Buxorxudotlar sulolasi Abu Bakr Narshaxiyning Buxoro tarixi asari asosida



Download 36,2 Kb.
Sana23.12.2019
Hajmi36,2 Kb.
#31408
Bog'liq
Buxorxudotlar sulolasi Abu Bakr Narshaxiyning Buxoro tarixi asar


Aim.uz

Buxorxudotlar sulolasi

(Abu Bakr Narshaxiyning Buxoro tarixi asari asosida)


NavDPI tarix fakulteti Tarix o’qitish meodikasi ta’lim yo’nalishi 1-,,V”guruh

talabasi


Ilk o’rta asrarda Turon zaminida hozirgi Zarafshon vohasida katta-kichik bir necha davlatlar mavjud bo’lgan. Bu davlatlar to’g’risida bir qancha turli tarixiy manbalar manbalar yetib kelgan. Ana shunday tarixiy manbalardan biri Abu Bakr Narshaxiyning ,,Buxoro tarixi” asaridir. ,,Buxoro tarixi” asari orqali Buxorxudotlar sulolasi hukmronligi,sulola vakllarining hukmdorlik qilishi hamda o’sha davrdagi siyosiy vaziyat, arab istilochilari bilan buxorxudotlar sulolasi munosabatlariga atroflicha to’xtalib o’tilgan. Biz Narshaxiyning ,, Buxoro tarixi” asari asosida ilk o’rta asrlarda ko’hna Buxoro hukmdorlari buxorxudotlar sulolasi va o’sha davrdagi siyosiy vaziyatni tirixiy nuqtai nazardan tahlil qilishga harakat qildik.

Asar Narshaxiy tomonidan 943-944- yillarda asab tilida yozilgan. Asar muallifining hayot faoliyatiga oid ma’lumot biror bir manbada to’liq keltirilmagan. Faqat Samoniyning ,,Kitob ul-ansob” asarida uning to’liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakoriya ibn Xattob ibn Shariq ekanligi va u Buxoro ahlidan bo’lib,286 (899)-yilda tug’ulgani va 348 (959)- yilda vafot etkanligi haqidagi ma’lumotlar bor(Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy Buxoro tarixi. Fors tilidan A. Rasulov tarjimasi.Toshkent ,,Kamalak nashriyoti 3-bet)

,,Buxoro tarixi” asarining arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning hozirgi kungacha mavjudligi to’g’risida biror bir ma’lumot yo’q. Asarni 1128-yilda asli hozirgi Quva shahridan bo’lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al Quboviy arab tilidan o’qish qiyin bo’lganligi uchun , fors tiliga tarjima qiladi. Lekin tarjima qilish paytida keraksiz va o’qilishi qiyin bo’lgan so’zlarni tarjimadan chiqarib tashlagan va natijada asar qisqargan. 1178-1179-yillarda Muhammad ibn Zufar ibn Umar fors tilidagi tarjimani qaytadan tarjima qiladi va asar yana qisqartiriladi. Ushbu asarda 1220-yilgacha bo’lib o’tgan voqealar haqida qisqacha ma’lumotlar uchraydi. Bundan shunday xulosaga kelib chiqadiki asar bir necha marta tarjima qilingan va tarjima qilgan shaxslar tomonidan ilovalar kiritib borilgan.

Narshaxiy aslida o’z asariga qanday nom bergani ma’lum emas. Shuning uchun asar qo’lyozmalarda va ilmiy-tarixiy adabiyotlarda ,,Tarixi Narshaxiy” , ,,Tarixi Buxoro” , ,,Tahqiq ul viloyat” , Axbori Buxoro” kabi har xil nomlar bilan yuritilib kelgan.

Buxorxudotlar idora qilgan kichik davlat VI-VIII asrlarda mavjud bo’lgan.Poytaxti Buxoro shahri bo’lgan. Buxorxudotlar davlatining hududi hozirgi Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Korako’l tumanlari hududlaridan iborat bo’lgan. (O’zbekiston milliy ensklopediyasi. Toshkent 2000. 2-tom 513-bet ) Buxorxudotlar hokimligini idora qilgan hukmdorlar unvoni buxorxudot bo’lgan. Bu so’z Buxoro va forscha «xudo» so’zlarining qo’shlishidan hosil bo’lgan. Bu yerda ,,Xudo so’zi tangri, ega, hokim” ma’nolarida qo’llangan . Bu atama dastlab ,,Buxorxudo” («Buxoro hokimi») shaklida qo’llanilgan. VIII asrda O’rta Osiyoni arablar bosib olganidan so’ng arablar uni Buxorxudot deb o’z tillariga moslab olganlar.

G’. G’oibov ,,Arablarning O’rta Osiyoga ilk yurishlari” asarida ham buxorxudodlarga to’xtalib o’tilgan. Ushbu asarda buxorxudotlar sulolasining hukmdorlari ro’yxati keltirilgan.O’zbekiston milliy ensklopediyasida G’.G’oibovning ro’yxati bo’yicha buxorxudod hukmmdorlar quyidagicha tartiblanadi:

Bidun (?-673)

Xo’tak xotun (673-692)

Tug’shoda I (692-724)

Tug’shoda II (724-738)

Qutayba ibn Tug’shoda (738-753)

Noma’lum hukmdor(Tug’shoda III) (753-768)

Sukon (768-775)

Bunyod (775-782) (O’zbekiston milliy ensklopediyasi. Toshkent 2000. 2-tom 514-bet )

Narshaxiyningning ,,Buxoro tarixi” asarida Buxoro shahrini qurilishi to’g’risida ma’lumotlar juda aniq beriladi.Jumladan asarda shunday rivoyat keltirilgan: Rivoyatga ko’ra ,,Buxoro arkini Siyovush bino qilgan, ba’zilari esa Afrosiyob bino qilgan deganlar. Keyinchalik ark buzilib ketib, ko’p yillar vayronligicha qoldi. Tag’shodaning otasi bo’lgan Bidun Buxorxudot taxtga o’tirganidan keyin, odam yuborib bu hisorni tuzattirdi”(O’sha kitob). Asarini tarjima qilgan shaxs quyidagicha ma’lumot beradi:,,Undagi qasrni ham u tuzattirdi va o’z nomini temirga yozdirib qasrning eshigiga mahkam o’rnattirdi. Shu xat bitilgan temir tarjimonning zamonigacha o’sha qasr eshigida mavjud edi. Lekin Ahmad ibn Muhammad ibn Nasrning aytishicha, Hisorni vayron qilganlarida u eshikni ham buzib yuborganlar. Ahmad ibn Muhammad ibn Nasrning aytishicha, Muhammad ibn Ja’far va Abul-Hasan Nishopuriy bunday deganlar: Bidun Buxorxudot u qasrni bino qilganida buzilib ketdi, qaytadan bino qilgan edi, yana buzildi. U necha marta bino qilmasin yana vayron bo’laverdi. Hukamolarni yig’ib ulardan maslahat so’radilar. Ular bu qasrni osmondagi etti qaroqchi yulduzlari shaklida ettita tosh ustun ustiga qurishga qaror qildilar. Shu shaklda qurilgandan keyin qasr buzilmadi. Yana bir ajoyibi shuki, bu qasr bino qilingandan beri bunda hayot kechirgan hech bir podshoh mag’lubiyatga uchragan emas, aksincha hamisha g’alaba qozongan. Bu qasrni bino qilganlaridan beri na kofirlar davrida va na islomiyat davrida — biror podshoh ham uning ichida o’lmagan; podshohning ajali etgan vaqtda biror sabab yuz berib u qasrdan tashqariga chiqqan va boshqa bir joyda vafot topgan —bu qasr bino qilinganidan to vayron bo’lgunicha shunday bo’lib kelgan.O‘sha davrda ark oldida katta maydon – registon, uning atrofida savdogar va zodagonlarning yuzlab qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Hokim va uning qarindoshlari qo‘rg‘oni yonida asosiy shahar – shahriston joylashgan.

Buxorxudotlarning taxti oddiy yoki qanotli tuya ustiga o’rnatilgan bo’lib,Xitoy solnomalarining ma’lumotlariga ko’ra Buxoro hukmdorlari balandligi 2 metr keladigan tuya shaklidagi taxt ustida o’tirgan. Demak taxt hukmdor ramzi hukmdorni mavqeyi taxtini tasviriga ko’ra davlat hokimiyati yuqori darajada shakllanganidan dalolat beradi. Taxtni shakli shu xalq uchun ahamiyatli bo’lgan ramzda yasalgan.(H. Karomatov . O’zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. Toshkent-2008 164-bet)

Buxoro davlatida buxorxudodlar hukmronlik qilgan davrda ko’rinishidan xo’jalik hayot yuqori darajada, hunarmand va savdo keng tarqqiy qilgan va muomala uchun tangalar hukmdorlar tomonidan zarb qilingan .

Buxoro vohasida eramizning IV-V asrlarida muomalada bo’lgan va ,,Turon” seriyasi nomi bilan tanilgan tangalarda otashgoh tasviri yonida ,,kavi” so’zi yozilgan . VI-VII aslarga mansub bo’lgan Buxorxudotlarning tangalarida mavjud ,,pwe’r xwb k’w” yozuvini olimlar odatda ,, Buxoro hukmroni – shoh” deb tarjima qiladilar. Bu yozuvda ,,k’w” – shoh degan ma’noni beradi (H. Karomatov . O’zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. Toshkent-2008 477-bet)

Bu davlat o’sha davrda iqtisodiy va siyosiy jihatdan Zarafshon vodiysida alohida mavqega ega edi . Buni biz o’sha davrda zarb qilingan tangalardan bilib olishimiz mumkin. Buxorxudotlarning ilk tangalari dastlab Sosoniylar shohi Bahrom V (Varaxran V) draxmalariga taqlid qilib chiqarilgan . Bu tangalar buxorxudot dirxami deb nomlangan. Buxoro hukmdorlari Samarqand hukmdorlari bilan qarindoshlik aloqalarida bo’lganlar.Aynan Buxoro va Samarqand tangalarida ,,shoh” unvonini anglatuvchi yozuvlar mavjud bo’lgan.Bu davr savdo-sotiq ishlarida Eronning tanga pullari bilan birgalikda Buxorxudotlarning tangalari Sug’d va xorazm tangalaridan keng foydalanilgan. Buxorxudotlar zarb qilgan tangalar keng muomalada bo’lgan. Buxorxudotlar bu davrda betida ikki o’rkachli tuyachada tasvirlangan hamda gardishiga ,,Buxoro malik” degan sozlar bitilgan mis tangalar zarb qilishgan. Buxoro bronza tangasining old tomonida tuya rasmi, ortida esa – otashgoh aks etgan. Olimlar tanga V asrga mansub bo’lib, keyinchalik, islom dini davrida otashgoh o’rnini arab tilidagi yozuv egallagan, deydi. Tuya ramzi Sug’d va Buxoro hukmdorlarida sulola belgisi sifatida ma’lum bo’lib, Saklarda ham tuya tasviri qurbongoh – otashgoh bilan tenglashtirgan . O’sha davrda Buxoroda dinga katta e’tibor qaratilgan, buni biz o’sha davrda zarb qilingan tangalaridan bilib olashimiz mumkin. Bu davr tangalarida zardushtiylik dining belgilari mavjud.

Buxorxudot hukmdorlarning hokimiyati kuchli bo’lgan . Buning yaqqol dalili sifatida Buxorxudotlarning Varaxsha saroyi sharqiy zalining 11 metr uzunlikdagi janubiy devorida hukmronlik mavzuyidagi yaxlit rasmning markazida taxtga o’tirgan ulkan shoh tasvirlanib , liboslarda turli ramzlar orasida burgutlar aks etgani , shohoning mavqeyidan dalolat beradi. Ushbu saroyining devoridagi tasvirlardan yana birida qanotli tuya shaklidagi taxtda qo’lida ko’chma qurbongoh ko’tarib o’tirgan shoh – kohin rasmi bor (H. Karomatov . O’zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. Toshkent-2008.) Ayni paytda hukmdorlar diniy hukmdor vazifasini ham bajarganlar.

Arablarning bostirib kirishi va arablar bilan munosabatlar.

Arablarning Movarounnahrga ilk yurishlari bosqinchilk, talan-taroj qilish, aholini talash maqsadida uyushtirilganligi bizga ma’lum. Daslab arablardan Muslim ibn Ziyod bostirib kelganida undan yurtni himoya qilish uchun buxorxudod Bidun kurashga chiqadi.Narshaxiyning ,,Buxoro tarixi” asarida yozilishicha Buxorxudot Bidun Muslim ibn Ziyod tomonidan o’ldirilgan vaqtda undan bir emadigan o’g’il bola qoldi.Uning nomi Tag’shoda edi. Bolaning onasi bo’lgan xotin taxtga o’tirdi va o’n besh yil hukmronlik qildi. Bidunning o’g’li kichik bo’lganidan qarindoshlarining har biri bu mamlakatni egallash niyatida edi.Uning davrida arablar Buxoroga kela boshladilar. Har gal kelganlarida xotin ular bilan sulh tuzar va mol berar edi. Aytishlaricha, uning davrida undan ko’ra donoroq bironta ham kishi bo’lmagan. U donolik bilan hukmronlik qilar va xalq unga itoatda edi. (Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil )

Arablar dastlab qilgan yurishlari natijasida qo’lga kiritgan o’ljalari naqadar ko’p ekanini shundan bilishimiz mumkinki , Ziyodning vafotidan to’rt yil o’tgandan keyin ham (u 50 (670) yilda vafot etdi) uning o’g’li Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga yana qo’shin tortib keldi. Xotin turklarlarga odam yuborib ulardan yordam so’radi, hamda Ubaydulloh ibn Ziyodga ham odam yuborib yetti kun muhlat talab qildi va ,,Men sening itoatingdaman “ - deb ko’p hadyalar yubordi. Shu yetti kun ichida turklardan yordam kelmagach Ubaydulloh ibn Ziyodga qaytadan odam yuborib yana yetti kun muhlat so’radi. Nihoyat turk lashkari yetib keldi va boshqalar ham yig’ilishib , lashkar ko’paydi. Ko’p urushlar qildilar va oxiri kofirlar yengilib qochdilar. Musulmonlar ularning orqalaridan borib ko’plarini o’ldirdilar xotin qal’aga kirdi, yig’ilib kelgan lashkarlar o’z viloyatlariga qaytdilar . Musulmonlar qurol kiyim-kechak,tilla va kumushdan ishlangan narsalar va asrlardan iborat ko’p o’lja qo’lga kiritdilar. . Ular podsho xotinning bir poy etigi va paypog’ini ham topib oladilar. Tilla ishlatilib, har xil qimmatbaho toshlar bilan bеzatilib tayyorlangan etik va paypoq sahroyi arablarni juda ham hayratga solgan. Bu etik va paypoq ikki yuz ming dirham baholangan. Ubaydulloh ibn Ziyodning farmoni bilan daraxtlarni kesdilar, qishloqlarni vayron qildilar , shahar ham xatarda edi. Xotin odam yuborib omon tiladi. Bir million dirham barobariga sulh tuzildi. Xotin mol yubordi.Ubaydulloh ibn Ziyod molni olib qaytdi va to’rt ming buxorolik asirlarni ham o’zi bilan olib ketdi. ( Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil 115-bet) «Xotun podshoh Buxoro o’lkasini xarob bo’lishdan va xavfdan qutqarish uchun Ubaydullo bilan sulh tuzib, unga har yili bir million dirhamdan to’lab turishga va’da bergan» edi.( Herman Vamberi Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi 6-bet)

Bu manba Herman Vamberining ,,Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” asrida quyidagicha keltirilgan::Ikkinchi hujum ancha shiddatli o’tdi . U 672-yilning oxirida eng qadimgi savdo markazi va juda boy poytaxt bo’lgan Baykand shahriga tajovuz qilib, uni uzoq qamal etganidan so’ng bosib oldi. Xotun podshoh turk askarlarini yordamga chaqirdi. Aarablar bu paytda butun shaharni qamal qilib, Manjaniqlari bilan shaharni vayron qilishga kirishgan edilar.Yordamga yetib kelgan turklar Ubaydulloh ibn Ziyodga orqadan hujum qila boshladilar. Arablar Buxoroni qamal qilishdan voz kechib, Marvga qaytishga majbur bo’ldi. (Lekin , Tabariyning yozishicha, Ubaydulloh ibn Ziyod Toshkentgacha kelgan.) Musulmonlar bu erdan juda ko’p xazina, qurollar, kiyimlar, oltin-kumush narsalarni o’lja oldilar. Bular orasida Xotun podshohning noyob javohir bilan bezatilgan etigi saxroyi arablarni nihoyatda ajablantirdi. Bu yigirma ming dirhamga baholangan edi. Ular orqaga chekinish paytida, yo’lda qasos uchun juda ko’p qariyalarni o’ldirishgan, hattoki daraxtlarni kesib tashlashgan edi. ( Herman Vamberi Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi 6-bet)

Lekin biz shuni ko’ramizki , bu voqeadan uch yil o’tar-o’tmas arablar Sa’id bin Usmon qo’mondonligida Xotun podshohga qarshi takroran hujum boshladilar. Xotun podshoh Ubaydullo bilan sulh ahdiga vafo qilib, arablarning qo’mondoniga xiroj yuborib ko’rdi, ammo tadbirlari foyda bermadi. Sa’id o’z xalqining ahdiga vafo qilmadi. Xirojlarni qaytarib yubordi hamda hech bir ma’nosiz ravishda Buxoroga borib etdi. Uz ra’iyatining itoatsizligi tufayli sodir bo’lgan ko’pgina janjallar oqibatida zaiflashib qolgan Xotun podshoh bu safar dushman bilan jangga kirisha olmadi. Sulh tuzdi. Sa’id o’zi ketgan vaqtda ishonch qozonish uchun garov so’radi. Xotun sulhga binoan saksonta qarindoshini garovga berdi. U bu bilan hokimiyatining yaxlitligini saqlab qolishni ham rejalashtirdi.Chunki Buxorxudot Bidun vafot etganidan keyin uning qarindoshlari mulklariga davo qilib chiqayotgan edi. Xotun odamlarni garovga berish orqali ichki dushmanlaridan qutilib, mulklarining yaxlitligini saqlanib qolishini ta’minladi.

Qutayba ibn Abu Muslim Movorounnahr hududlariga 4 marta yurish qilgan U uch safar kelganida mahalliy hukmdorlar bilan sulh tuzib, bu hududlardan o’lpon olish bilan chegaralanadi.

707 – yilda Jayhun daryosidan o’tdi. Baykand aholisi bundan xabardor bo’lib, Baykandni juda mustahkam hisor bilan o’radilar. Qadimgi vaqtlarda Baykandni shoriston deganlar va mustahkamligidan, uni «jez shahar» deb ham ataganlar. Qutayba juda qattiq janglar qildi; musulmonlar ellik kungacha (hisorni olish uchun) chora topolmay zahmat chekdilar va (oxiri) hiyla ishlatdilar. Bir guruh askarlar devor tagidan minora va hisorning ichkarisi tomon lahm qazib, otxonadan chiqdilar, devorni kavlab rahna ochdilar; musulmonlar hanuz ham hisorga kelaolmayotgan edilar, rahna orqali ichkari kirdilar. Qutayba: «Har kim shu rahnadan ichkari kirsa unga xuni bahosida mukofot beraman, agar u o’ldirilsa mukofotni uning farzandlariga beraman»,—deb qichqirdi. Shundan keyin har kim ichkari kirishga qiziqdi va shu sababli Baykand olindi. Baykand aholisi omon tiladi. Qutayba sulh tuzib mol oldi va Varqo ibn Nasr Bohiliyni ularga amir qildi-da, o’zi Buxoroga qarab yurdi. Shahar aholisi Varqo ibn Nasr Bohiliyni o’ldirganidan so’ng Qutayba qaytib kelib, shaharni vayron qildi, urushga yaroqli barcha aholini qirib ashladi. Shundan keyin Baykand ko’p yillar xarob bo’lib qoldi. U Buxoro yo’lida Xunbunni, Torobni hamda ko’pgina mayday qishloqlarni oldi va Vardonaga ketdi. U erda Vardonxudot nomli bir podshoh bor edi, u bilan ko’p urushdi va oxiri Vardonxudot o’lib, Qutayba ko’p qishloqlarni oldi. Qutayba va uning yoronlari yana Buxoroga bordilar; bu uning Buxoroga to’rtinchi marta kelishi edi. U jang qilar, mol olar, ayrim viloyatlarni talar, ba’zi kishilarni o’ldirar, ba’zilarni asir hamda qul qilib olib shu tarzda to Marvgacha borar va yana Buxoro viloyatiga qaytib kelar edi.

Buxoro aholisi har safar (islom lashkari kelganida) musulmon bo’lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. Qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib kofir bo’lgan edilar. Bu to’rtinchi marta kelganida Qutayba jang qilib Buxoro shahrini oldi, ko’p qiyinchiliklardan keyin bu erda islom dinini yuzaga chiqardi va har turli yo’llar bilan ularga qiyinchiliklar tug’dirib, dillariga musulmonchilikni o’rnashtirdi.


Onasining vafotidan keyin taxtga Tug’shoda o’tirdi.,, Tog’shoda Qutaybaning qo’lida imon keltirib musulmon bo’lgan edi. U Qutayba tirikligida va undan keyin Nasr ibn Sayyor davrida Buxoro mulkini so’rab turdi. Jami o’ttiz ikki yil davomida Buxoro uning qo’lida bo’ldi. Tag’shoda islom diniga kirgandan keyin undan bir o’g’il dunyoga keldi. Tag’shoda Qutayba bilan bo’lgan do’stligi hurmatiga o’g’lini Qutayba deb atadi.T783-yilda Xuroson noibi Asad ibn Abdulloh o’ldi va Hishom ibn Abdulmalik ibn Marvon II Xurosonga amir qilib Nasr ibn Sayyorni tayinladi va unga Xurosonni idora qilish uchun farmon yubordi. U Movarounnahrga kelib turklar bilan g’azot qildi va Farg’onani fath etib ularni tarqatib yubordi, o’zi esa Samarqandga qaytdi. U Samarqandga etib kelganida, Tag’shoda Buxorxudot uning oldiga bordi. Nasr uning qizini o’ziga so’ratganligi boisidan uni izzat-hurmat qilar edi. Tag’shoda Yuqori Xunbundagi «Koraki alaviyon»—«Ali avlodining ekinzori» deb atalgan erlarni unga bergan edi. Nasr ibn Sayyor Buxorxudot bilan so’zlashib turgan edi, Buxorodan ikkita dehqon keldi. Ular ikkovi ham Buxorxudotning qarindoshlaridan va buzurgzodalardan bo’lib, Nasr ibn Sayyor qo’lida islom dinini qabul etgan edilar. Ular Nasr ibn Sayyor huzurida Buxorxudot zulmidan shikoyat qilib: «Buxorxudot bizning qishloqlarimizni tortib oldi»,— dedilar. Buxoro amiri Vosil ibn Amir ham shu erda edi, uning zulmidan ham shikoyat qilib: «Bular ikkovi bir-birini qo’llab odamlarning mulklarini tortib olmoqdalar»,— dedilar. Shu vaqt Tag’shoda Nasr ibn Sayyorga sekin – sekin bir narsani so’zlar edi, ular bundan: «Tag’shoda Nasr ibn Sayyordan bizni o’ldirishni iltimos qilyapti»,— deb gumon qildilar va ikkalasi bir qarorga kelib, bir-birlariga: ,,Buxorxudot bizni o’ldirmoqchi ekan, biz undan oldinroq o’z ko’nglimizni bir quvontiraylik»,—dedilar. Tag’shoda Nasr ibn Sayyorga: «Ey amir! Bular ikkalasi sening qo’lingda islom dinini qabul etgan edilar-ku, nima, uchun ular bellariga xanjar bog’laganlar?»— degan edi, Nasr ibn Sayyor ulardan: «Nima uchun belingizga xanjar bog’lab oldingiz?»—deb so’radi, ular: «Buxorxudot bilan bizning oramizda adovat bor, biz o’zimizni undan xotirjam deb hisoblamaymiz», deb javob berishdi. Nasr ibn Sayyor Horun ibn Siyovushga buyurib ularning bellaridan xanjarlarini echtirdi va g’azab bilan qaradi. U ikki dehqon nariroq turib ularni o’ldirish chorasini ko’rdilar. Nasr ibn Sayyor namoz o’qib bo’lgach, sarpardaga kirdi va Tag’shodani chaqirdi. Tag’shoda saroy darvozasiga kelganida oyog’i toyilib yiqildi, shu payt u ikki dehqonning biri yugurib keldi-da, Buxorxudotning qorniga pichoq urib, qornini yordi. Ikkinchi dehqon esa xanuz namoz o’qishni davom ettirayotgan Vosilning oldiga borib uning qorniga xanjar urdi; Vosil uni ko’rgai zahotiyoq tezda qilich urib, u dehqonning kallasini uzib tashladi va ularning har ikkalasi ham bir vaqtda o’ldilar. Buxorxudotga xanjar urgan dehqonni Nasr (ibn) Sayyorning farmoni bilan o’ldirdilar. Buxorxudotni esa darhol saropardaga oldilar. Nasr (ibn) Sayyor uni o’zining o’rniga suyantirib o’tirg’izdi va tajribali tabib chaqirib uni davolashga buyurdi. Buxorxudot vasiyat qilar edi, bir soat vaqt o’tgach jon berdi.

Tag’shoda o’lgandan keyin uning o’g’li Qutayba taxtga o’tirdi.Bir oz vaqt musulmonlikda turdida, so’ngra marhum Abu Muslim davrida dindan qaytdi. Abu Muslim bundan xabardor bo’lib uni o’ldirdi, uning birodarini ham (tarafdor) odamlari bilan qo’shib halok etdi” . (Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil )

Arablar O’rta Osiyoni bo’ysundirish bilan bir qatorda mahalliy aholini zo’rlik bilan islom diniga o’tkazish siyosatini olib borganlar.Bu siyosat mahalliy aholining kuchli qarshiligiga uchragan. Arablarning turli xil tadbirlari (masalan:islom dinini qabul qilganlaga moddiy rag’batlantirishlar berilishi, Islomni qa’bul qilmaganlardan juziya solig’i undirgan) natijasida mahalliy aholi islomni majburan qabulqildi.Lekin mahalliy aholi yashirincha o’z e’tiqodlariga e’tiqod qilishda davom etgan. Arablar ishonchini qozonib musulmon dinini qabul qilgan Buxorxudot Tog’shoda ham islom dinini xo’ja ko’rsinga yuzaki qabul qilgan bo’lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal qilgan. U vafot etganida ham ajdodlari diniy marosimlariga ko’ra dafn etilgan. Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga yashab ularning xatti- harakatlaridan xabardor bo’lib tursalar, ular majburlikdan musulmon bo’ladilar, degan maqsadda Buxoro aholisiga o’z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqarishni to’g’ri topdi va shu yo’l bilan u musulmonchilikni o’rnatdi hamda shariat hukmlarini bajarishga ularni majbur etdi. Qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlik asarlarini yo’qotdi.

Qutayba ibn Muslim to’qson to’rtinchi yili (7 oktyabr 712—25 noyabr 713) Buxoro

hisorining ichida masjidi jome bino qildi. U joy (ilgari) butxona edi. Qutayba Buxoro holisiga har juma kuni u erga yig’ilishga buyurdi; chunonchi, u har juma kuni jarchi qo’yib:«Juma namoziga hozir bo’lgan har bir kishiga ikki diram beraman»,— deb chaqirtirar edi.Buxoroliklar dastlab islom dnnini qabul etgan paytlarida arabchani o’rgana olmaganlaridan namozda qur’onni fors tilida o’qir edilar. Ruku’ga borish vaqtida ularning orqalarida bir ishi turib, «Bknitonkint».— deb sajda qilmoqchi bo’lganlarida: «Nkuniyonkuni»,— deb qichqirar edi. (Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil 29-bet)

Narshaxiyning ma’lumotlariga ko’ra 709 yilda Qutayba Iroq va Xurosondan yordam kuchlari olib Buxoro ustiga yurish boshlaydilar, Bu uning to’rtinchi safar Buxoro ustiga lashkar tortib kеlishi edi. Bu paytda Xotun juda qarib qolgan edi, davlat endi uning o’gli Tog’shoda boshqarardi. Qutayba qattiq jangdan so`ng Buxoroni egallaydi. Arablar Buxoroni bo’ysundirganidan so’ng dastlab hokimiyatni Buxorxudotlar bilan birga boshqargan.Ular Tog’shoda Islom dinini qabul qilgach Qutayba uni Buxoro taxtida xukmron sifatida qoldiradi. Tog’shoda o’ttiz ikki yil Buxoroni boshqaradi. Tog’shoda islom dinini qabul qilgandan kеyin tug`ilgan farzandiga Qutaybaga bo`lgan hurmat va e'tiqodi ramzi si­fatida Qutayba dеb ism qo’yadi. Qutayba otasidan so`ng Buxoro taxtiga o’tiradi. U Abu Muslim davrida dindan qaytadi. Shu bois Abu Muslim Qutayba ibn Tog’shodani o’ldiradi. Qutaybaning serdaromad va g’allakor yerlari uning birodari Bunyod ibn Tog’shodaga beriladi. Bu yerlar Ismoil Somoniy davriga qadar Bunyod hukmronliga ostida bo`ldi.715-yilda Qutayba halifa Sulaymonga qarshi isyon ko’targani uchun o’ldirilgandan so’ng Buxorxudotlar Buxoroni bir yil o’zlari mustaqil idora etganlar.VIII asrning ikkinchi yarmida arablar Movorounnahrni butunlay egallaganidan so’ng Buxorxudotlarni rasman hokimiyatda qoldirgan bo’lsalarda, hokimiyatni amalda to’laligicha o’zlari boshqarganlar.

Buxorxudotlarning so’ngggi vakili Bunyod bir qancha vaqt musulmon bo’lib turdi. Muqanna paydo bo’lib «Oqkiyimliklar» qo’zg’oloni Buxoro qishloqlariga tarqalgach, Bunyod ularga yordam berdi va natijada «Oq kiyimliklar»ning qo’llari uzayib, ular g’alaba qozondilar. Halifa Mahdiyga Bunyodning qilgan ishlari haqidagi ma’lumotlar yetib bordi. Mahdiy Muqanna va «Oq kiyimliklar» qo’zg’alonini bostirganidan keyin Buxoroga otliq askarlar yubordi. Bu haqida Narshaxiy quyidagicha yozadi:,, Bunyot Faraxshiy qasrida majlis (tuzib) sharob ichar va darchadan qarab o’tirar edi. U uzoqdan shoshilinch bilan kelayotgan otliqlarni ko’rdi va ular xalifa tomonidan ekanliklarini farosat bilan anglab, qarshi chora ko’rishga kirishar-kirishmas otliqlar yetib keldilar va hech bir so’z aytmasdan qilichlarini qindan sug’urib uning boshini kesdilar. Bu voqea bir yuz oltmish oltinchi yilda (15 avgust 782—4 avgust 783) bo’lgan edi.” ( Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil )_ Bunyodning barcha odamlari barcha qochib ketdi. Bunyod o’ldirilganidan keyn mol-mulklari Buxorxudot farzandlarining qo’lida turdi. Bu mamlakat qo’ladan ketgan oxirgi kishi Abu Ishoq Ibrohim ibn Xolid ibn Bunyod bo’ldi. (O’zbekiston milliy ensklopediyasi )

Buxorxudotlarning hokimiyti tugatilgach Buxorxudotlarning yerlariga va barcha mulklariga egalik qilish huquqi halifaga safforiylarni yengishda yordam bergan somoniylar tasarrufiga o’tdi.Shu bilan Buxoroda buxorxudotlarning hokimiyati tugatildi va ular tarix sahnasidan ketdilar.



Buxorxudotlarning kichik davlati tariximiz sahifalaida o’ziga yarasha iz qoldirdi. Buxorxudot hukmdorlar o’z yurtlarining mustaqilligini saqlab qolish uchun barcha ishni qildi. Arablar bostirib kelganlarida buxorxudotlar har qanday yo’l bilan bo’lsada o’z davlatlari mustaqilligini saqlab qolishga intildilar.
Download 36,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish