Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб


Ilmiy dalillarni olish va topish maxsus tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot faoliyati, ilmiy



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

Ilmiy dalillarni olish va topish maxsus tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot faoliyati, ilmiy 
bilishning har xil metodlaridan ongli va ijodiy foydalanishning natijasidir. Bu jarayon 
rivojlanayotgan, o‘sib borayotgan ilmiy bilim tizimi bilan belgilangan bo‘lib, ilmiy ijod 
tuzilishida muhim o‘rin egallaydi. 
Epistemologik nuqtai nazardan dalil deganda fanda real mavjud deb qayd etilgan ob'ektiv 
voqyelikning bir parchasi tushuniladi. Bilinmagan voqyelik dalil bo‘lolmaydi, chunki u haqda 
biror gap aytish mumkin emas. Ilmiy ijodda, ilmiy tadqiqotlarni tahlildan o‘tkazish va prognoz 
qilishda qo‘l ostimizdagi dalillardan kelib chiqishimiz zarur.
Fan dalillarni shunchaki stixiyali ravishda to‘plamaydi, u dalillarni rejali va ongli ravishda, 
izchil topadi. Shunday qilib, fan dalillarining majmui - bu xaos, bilimlar va axborotlarning 
betartib uyumi emas, balki ichki mantiqqa ega bo‘lgan qat'iy tizimdir. U o‘zini yaratgan va 
undan o‘z ilmiy-tadqiqot faoliyatida foydalanadigan odamlar uchun teran evristik ma'noga ega.
Dalillarni topishga kirishishdan oldin olim o‘z niyatini: qaysi fan sohasidan qanday 
dalillarni, qaysi usullarda, qanday shartlarda, nima maqsadda o‘rganmoqchi ekanligini aniqlab 
oladi. 
Boshqacha aytganda, ilmiy dalil unga ma'no va muayyanlik baxsh etuvchi ma'lum fan 
tizimi bilan belgilanadi. O‘ziga kerakli dalillar yo‘qligi ayon bo‘lgan hodisalarni olim ilmiy 
izlanish doirasidan oldindan chiqaradi. Fanda qiziqarli va muhim dalillarning yangi manbalarini 
topish, kashf etish - olim ijodiy tafakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, ilmiy kashfiyot uning 
cho‘qqisini tashkil etadi.
Odatda olim ilmiy dalillarni biron-bir ishchi gipoteza yoki aniqlangan ilmiy nazariya 
asosida to‘plab boradi. Olingan dalillar yoki mazkur nazariya haqidagi bilimlarimizni 
chuqurlashtiradi, yoki uning zaif jihatlarini ko‘rsatib beradi, ba'zan esa uni to‘liq inkor etadi. 
So‘nggi holat ilmiy ijodda juda muhim, chunki u fanning rivojlanishiga turtki beradi: nazariyaga 
zid bo‘lgan dalillar ilmiy ijodning eng inqilobiy elementi, ilmiy tafakkurni kuchaytirish vositasi, 
ilmiy bilimni o‘stiruvchi kuchdir.
Ilmiy dalillar o‘rganish, tahlildan o‘tkazish, taqqoslash, ular o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash, 
bulardan xulosa chiqarish va so‘ng yangi dalillarni izlash uchun olinadi. Dalillar, ta'bir joiz 
bo‘lsa, olimning ijodiy muhitini yaratadi, ular olim nafas oladigan havodir.Olim dalillarga, 
mantiqqa va intuitsiyaga tayanib nazariya yaratadi. O‘z navbatida, har qanday ilmiy nazariya 
dalillar orqali reallik bilan bog‘lanadi, dalillar orqali va dalillarda inson o‘zini qurshagan olamni 
o‘rganadi. Ilmiy dalillar - haqiqatni isbotlash va ilmiy xatoni inkor etishda eng ishonchli dalildir.
Bir sohaga yoki bitta predmetga taalluqli dalillar ko‘p bo‘ladi, ba'zan ular bir-biriga zid 
keladi, zotan, voqyelikning o‘zi ziddiyatlidir. Shuning uchun ham ilmiy dalillar olishda 
tadqiqotchi juda e'tiborli, tirishqoq, vijdonli va mutlaqo ob'ektiv bo‘lishi kerak, aks holda u 
haqiqatning tagiga yetish o‘rniga dalillarni eski, o‘lik bilimga sxolastik moslashtirish bilan 


235 
mashg‘ul bo‘lib qoladi. Bu yerda olimning ijodiy qobiliyatlarigina emas, dunyoqarashi, 
prinsipialligi, halolligi, kasbiy etikasi namoyon bo‘ladi. Muqaddas inkvizitsiya sudi G.Galiley va 
J.Brunodan o‘z ilmiy e'tiqodlaridan voz kechishni talab qildi, ammo bu buyuk mutafakkirlar, 
ijodkorlar va hozirgi zamon fanining asoschilari ilmiy haqiqatga sodiq qolishga o‘zlarida 
matonat va kuch topa bildilar. G.Galiley zamondoshlarining ta'qibiga duchor bo‘ldi, J.Bruno esa 
gulxanda tiriklayin kuydirildi. Prinsipiallik, ilmiy halollik, vijdonlilik, nonkonformizm - 
olimning tom ma'noda ijodkor shaxsining o‘ziga xos jihatlaridir.
Yuqorida aytilganlar ilmiy dalil ilmiy ijodning muhim tarkibiy elementi sifatida 
kuzatilayotgan hodisalarning ma'lum jihatlarining ratsional ifodasi ekanligini yetarli darajada 
ko‘rsatadi. Modomiki, zamon va makondagi bir tuzilma yoki hodisa turli ilmiy konsepsiyalar 
doirasida har xil talqin qilinar ekan, biz bu yerda fanning turli dalillari haqida gap ketyapti deb 
aytishimiz mumkin.
Dalil murakkab tabiatga ega ekanligini e'tiborga olib, mazkur tabiatga mos keluvchi 
nazariyaning haqqoniyligi va ziddiyatsizligi ilmiy dalillarning haqqoniyligining zarur shartidir 
deb xulosa chiqarish mumkin. Tegishli dalillarning talqini asosida yotuvchi gipotezalar va 
nazariyalarning soxtaligi isbotlangan taqdirda, ilmiy dalillar xato deb hisoblanadi.
Dalillarning konseptual talqin qilish tipiga, ularni ilmiy tushunchalar, konsepsiyalar va 
paradigmalarning ma'lum tizimiga jalb etish usuliga bog‘liqligi shunga olib keladiki, ilmiy dalil 
tabiati u element sifatida kiruvchi bilim qatlamining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Ilmiy bilim ikki - empirik va nazariy tip yoki darajadan tashkil topadi, shuning uchun ham 
dalillarning ikki tipi mavjud deb e'tirof etish kerak.
Empirik tushunchalar va qonunlar doirasida talqin etiladigan ma'lum hodisalarni bilish 
natijasini empirik ilmiy dalil deb ataylik. Binobarin, ma'lum ilmiy nazariya doirasida talqin 
etiladigan dalilni fanning nazariy dalil deb hisoblash lozim. Ilmiy dalillarni empirik va nazariyga 
bunday turkumlash ob'ektiv voqyelikni tavsiflashning ikki usuli o‘rtasidagi jiddiy farqni aks 
ettiradi hamda ilmiy bilimning rivojlanishini tushuntirishda muhim evristik ahamiyatga egadir. 
Empirik dalillarni puxta tanlab olish, ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ularni ilmiy bilimga - 
ilmiy farazlar, taxminlar, gipotezalar yoki aniqlangan ilmiy nazariyalar qatoriga kiritish ilmiy 
ijodning ko‘p sonli jihatlaridan biridir.
Ilmiy nazariyalarning rivojlanishini tahlildan o‘tkazishda «ilmiy dalil» tushunchasining 
metodologik ahamiyati to‘la namoyon bo‘ladi. Bu yerda dalil ilmiy nazariyaning haqqoniyligi va 
to‘liqligini, uning hodisalarni tushuntirish va bashorat qilish qobiliyatini baholash mezoni bo‘lib 
xizmat qiladi. Nazariy tafakkurning taraqqiyoti mukammal ilmiy nazariyalar o‘rniga yanada 
mukammal, teran va to‘liq nazariyalar kelishi bilan belgilanadi. Tabiiyki, ob'ektiv voqyelikka 
mos keluvchi dalillarni ko‘proq «aks ettirish»ga qodir bo‘lgan nazariyani eng yaxshi nazariya 
deb aytish mumkin. Shunday qilib, ilmiy bilimning o‘sishi, ilmiy nazariyalar va 
paradigmalarning almashishi bizning borliq qonunlari haqidagi amaliy bilimlarimizning uzluksiz 
o‘sishi demakdir.
Ilmiy muammoni qo‘yish, uning yechimini topish, ilgari surilgan qoidalarni tekshirish 
uchun ob'ektiv haqiqiyligi aniqlangan bilim zarur. Bu haqqoniy ilmiy bilim ilmiy ijodda 
tayaniladigan dalil hisoblanadi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish