Hakamlik sudlarida xo‘jalik nizolarini hal qilishning huquqiy asoslari va istiqbollari


II BOB. XO‘JALIK NIZOLARINING MANSUBLIGI



Download 76,32 Kb.
bet3/3
Sana24.02.2022
Hajmi76,32 Kb.
#253568
1   2   3
Bog'liq
hakamlik sudlari

II BOB. XO‘JALIK NIZOLARINING MANSUBLIGI

  • 51-modda. Xo‘jalik nizolarining Oliy hakamlik sudiga tegishliligi
  • Oliy Hakamlik sudi:
  • 1) 10 million so‘mdan ortiq summaga xo‘jalik shartnomalari tuzilganda, u o‘zgartirilganda va bekor qilinganda, shuningdek shartnomalarni ijro etish chog‘ida va boshqa asoslar bo‘yicha, da’vo 100 ming so‘mdan ortiqni tashkil etganda turli respublikalar va O‘zbekiston Respublikasining viloyatlarida joylashgan tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etilishi o‘zga idoralar ixtiyoriga berilgan nizolar bundan mustasnodir);
  • 2) davlat boshqaruvi idoralarining va boshqa respublika idoralarining qonunlariga mos kelmaydigan hamda tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzuvchi normativ xarakterga ega bo‘lmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi nizolarni;
  • 3) O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi idoralari va respublika idoralari tomonidan normativ xarakterga ega bo‘lmagan, qonunlarga mos kelmaydigan hamda tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzuvchi aktlarini nashr etish natijasida yoxud uqtirilgan idoralarning tashkilotlarga nisbatan o‘z vazifalarini lozim tarzda amalga oshirmasliklari natijasida tashkilotlarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi nizolarni;
  • 4) respublika boshqaruv idoralari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolarni;
  • 5) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, respublikalararo bitimlar yoki xalqaro shartnomalarda Oliy hakamlik sudi idora qilishi uchun berilgan boshqa nizolarni hal etadi.
  • O‘zbekiston Respublikasining Oliy hakamlik sudi nizolar hakamlik sudiga qarashliligi doirasida har qanday nizoni o‘z ijrosiga qabul qilishga va hal etishga haqlidir.
  • 52-modda. Xo‘jalik nizolarining ko‘rib chiqilishi qaysi hududga tegishliligi
  • Xo‘jalik shartnomalari tuzish, ularni o‘zgartirish va bekor qilish chog‘ida yuzaga keladigan nizolar mahsulotlar yetkazib berayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan korxona (tashkilot) joylashgan yerdagi hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  • Shartnomalarni ijro etishga va boshqa asoslarga oid nizolar javobgar joylashgan yerda ko‘rib chiqiladi.
  • Davlat idoralarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topishga, davlat buyurtmasini talashish bilan bog‘liq nizolar hujjatni chiqargan davlat idorasi joylashgan yerdagi hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  • Ishda bir necha javobgar qatnashayotgan bo‘lsa, nizo da’vogarning xohishiga binoan javobgarlarning biri joylashgan yerdagi hakamlik sudida ko‘rib chiqiladi.
  • 53-modda. Xo‘jalik nizolari ko‘rib chiqilishining mansubligi
  • Yuk tashish ishlari yuzasidan kelib chiqqan nizoda javobgarlardan biri transport idorasi bo‘lsa, bu ish transport idorasi joylashgan yerdagi hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  • Davlat hujjatini yoki respublika bo‘ysunuvidagi o‘zga idora hujjatini haqiqiy emas deb topishga doir nizolar Oliy hakamlik sudi tomonidan, mahalliy bo‘ysunuvdagi idora hujjatini haqiqiy emas deb topishga doir nizo esa — viloyat hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  • 54-modda. Da’vo materiallarini tegishli hakamliklarga topshirish va bunda kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni hal etish
  • Kelib tushgan xo‘jalik nizosi tegishli bo‘lmagan hakamlik sudi da’vo materiallarini besh kunlik muddat ichida tegishli hakamlik sudiga jo‘natadi.
  • Muayyan nizo hakamlik sudiga tegishli emasligi aniqlangan taqdirda, hakamlik sudi da’vo arizasini qaytarish asoslarini ko‘rsatib ajrim chiqargan holda da’vo materialini arizachiga qaytaradi, ajrimda da’vo arizasining qaytarilishi asoslab beriladi.
  • Basharti, nizoni qarab chiqish jarayonida da’vo qiymati oshib ketishi, da’vo sababi o‘zgarishi yoki ikkinchi tomon ham qarshi da’vo arizasini taqdim etishi tufayli nizoning sudga tegishliligi o‘zgarsa, da’vo arizasi tufayli nizoning sudga tegishliligi o‘zgarsa, da’vo arizasini qabul qilgan hakamlik sudi nizoni mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqishi kerak.
  • Viloyatlarning hakamlik sudlari o‘rtasida kelib chiqqan nizoni qarab chiqish kimga tegishli ekanligiga doir kelishmovchilik O‘zbekiston Respublikasining Oliy hakamlik sudi tomonidan hal etiladi.
  • 55-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hamda viloyatlarning hakamlik sudlari hal etadigan xo‘jalik nizolari
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining hamda viloyatlarning hakamlik sudlari o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha nizolarni va yuz so‘mdan ortiq bo‘lgan mulkiy nizolarni hal etadilar, O‘zbekiston Respublikasining Oliy hakamlik sudiga qarashli nizolar bundan mustasnodir.
  • 56-modda. Xo‘jalik nizolarini xolislar sudi hukmiga havola etish
  • Tashkilot O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudlariga tegishli nizoni xolislar sudi hukmiga havola etishi mumkin.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 76,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish