Tayanch iboralar
Dispergatsion usul. Kondensatsion usul. Stabilizator. Kolloid tegirmon. Metallarni “changlatish”. Fizikaviy va kimyoviy kondensatsion usullar. Kolloid sistemani tozalash. Dializ. Ul’tradializ. Elektrodializ.
Savol va topshiriqlar
Kolloid sistemalar qaysi yo’llar bilan hosil qilinadi?
Stabilizator nima va uning roli nimadan iborat?
2% - li FeCl3 eritmasi distillangan suv bo’lsa, qanday qilib kolloid eritma tayyorlanadi?
Dispergatsion va kondensatsion usullarining mohiyati nimadan iborat?
Adabiyotlar
Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent. – O’zbekiston. – 1992. 12-21-betlar.
Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии.–Л: - Химия.–1984. – с.
21-26
III – ma’ruza.
SIRT – FAOL KOLLOIDLAR
Reja
Sirt – faol moddalarning umumiy tavsifi.
Sirt – faol moddalarning turlari.
Kolloid sirt – faol moddalarning gidrofil – liofil balansi (GLB)
Mitsella hosil qiluvchi sirt – faol moddalar.
Adgezivlar.
“Sirt – faol modda ” degan tushuncha keng ma’noda qaraganda barcha organik moddalar sirt – faol moddalar jumlasiga kiritishga to’g’ri keladi, chunki har qanday organik moddaani olmaylik, u suvga nisbatan sirt faollik ko’rsatadi. Lekin qattiq jismlarning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan ancha katta; demak suv qattiq moddaga nisbatan sirt faollik namoyon qiladi. Bundan ko’ramizki, suv fazalar chegarasining xarakteriga qarab, ba’zan sirt – nofaol, ba’zan sirt-faol modda bo’lishi mumkin.
Lekin sirt-faol modda degan tushuncha bu kabi keng ma’noda ishlatilmaydi. U maxsus, ancha tor ma’noda ishlatiladi. Umum tomonidan qabul qilingan ta’rifga ko’ra sirt-faol modda molekulalari difil ravishda tuzilgan hamda ancha katta sirt- faollikka ega bo’lgan organik birikmalardan iboratdir. Bunday modda molekulasining bir qismi suvga nisbatan kattaroq moyillik namoyon qiladi; bu
qismini gidrofil guruh tashkil etadi; ikkinchi qismi uglevodorod radikali bo’lib, u gidrofob guruhdan iborat. Spirt, fenol, karbon kislota, organik aminlar, sulfokislotalar va ularning tuzlari, boshqa xil organik birikmalar ana shunday difil molekulalardan tuzilgan. Ularning tarkibidagi –OH, –NH2, –COOH (karboksil guruh), –SO3H(sulfoguruh) va hokazolar qutbli guruhlarni tashkil qiladi.
Sirt-faol moddalar asimmetrik tuzilishga ega. Shuning uchun ham ular suv- havo (suv-bug’), suv-uglevodorod(suv-yog’), suv-qattiq jism kabi sirtlarga adsorblanadi. Sirt-faol moddani −− shaklida (yoki shaklida) belgilash mumkin. Bu shaklning doira qismi qutbli guruhlarni, to’g’ri chiziq qismi esa uglevodorod radikallarini bildiradi. Suv molekulalari orasidagi kogeziya kuchlari bu moddalarning suvdagi eritmalaridan ularning uglevodorod guruhlarini ikki faza orasidagi chegara sirtiga yo’naltiradi. Molekulaning gidrofil qismi suvda, gidrofob qismi qutbsiz fazada bo’lganida izobar potnsial minimal qiymatga ega bo’ladi.
Barcha sirt-faol moddalar suvdagi eritmalarida dissotsilanish qobiliyatiga qarab ionogen va noionogen sirt-faol moddalarga bo’linadi. Ionogen sirt-faol moddalar kation sirt-faol moddalar, anion sirt-faol va amfoter (amfolit) sirt-faol moddalarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |