1.Bugun qaysi kun?
2.Yilning qaysi oyi?
3.Hozir qanday fasl?
4.Bugun kimlar navbatchi?
5.Sinfda nechta a`lochi qiz bor?
6.A`lochi bola nechta?
7.Qaysi gazeta va jurnallarga yozildingiz?
IV.Mustahkamlash.Javoblarni yozib bo`lganlaridan keyin,ishlarini tekshirib,daftralarini topshiradilar.
O'qituvchi bolalar diqqatini doskadagi rasm (yerda sochilgan qirindi, katta-kichik taxtalar, stolcha, stulcha, katta stol ustida yog'och randalayotgan bola, uning yonida bir kishi tasvirlangan)ga qaratadi, quyidagi savollar beriladi Rasmda nimalarni ko'ryapsiz?
Bola nima qilyapti?
Oldidagi kishi-chi?
Stolcha, stulchalarni kim yasagan deb o'ylaysiz?
Bu bola katta bo'lganda kim bo'ladi?
Siz qanday kasblarni sevasiz?
Kelajakda kim bo'lishni orzu qilasiz?
— Haydovchi, shifokor, duradgor, oshpaz, o'qituvchi bo'lish uchun nima qilish kerak? Bolalarning javoblaridan xulosa chiqariladi:
— Ha, bolalar, kim bo'lsangiz ham ko'proq o'qishingiz, o'rganishingiz kerak.
V.Baholash. O'quvchilarning olgan baholari e'lon qilinadi va baho izohlanadi.
VI.Uyga vazifa: Takrorlash.
MRO`TIBO`_____
Sana
Mavzu: Bosh bo`laklar haqida ma`lumot.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o'quvchilarning bosh bo'laklar haqida egallagan bilimlariga asoslanib, ega va kesim gapning asosini tashkil etishi, bosh bo'laklar qanday savollarga javob bo'lishini anglatish, Tarbiyaviy: o'quvchilarning bosh bo'laklar haqida egallagan bilimlariga asoslanib, ega va kesim gapning asosini tashkil etishi, bosh bo'laklar qanday savollarga javob bo'lishini anglatish,
Rivojlantiruvchi: husnixat malakalarini takomillashtirish.
Darsning turi: o'rganilgan bilimlarni mustahkamlash
Darsning metodi: suhbat va ijodiy ish
Darsning jihozi: narsalar, rasmlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish.
II..Uy vazifasini tekshirish.
III.Mavzu bayoni. Bosh bo'laklar — ega va kesim haqida tushuncha berish.
107- mashq darslikda berilgan tartibda bajariladi. Suhbat yordamida o'quvchilar Umid so'zi kim? so'rog'iga javob bo'lishini, qatnaydi so'zi nima qiladi? so'rog'iga javob bo'lishini, ikkinchi gap bolalar haqida aytilgani, bolalar so'zi Kimlar? so'rog'iga javob bo'lishi, bolalar haqida nima deyilganini bildirgan o'rgandilar so'zi nima qildilar? so'rog'iga javob bo'lishini aniqlaydilar. Suhbatda, Umid so'zi qanday so'roqqa javob bo'ladi? Yamin haqida nima deyilgan? Qatnaydi so'zi qanday so'roqqa javob bo'ladi? Bolalar so'zi-chi? Bolalar haqida aytilgan so'z qaysi? O'rgandilar so'zi qanday so'roqqa javob bo'ladi? kabi savollardan foydalaniladi. O'qituvchi suhbat davomida gaplarni doskaga yozib boradi: Kim? (Umid) nima qiladi? (qatnaydi.) Kimlar? (Bolalar) nima qiladilar? (o'rganadilar.) O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi: — Demak, birinchi gap Umid haqida aytilgan. Umid — gapning egasi. Umid haqida nima deyilganini bildirgan so'z — qatnaydi. Qatnaydi — gapning kesimi. Shunday qilib, Umid duradgorlik to'garagiga qatnaydi gapida Umid — ega, eganing tagiga bir chiziq chizamiz, qatnaydi — kesim, kesimning tagiga ikki chiziq chizamiz va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |