillar, hodisalar orqali tushunib yetadi. Jon Lokk XVII asrdayoq 
dalilga «yakka bir narsaning mavjudligi»
63
, deb ta'rif bergan. Ilmiy dalil bilimning elementi 
bo‘lib, unda predmetni individuallashtiruvchi, uni boshqa hodisalar va jarayonlardan ajratuvchi 
belgi aks etadi. Dalil hamisha axborot singari bir ma'noli va bu jihatdan haqqoniydir.
Ilmiy nazariyaga kiritilib dalil haqqoniyligi mazkur dalilga tayanuvchi va mohiyat e'tibori 
bilan nazariy qoidalarni tashkil etuvchi barcha mushohadalarga ko‘chib o‘tuvchi asosga 
aylanadi.
Ilmiy dalil shunday gnoseologik, epistemologik tabiatga egaki, u fanda bilimning eng 
oddiy shakli bo‘lgani holda, bilish ob'ektining tabiatidan ko‘plab jihatlari, xossalari va tuslarini 
oladi. Dalillarni bilish, ijodiy o‘rganish orqali olim tadqiq qilinayotgan predmetning mohiyatini 
asta-sekin tushunib boradi. Alohida, parokanda dalillarni to‘plash bilan boshlangan bilim asta-
sekin bu dalillarni umumlashtirish, mavjud dalillarning ikkinichi darajali jihatlarini 
mavhumlashtirishdan ularning muhim, asosiy jihatlarini ajratish, jamlash pog‘onasiga ko‘tarilib 
boradi. Teran, sermazmun ilmiy abstraksiyalar, tushunchalar va kategoriyalar shunday vujudga 
keladi. Ilmiy nazariya mavjud dalillarning mazmuni va ma'nosi haqida to‘g‘ri tasavvur beradi.
Shunday qilib, dalillar teran nazariy ilmiy bilimning negizini tashkil etadi, mavjud nazariya 
mavjud bilimni to‘g‘ri tushuntirishga qodir bo‘lsa, uni tasdiqlaydi, real dalillar eskirgan nazariy 
sxemalar va dogmalar doirasiga sig‘masa, ularga zid bo‘lsa, bu nazariyani inkor etadi. Ikkala 
holda ham dalillar ilmiy ijod, ilmiy bilimni o‘stirish, mavjud bilimlardan jamiyatning amaliy 
hayotida foydalanish uchun bitmas-tuganmas salohiyatga egadir. 
62
Дарвин Ч. Соч. Т. 9. М., 1959. С. 196. 
63
Локк Д. Избранные философские произведения в 2-х томах. Т. 1. М., 1960. С. 640. 


237 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
1.
Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. –Т. Ma’naviyat. 2008. 
2.
Shodmonova S. Tarixiy tadqiqotlarning metodologiyasi va zamonaviy usullari. –
Toshkent. Barkamol fayz media. 2008.
3.
Ziyovuddin I. Tarix fani metodologiyasi. –T. TDPU. 2013. 
4.
Гегель Г. Наука логики. – М.: Мысль, 1972. Т. 3. С. 18. 
5.
Д. Локк. Избранные философские произведения в 2-х томах. Т. 1. М., 1960. С. 640. 
6.
Ч. Дарвин. Соч. Т. 9. М., 1959. С. 196.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish