H. Vamberi va uning “O’rta Osiyo bO’ylab sayohat” asari Kirish 1-bob. Herman Vamberining O’rta Osiyoga sayohati


Qo’ng’irotlik Mulla Is’hoq, qaydasiz?



Download 78,6 Kb.
bet5/5
Sana14.11.2022
Hajmi78,6 Kb.
#865555
1   2   3   4   5
Bog'liq
H. Vamberi va uning “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” asari Kirish 1

2.2. Qo’ng’irotlik Mulla Is’hoq, qaydasiz?
Vamberining «O’rta Osiyo bo’ylab sayohat» kitobidan ma’lumki, u Xivaning Muhammadamin madrasasida asli Qo’ng’irotdan bo’lgan mulla Is’hoqni uchratib qoladi.
Mulla Is’hoq Makkaga borishni orzu qilib yurgan. Vamberi bilan tanishgach, u ham Makkaga boradi, deb o’ylab unga hamroh bo’lgan. Xivadan so’ng Buxoro, Samarqand va Qarshida birga bo’lishib, H.Vamberi mulla Is’hoq va yana noma’lum ikki hoji bilan Hirot tomon ketishadi. Mulla Is’hoq safar chog’ida haqiqiy do’stlik namunasini ko’rsatadi. Vamberining tan olib yozishicha, uni hamma tark etgan, boshqa hamrohlarining bari tashlab ketgan, lekin butun safar chog’ida birgina mulla Is’hoq uni yolg’iz qoldirmagan. Buning ustiga, u har vaqt yoshi ulug’ bo’lgan Rashid Afandi — Vamberi bilan bir kosada ovqat yemagan, Vamberi ovqatdan olib bermaguncha unga qo’l tegizmagan, u bilan bir qatorda, yonma-yon, teng turishni ham odobdan deb bilmagan. «U eng halol, ochiqko’ngil inson edi, uning g’arazdan yiroq, sof munosabati xavf-xatarga to’la yolg’iz yo’limda menga dalda va suyanchiq bo’ldi», deb eslaydi sayyoh.
Mulla Is’hoqning taqdiri bilan tanishgach, nima sababdan Vamberi uni Yevropaga o’zi bilan olib ketgan, degan savol tug’iladi. Bu savolga «O’rta Osiyo ocherklari» kitobida H.Vamberining o’zi javob beradi: «Bilimga intilish va menga yaqinligi yosh mulladan, chindan ham, biror arzirli kishi chiqishini his etganimda so’ig, o’sha zahoti men uni tashlab ketmaslikka va iloji bo’lsa, o’zim bilan Yevropaga olib ketishga qaror qildim. Men bu qarorga Hirotga yetmasimizdan ancha oldin kelgan edim. Men birinchi tanishganimdayoq uning qalbi sofligini sezgandim, bu masalada men hech qachon adashmaganman»33.
Istanbulga yetib kelishganda, H.Vamberi mulla Is’hoq qo’liga pul berib, Makkaga boriladigan yo’lni ko’rsatadi, lekin mulla Is’hoq undan o’zini tanho qoldirmaslikni, Farangistonni (Yevropani) bir ko’rib, yana Istanbulga qaytajagini iltimos qiladi. Shundan so’ng Vamberi mulla Is’hoqni Vengriyaga birga olib ketib, u yerda do’stlari qo’liga topshiradi va o’zi Londonga qarab yo’l oladi.
H.Vamberining do’sti mulla Is’hoqni qishloqdagi bir uyga joylashtiradi, Vamberi esa Londondan bir yildan so’ng qaytadi. Bu vaqt ichida mulla Is’hoqning taqdiri nima kechdi, deb o’ylash mumkin. Bu haqda H.Vamberi ushbu ma’lumotni beradi: «Bir yildan so’ng Angliyadan qaytib kelsam, qaysi ko’z bilan ko’rayki, mullam venger libosida, sallaning o’rnida so’nggi modadagi prichyoska. Venger tilini tez o’rganib olgan. Mening mullamni hamma yoqtirib qolgan. Bir safar uni bashang kiyingan, qo’llarida qo’lqop, qaysidir xonim bilan berilib suhbatlashib turganini birinchi bor ko’rib, rosti, kulishga holim qolmadi. Ikki yil avvalgi Xiva madrasasi mullasining hozirgi bashang ko’rinishini qarang»34.
Mulla Is’hoq haqiqatan ham venger tilida o’qish va yozishni yaxshi o’zlashtirib olganidan so’ng, uni D. Vamberining do’stlari Vengriya Fanlar akademiyasi kutubxoiasining Sharq qo’lyozmalari bo’limiga ishga joylashtirib qo’yadilar. Mulla Is’hoq keyinchalik venger tilidan o’zbek tiliga ayrim asarlarni tarjima qilgan.
Venger yozuvchisi Yanosh Arenning «Ajoyib ohu haqida afsona» dostonining mulla Is’hoq qilgan o’zbekcha tarjimasini mojor olimi G. Kara nashr ettirgan. Mulla Is’hoq venger olimlariga o’zbek tili, O’rta Osiyo tarixi bo’yicha asar yozishlarida yordam bergan, ular faktik dalillarni mulla Is’hoqdan olishgan.
Bu tarixiy voqeaning achinarli tomoni shuki, mulla Is’hoqning so’nggi hayoti, qilgan ishlari xususida materiallar hali topilganicha yo’q.
Vengriyalik kinorejissyor, Vamberining muxlisi Jozef Kish H.Vamberi bilan mulla Is’hoqning birga tushishgan rasmini topishga muvaffaq bo’ldi. Bu rasm qaysi shaharda — Tehrondami, Istanbuldami yoki Peshtdami olinganligi noma’lum. Mulla Is’hoq o’z ustozi oldida odob saqlab tik turibdi, H.Vamberi sharqona o’tiribdi.
Herman Vamberi va uning hamrohi mulla Is’hoq haqidagi tarix mana shulardan iborat.
Biz Herman Vamberiga baho berayotganimizda, uning darvishligini bo’rttirib ko’rsatib, sayohatining faqat sarguzasht tomonlariga e’tibor beribgina qolmasdan, darvish kiyimini kiyishga uni qanday sharoit va kim majbur qilganligini ham e’tibordan soqit etmasligimiz lozim.


Xulosa
1863 yil 29 may kuni Rashid afandi qO’shilgan karvon Xiva xonligiga kirib keladi. 30 mayda Xiva yaqinidagi qishloqqa qO’nadi. Birin-sirin Xorazm, HO’qand, Qarshi va Buxoro shaharlarida bO’ladi. O’rta Osiyo xonliklari tabiiy, iqtisodiy, siyosiy, harbiy geografiyasi, aholi nufusi, maorifi haqida ma’lumot tO’playdi. O’zining tarixiy va filologik tadqiqotlari uchun zarur bO’lgan ma’lumotlar hamda adabiyotlarni, ayniqsa, Buxoro xonligi tarixiga oid noyob qO’lyozmalarni, bosma kitoblarni turli shaxslardan xarid qiladi. 
Movarounnahr tarixi va Yangi Buxoro hayotiga oid ma’lumotlarni tO’plab bO’lgach, ortga qaytishni rejalashtiradi. 1863 yil noyabr oyining birinchi yarmida Amudaryoni kechib, Hirotga kirib keladi. 1863 yil 15 noyabr kuni Hirotda 2000 kishilik karvonga qO’shilib Mashhadga yO’l oladi. 27 noyabrda Mashhadga kelib, shaharga inglizlar tomonidan qO’yilgan gubernator, polkovnik Dolmaj qabulida bO’ladi. Dolmaj 1863 yil 26 dekabrgacha uni O’z huzurida ushlab, mehribonlik kO’rsatadi. Vamberi Xivalik dO’sti Mulla Is’hoq bilan 1864 yil 20 yanvar kuni Tehronga kirib keladi. 
Vamberini inglizlarning Erondagi elchisi Alison va uning kotiblari Tomson hamda Botson sami-miy kutib oladilar. O’rta Osiyoga oid sayohat xotiralarini kitob holida Angliyada chop etilishiga yordam berishni va’da qiladilar. Elchixonadagi uchrashuv va bitishuvlardan sO’ng, Vamberi kO’ngli joyiga tushib, Eronning yosh shohi Nazriddin qabulida bO’ladi. Suhbat chog‘ida O’rta Osiyo xonliklarining nochor ahvoli haqida sO’zlaydi. 
Olim va josus Vamberi Tehronda chamasi ikki oy yashagach, 1864 yil mart oyida Istanbulga yO’l oladi. Istanbulda qisqa muddat bO’lib, elchi Fon-Prokash-Osten bilan uchrashib, tO’plagan ma’lumotlarini qanday qilib ishlab chiqish haqida maslahatlashadi. SO’ng Peshta shahriga keladi. Mulla Is’hoqni dO’stlari qO’liga topshirib, O’zi 1864 yil 9 iyul kuni Londonga ketadi.
Vamberi inglizlar yordamida “O’rta Osiyo bO’ylab sayohat” (London, 1864), “O’rta Osiyo ocherklari” (1868), “Chig‘atoy tilidan qO’llanma” (1867), “Buxoro yoki Transoksaniya tarixi” (1873) asarlarini e’lon qilgan. Shu bilan birga turli mamlakatlarning olimlari xususan, Toshkentda yashagan O’ris missioneri va havaskor sharqshunos N.P. Ostroumov bilan yozishmalar olib borgan. U 1865 yilda vataniga qaytgach, Budapesht universitetida Sharq tillari professori lavozimida ishlagan. Vamberi 1913 yil, 15 sentabrda, 81 yoshida vafot etgan. 
Rashid afandining dastlabki ikki asarini mazmun va maqsad yO’nalishiga kO’ra, oddiy sayyohning xotiralari deb atash qiyin. Chunki asarda O’rta Osiyoning uch xonligi tO’g‘risida strategik ma’lumotlar tO’plangan va xonliklar hayoti ingliz va ruslarning milliy-siyosiy manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Inglizlarning e’tibori xonliklar hayotiga jalb etilgan. Shu bois, xonliklarning tabiiy ne’matlari, ishlab chiqarish mahsulotlari, ziroat, chorvadorlik, suv xO’jaligi, harbiy tayyorgarligi, strategik yO’llari, odamlari, adabiyoti, fani va maorifi, xonliklarning O’sha davrdagi siyosiy-iqtisodiy ahvoli haqida zarur ma’lumotlar berilgan. 
Ushbu asarning ruscha tarjimasiga qarab, muallifning ilmiy faoliyatiga va ishiga adolatli baho berish qiyin. Asarni nemischadan ruschaga tarjima qilgan A.Pavlovskiyning O’zi tan olishicha, asardan rus manfaatiga zid bO’lgan 27 qator satrni olib tashlagan emish. Ammo asarda O’zbeklarni milliy kamsitish, ataylab rus harbiy salohiyatini maqtash holatlari kO’zga tashlanadi. Holbuki, Vamberi rus siyosatiga qarshi bO’lgan, uning asarida bunday fikrlarning uchrashi nojoiz. Rus tilidagi tarjima nemis tilidagi asl matnga qiyosiy solishtirilganda, Vamberining asariga xolis baho berish mumkin deb O’ylaymiz. Biroq shunga qaramay, muallifning Islom dini va O’zbeklarga salbiy qarashi yaqqol sezilib turadi. (Buni hozirgi rus olimlari ham ta’kidlashgan.) Uning islom diniga munosabati O’rta Osiyodan chiqib ketgandan keyingi yillarda matbuotda bosilgan intervyu va turli olimlarga yozgan maktublarida kO’rinadi. Ammo uning O’z faoliyatiga mardonavor tanqidiy baho berganidan ham kO’z yumib bO’lmaydi. Masalan, O’zining “Chig‘atoy tili qO’llanmasi” asarida “chig‘atoy tili” atamasi boshqalar va O’zi tomonidan xato qO’llanilgani, aslida “Turk tili” deb atalishi kerakligini tan olgan olim, Amir Temurning shaxsi va faoliyatiga Ovrupo va Sharq¬ning ayrim tarixchilari fikriga zid ravishda adolatli baho bergan. Shuningdek, Shayboniyxon shaxsini ham insof bilan baholagan. Bunday inson O’zi uchun yarashmaydigan ibora va iboratlarni O’zga xalqqa nisbatan qO’pol ravishda ishlatishi ishonib bO’lmaydigan narsa. Asarning birinchi qismidagi bosiqlik, ikkinchi qism tarjimasida boshqacharoq yO’nalish olganga O’xshaydi. Fikrimizning tO’g‘ri yoki notO’g‘riligi asarni tO’g‘ridan-tO’g‘ri asl nusxadan tarjima qilgandagina bilinishini yana bir karra takrorlaymiz. Yana shuni qO’shimcha qilmoqchimizki, millatimizning O’rta Osiyo, Xuroson, Eron, Hindiston hududlarida aynan qachondan boshlab yashagani haqidagi tarixiy aniq ma’lumotlarga suya¬nilmagan holda fikr yuritilgan. Holbuki, Vamberi tahlilga olgan qadim davrlardagi Xuroson, Eronning ba’zi shahar va kentlari nomlari turkiy ekanligini O’zi tan olgan. Bunday qusurlarning zamini XVIII va XX asrlarda turkologiya fanining zaif rivojlanganidagina emas, balki arxeologiya, lingvistika, tarix fanining zaifligida. Ilmiy tadqiqotlar uchun zarur manbalarning nihoyat kamligi va ularning mualliflariga qarab O’rinli-O’rinsiz shubhaga borish, ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotga yevropasentrizm nuqtai nazaridan qarash oqibatidir. Bunday qarashlarning yana bir ildizi eronparastlikka borib taqaladi. Uchinchi bir ildiz esa Eron va kO’hna Turon xalqlari O’rtasida soxta adovatni alanga oldirishga intilish orqali, ikki qadim xalqning O’zaro ahil-totuv yashashiga imkoniyat bermaslik, adabiyot va tarix sohalaridan siyosiy O’yin maqsadida foydalanish, har ikkisiga O’ta tor millatchi, chala mullolar¬ning kirib qolishidan O’zga narsa emas. Albatta, bunday qarashlar bir tomondan siyosiy manfaatlar uchun xizmat qilsa, ikkinchi, haqiqiy to¬mondan qaraganda, tarixiy nuqtai nazardan qusursiz manbalarning Vamberi davrigacha yetib kelagani va hurmatli sayyoh hamda sharqshunosning Sharq mualliflariga O’ta shubha bilan qarashidandir. Biroq Vamberi Ismoil Somoniy, Amir Temur, Abdullaxon, Shayboniy va boshqalarning siyosiy siymosiga tO’g‘ri va adolatli baho berganini tan olish lozim. Agar Vamberining bu asari Yevropada tarqalmaganda, balki ular hali ham vatandoshlarimizning, milliy qahramonlarimizning faoliyatiga rus bosqinchilari va shO’ro kommunistlari nuqtai nazaridan baho bergan bO’lur edilar. Biroq Vamberi nihoyatda qisqa muddat O’rta Osiyoda bO’lishiga, juda kO’p axborot va manba tO’plashga erishganiga qaramay, mahalliy xalqning madaniyati, urf-odati, dini, fe’l-atvori haqida adolatli (ob’ektiv) fikr yuritgan deya olmaymiz. Bunga O’quvchilarning O’zlari ham guvoh bO’ladilar. Ammo tariximizda O’tgan Amir Nasrulla kabi qonxO’r va jinoyatchi xonlarning biqiq va sharafsiz hayot tarzi millatimizning umum nufuziga soya tashlay olmaydi. Ruslar aytganiday “oila qO’tirsiz bO’lmaydi”. 
Rashid afandi sayohat xotiralarida Turkistonning ma’naviy-ijtimoiy, siyosiy va harbiy hayotiga oddiy sayohatchi kO’zi bilan emas, balki harbiy tekshiruvchi nazari bilan qaraydi. Agarda haqiqiy sharqshunos olim yoki faylasuf bO’lganida masa¬laga biroz boshqacharoq, aytish mumkinki kengroq qarardi. Shu bois, xonliklarning harbiy salohiyati, davlat qurilishi, tabiiy boyliklari, ziroati, chorvadorligi, bog‘cha-sabzovot mahsu¬lot¬lari tO’g‘risida faqatgina chet elliklar uchun¬gina emas, balki hozirgi zamon O’quvchilari uchun ham qiziqarli ma’lumotlar berar edi. 
Hermaniy Vamberining asarlarini, xususan, “O’rta Osiyo bO’ylab sayohat”, “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi”, “O’rta Osiyo ocherklari”ini O’qir ekanmiz, uning ijobiy fikrlarini qabul qili-shi¬miz, tanqidiy fikrlarini millat istiqboli nuqtai nazaridan O’ylab kO’rishimiz, xalqimizning boy ma’naviy merosini qadrlab, asrab-avaylashimiz kerakligini e’tiborimizdan qochirmasligimiz kerak. Shu bilan birga, tarixni qanday yozish kerak, degan savolga javob topamiz. Britaniya hukumati Rashid afandiga 49 yil mobaynida nafaqa tO’laganini bilib qO’yish zarar qilmaydi. Tarjimada ayrim kamchiliklar bO’lishi tabiiy hol, bu bizning nuqsonimiz, zero nuqsonsiz zot faqat Yaratganning O’zidir”.



1 “O’rta Osiyo bo’ylab sayohat” asari asosida

2 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B. 1.

3 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B. 63.

4 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.64.

5 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.78.

6 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.170.

7 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.226.

8 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.229.



9 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.231.

10 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.238.

11 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.223.

12 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.94.

13 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.112.

14 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.114

15 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.147.

16 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.148.

17 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.201.

18 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.221.

19 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.221.

20 bu haqda qarang: A.I. Maksheev. Istoricheskiy obzor Turkestana i nastupatel`nogo dvijeniya v nego russkix. S. Peterburg. Voennaya Tipografiya v edanii Glavnogo shtaba, 199, str. 227.

21 A.I. Maksheev. Istoricheskiy obzor Turkestana i nastupatel`nogo dvijeniya v nego russkix. S. Peterburg. Voennaya Tipografiya v edanii Glavnogo shtaba, 199, str. 223

22 Bu haqda qarang: X.V. Paksoy. O’rta Osiyoning yangi dostonlari. «Sentral eyshan servey» jurnali 6-tom, 1-son, 1987, 91-bet.

23 «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» kitobdan parchalar, nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad, Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 1990, 158-bet.

24 «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi», 183-bet.

25 «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi», 219-bet.

26 Халфин Н. А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX века). М., 1974; Арапов Д. Ю. Бухарское ханство в русской востоковедческой историографии; Жуковский C.B. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Пг., 1915.

27 Burnes A. Travels into Bokhara; Containing the Narrative of Voyage on the Indus from the Sea to Lahore... and an Account of a Journey from India to Cabool, Tartary and Persia. Vol. III. L., 1839; Blocqueville G. Quatorze mois ches les Turcomans,-Le Tour du Monde. P., 1866, № 28.

28 Qarang: Бартольд В. В. История изучения Востока в Европе и России. - Сочинения. T. IX. М., 1977; Маслова О. В. Обзор русских путешествий и экспедиций в Среднюю Азию.- Мате­риалы к истории изучения Средней Азии. Ч. 1-4. 1715-1886 гг. Таш., 1955-1971; Лунин Б. В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. Таш., 1965; Арапов Д. Ю. Бухарское ханство в русской востоковедческой историогра­фии. М., 1981; Dugat G. Histoire des orientalistes de l'Europe du XII-e au XIX-e siиcle prйcйdйe d'une esquisse historique des йtudes orientales. T. I-II. P., 1868-1870.

29 Росляков A.A. Аламаны. -Советская этнография. 1955, № 1.

30 История Узбекской ССР с древнейших времен до наших дней. Таш., 1974; История Каракалпакской АССР. T. 1. Нукус, 1975.

31 Вамбери А. Очерки Средней Азии (прибавления к "Путешествию по Средней Азии"). – М., 1868.

32 Даже такой крупный советский историк, как П. П. Иванов, приписывает А. Вамбери показание о 80 тыс. вместо 40 тыс. рабов, о которых сообщает путешественник. См.: Иванов П. П. Очерки по истории Средней Азии (XVI-cepeдина XIX в.). М., 1958, с. 164.

33 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.143, 145.

34 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.150.

Download 78,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish