Hadislarni yaxshi tushinish uchun zarur omillar


Hadisning aytilish sababi va maqsadlarini yaxshi tushunib yetish



Download 61,64 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2022
Hajmi61,64 Kb.
#477153
1   2   3   4   5
Bog'liq
HADISLARNI YaXShI TUShINISh UChUN ZARUR OMILLAR

4. Hadisning aytilish sababi va maqsadlarini yaxshi tushunib yetish. 
Qur’oni Karim oyatlarini yaxshi tushunish uchun o‘sha oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini bilish juda zarurligi ma’lum va mashhur haqiqat! Huddi shu narsa hadisi shariflarga ham ta’luqlidir. Ba’zi hadisi shariflarning aytilish sabablari bor. Ana o‘sha sababalarni o‘rgangandagina hadisdan ko‘zlangan maqsadni aniq anglab yetish mumkin. Shuningdek, ba’zi hadisi shariflarda ma’lum bir shaxsga, zamonga, makonga, shart-sharoitga tegishli muammolar muolaja qilingan bo‘ladi. Ushbu zikr qilingan va yana boshqa ba’zi zikr qilinmagan sabablarga ko‘ra hadisi shariflarni to‘g‘ri tushinish uchun yetarli ilm, daqiq nazar, shariatimiz maqsadlarini idrok qilish, dinimiz ta’limotlaridan to‘la xabardorlik zarur bo‘ldi. Ana shundagina hadisi shariflarda kelgan hukmlarning qaysi biri umumiy, qaysi biri ma’lum shaxslar uchun xususiy, qaysi biri vaqtincha, qaysi biri doimiy, qaysi biri juz’iy va qaysi biri kulliy ekanini tushunib olamiz. Bir misol keltiraylik: Imom Abu Dovud va imom Termiziylar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Men uchun, mushriklarning ichida yashaydigan har bir musulmon begonadir”-deganlar. Agar hadisi sharifning sirtqi ma’nosiga qaralsa musulmon bo‘lmagan jamiyatda bitta ham musulmon turmasligi kerak. Agar kim g‘ayridin jamiyatda yashasa musulmonligi qolmaydi. Chunki, unday odamni Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam “menga begonalar”, demoqdalar. Lekin, qadimdan bunday bo‘lmagan. Bugungi kunda ham ko‘plab musulmonlar boshqa yurtlarda yashamoqdalar. Ularga hech kim, xatto nasihat yuzasidan ham tanbeh berayotgani yo‘q. Ba’zi ulamolarning o‘zlari ham g‘ayridin o‘lkalarda yashamoqdalar. Buning sababi mazkur hadisning haqiqiy ma’nosi yuzaki ma’nosidan tamomila farq qilishidadir. Ulamolar mazkur hadisni o‘rganib chiqsalar, uning aytilishicha o‘sha davrdagi ayanchli bir voqea sabab bo‘lgan ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xas’am qabilasi tomon bir guruh jangchi sahobalarni yuboribdilar. Ular o‘sha joyda namozda sajda qilib turganlarida dushman ko‘plarini o‘ldirib yuboribdi. Bu xabar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetganida ular xunining yarmini berishga buyuribdilar va: “Men uchun mushriklar ichida yashaydigan har bir musulmon begonadir” debdilar. Bu–o‘sha musulmon u yerda o‘ldirilsa men uchun uning xunini to‘lash begonadir, deganlari ekan. Chunki, mazkur hodisaga uchragan kishilar xavf-xatarni ko‘ra-bilib turib, beporvolik qilganlar. Dushmanga o‘zlarini o‘ldirishga sharoit yaratib berganlar. Shuning uchun ham Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ularga nisbatan yuqoridagi muomalani qilganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Imomlar Qurayshdan bo‘lur”-deganlar. Bu hadisi sharifga binoan Imomlar (Islom davlatining boshliqlari) Quraysh qabilasi a’zolaridan bo‘lishi shart. Ba’zi kishilarning Islom davlatiga boshliq bo‘lishi mumkin emas. Ulamolarimiz bu masalani atroflicha o‘rganib chiqib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu hadisi sharifni o‘z zamonlarini e’tiborga olib aytganlar, degan xulosaga kelganlar. Chunki, o‘sha paytda Quraysh qabilasi boshqalardan ko‘ra davat boshlig‘i tayyorlash talablariga to‘liq javob bera oladigan qabila edi. Sahobai kiromlar hadislarning sabablari va maqsadlariga qarab amal qilishda hammaga o‘rnak bo‘lishgan. Chunki, ular Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan birga yashaganlar, ular orasida hadisi shariflarni nima uchun, qandoq, qay tarzda, nima maqsadda aytilganini biladiganlar ko‘p bo‘lganlar. Ushbu gapning tasdig‘i uchun bir misol keltiraylik: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Xaybar nomli joyning yerlarini o‘sha joyni fath etishda ishtirok qilgan mujohidlarga taqsimlab berganlari ma’lum. Bu haqda ko‘plab hadislar kelgan. Shunga binoan keyingi davrlarda ham qaysi joy fath etilsa, uning yerlarini fathda ishtirok etgan mujohidlarga taqsimlab berish lozim bo‘lar edi. Lekin, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Iroq yerlarini fathchilarga taqsimlab bermay, o‘z egalarida qoldirib, ularga xaroj tayin qilganlar. Xarojdan esa kelajak avlod musulmonlari foyda oladigan bo‘ldi.
Salafi solih ulamolardan Ibn Qudoma rahmatullohi alayhi bu ishning hikmatini tushuntirib, quyidagilarni aytadilar: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Xaybar yerlarini taqsim qilishlari Islomning avvalida, hojat ko‘p paytida bo‘lgan. O‘sha vaqtda shundoq qilishlik foydali edi, Keyin esa yerni vaqf qilishdan foyda chiqadigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun ana shu ishni qilish vojib bo‘ldi”. Hazrati Umar Iroq yerlarini fath qiluvchilarga bo‘lib bermay, o‘z egalarida qoldirganlariga va ularga xaroj solganlariga sahobai kiromlarning qarshi chiqmaganlari esa bu hukmni ko‘pchilik yaxshi tushunganidan darak beradi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vaqtlarida fitr sadaqasi Hayit kuni Bamdod namozidan keyin, Hayit namozidan oldin chiqarilar, ko‘proq xurmo va bug‘doydan iborat bo‘lar edi. Chunki, o‘sha paytda Madinai Munavvaradagi asosiy ovqat shulardan iborat edi. Islom jamiyati ham kuchaymagan, hamma guruh bo‘lib, bir joyda yashar, bir-birlarini yaxshi tanir edilar. Bamdoddan keyin faqir-fuqoralarni topib, ularga fitr sadaqasini berishga ulgurish mumkin edi.
Sahobai kiromlarning davrlarida Islom davlati kengayib, musulmonlar soni ko‘paydi. Shahar-qishloqlar kattalashdi. Bamdod namozi bilan Hayit namozi orasida fitr sadaqasini tarqatish mumkin bo‘lmay qoldi. Shunda sahobai kiromlar bu holatni to‘g‘ri tushunib fitr sadaqasini Hayitdan bir yoki ikki kun oldin beradigan bo‘lishdi.
Keyinroq esa Islom butun dunyoga tarqaldi. Turli yurt va ellar musulmon bo‘ldilar. Mazhabboshi imomlarimiz barcha omillarni hisobga olib ba’zilari fitr sadaqasini ramazon oyining yarmidan, ba’zilari esa avvalidan bersa bo‘ladi, degan fatvo chiqardilar. Shuningdek, har yurtdagi ko‘p sanalgan taomdan yoki o‘sha taomning qiymatini berish ham mumkinligi haqida fatvolar chiqarildi. Demak, hadislarda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini Bamdod bilan Hayit namozi orasida, bug‘doy va xurmodan berishni tayin qilganlari haqidagi rivoyatga kelsak, hozirgi vaqtda Hayitdan avval yoki bug‘doy va xurmodan boshqa narsadan fitr sadaqa berayotganlarni ayblab yurishimiz durust emas. Ba’zi bir kishilar o‘zlaricha bilag‘onlik qilib: “odamlar hammasi issiq suvda tahorat qiladi, holbuki Payg‘ambarimiz sovuq suvda tahorat olganlar”, deb qishda ham sovuq suvda tahorat qilib, kasal ortirib olganlari ham bor. Bu ham hadisning sirtini ushlab, javharini, aslini tushunmaslikning bir turiga kiradi.



Download 61,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish