Hadislarni yaxshi tushinish uchun zarur omillar


Bir mavzu’dagi hadislarni jamlab solishtirib ko‘rish



Download 61,64 Kb.
bet2/5
Sana01.03.2022
Hajmi61,64 Kb.
#477153
1   2   3   4   5
Bog'liq
HADISLARNI YaXShI TUShINISh UChUN ZARUR OMILLAR

3. Bir mavzu’dagi hadislarni jamlab solishtirib ko‘rish.
Agar biror hadis ma’nosini yaxshi tushuna olmay qolsak yoki o‘sha g‘ayri oddiy holatni ko‘rsak, darhol shu mavzu’dagi boshqa hadislarni o‘rganib chiqishimiz lozim bo‘ladi. Ana o‘shanda umumiy solishtirish yo‘li bilan mazkur hadisni to‘g‘ri tushunish imkoniga ega bo‘lamiz. Bu borada ulamolarimiz quyidagi hadisni misol keltiradilar: “Imom Buxoriy Abu Amoma al-Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar. U kishi omochga qarab turib: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Mana shu qaysi bir qavmning uyiga kirsa, albatta, Alloh taolo o‘sha uyga xorlikni kiritadi” deganlarini eshitdim”, debtilar. Sirtdan qaraydigan bo‘lsak, bu hadisdan omoch va u bilan amalga oshiriladigan dehqonchilik ishlari xorlik sababi sifatida ko‘rinadi. Musulmon odam omochni uyiga kirgizmasligi, dehqonchilik, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanmasligi zarurdek tuyuladi. Ushbu hadisni olib, Islom dehqonchilikka qarshi deb har qancha ayyuhannos solsa bo‘ladi. Haqiqatan ham shundaymi? Bu savolga javob topish uchun Islomning bu boradagi umumiy ta’limotlariga, boshqa sahih hadislarga nazar solishimiz kerak. Payg‘ambarimiz biror kishini dehqonchilikdan, omoch ishlatishdan qaytarganlari ma’lum emas. Madinai Munavvara ahli dehqonchilik bilan bemalol shug‘ullangan. Hadis va fiqh kitoblarimizda dehqonchilik, ziroatchilik haqida alohida boblar bor, ziroatchilikka targ‘ib qiluvchi sahih hadislar to‘lib yetibdi.
Imom Buxoriy, Imom Muslim va boshqa imomlarimiz rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi bir musulmon bir daraxt yoki ekin eksayu, undan qushmidi, insonmidi yoki hayvonmi yesa, albatta shu tufayli o‘sha kishiga sadaqa bo‘ladi”-deganlar.
Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan quyidagi hadisni rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ummu Ma’badning bog‘iga kirdilar va:
“Ey Ummu Ma’bad, bu xurmolarni kim ekdi? Musulmonmi, kofirmi?”-debdilar. U:
“Musulmon edi”-dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon bir daraxt eksayu undan insonmidi, hayvonmidi, qushmidi yeb tursa, albatta uning uchun qiyomat kunigacha sadaqa bo‘lib turadi”, dedilar. Imom Buxoriy, Imom Ahmad ibn Hanballar Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Agar qiyomat qoim bo‘layotganda sizlardan birortangizning qo‘lida bir dona xurmo ko‘chati bo‘lsa, qiyomat qoim bo‘lguncha uni ekishga qodir bo‘lsa, ekib qo‘ysin”-deganlar.
Imom Ibn Jarir qilgan rivoyatda Ammora ibn Xuzayma ibn Sobit quyidagilarni aytadilar: “Umar ibn Xattobning otamga: “Yeringni ekishga nima mone’lik qiladi?”-deyayotganini eshitdim. Otam: “Men o‘lay, deb turgan qari cholman”-dedi. U:
“Senga qasam bilan aytamanki, albatta ekasan”-dedi. Umar ibn Xattobning otam bilan birga o‘z qo‘li bilan ekin ekayotganini ko‘rdim”. Imom Ahmad Abu Dardo’ roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: “U kishi (Abu Dardo’) Dimashqda ko‘chat ekib tursalar oldilaridan o‘tib ketayotgan bir odam: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobasi bo‘lib turib shu ishni qilasanmi?”-dedi. U esa: “Sen shoshilma, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kim bir daraxt eksayu, undan odammi yoki Allohning maxluqlaridan birortasimi yesa, albatta shu tufayli o‘sha odamga sadaqa bo‘ladi”-deganlarini eshitganman”-debtilar. Dehqonchilik va zirotchilikning bundan ortiq targ‘iboti va tashvig‘oti bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham avvalgi ulamolarimiz, eng afzal kasb-dehqonchilik, jannatga dehqonlar birinchi kiradi”, deganlar. Shunday bo‘lgach, omoch kirgan uyga xorlik kiradi, ma’nosidagi hadisni qandoq tushunish kerak? Ulamolarimiz bu savolga juda ham qoniqarli javoblar berganlar. Imom Buxoriy bu hadisni “ziroat asboblari bilan ovora bo‘lib qolish yoki unga haddan tashqari berilish oqibatlaridan ogohlantirish” bobida keltirgan ekanlar. Shuning uchun o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu hadis orqali omochga yopishib olib, boshqa narsalar, xususan vatan himoyasi, jihodga oid narsalardan beparvo bo‘lish oqibatida dushmandan yengilib, xor bo‘lishdan ogohlantirilgan ekan. Omochning xorlik keltirishi haqidagi hadisni sharh qilgan ulamolarimiz: “Bu (ya’ni, omoch xorlik keltirishi haqidagi gap) dushmanga yaqin joydagilar uchundir. Agar ular ekin-tekin bilan mashg‘ul bo‘lib qolib, jangavor tayyorgarlikni unutsalar, dushman hamla qilib, mag‘lub etishi mumkin. Shuning uchun ularning burchlari jangavor tayyorgarlik ko‘rishdan iboratdir. Boshqalar esa ularga kerakli narsalarni yetkazib turadilar”-deganlar.
Ushbu ma’noni Imom Ahmad ibn Hanbal va Imom Abu Dovudlar hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan qilgan qo‘yidagi rivoyat yana ham ochib beradi: “Agar savdoga riboni aralashtirib, molning dumidan tutib, ziroatdan rozi bo‘lib, jihodni tark qilib yuraversangiz, Alloh boshingizga xorlikni keltiradi va to diningizga qaytmagunigizcha uni qaytarib olmaydi”.
Darhaqiqat, shunday ham bo‘ldi. Bir vaqtlar musulmonlar ushbu ikki hadisdagi ogohlantirishdan ibrat olmadilar. Molning dumidan tutib, ziroat bilan mashg‘ul bo‘lib yuraverdilar, oqibatda jihodni unutdilar. Harbiy tayyorgarlik ko‘rmadilar, sanoat, texnika sahasiga e’tibor bermadilar. Oqibatda sanoat, texnika orqali xarbiy jihatdan quvvatli bo‘lib olgan g‘ayridinlar barcha musulmon o‘lkalarni bosib oldilar va musulmonlarni mustamlakachilik yo‘li bilan xoru-zor qildilar. Yuqoridagi misoldan bir mavzuda kelgan hadislarni to‘plab o‘ranish qanchalik foyda berishini bilib oldik.



Download 61,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish