H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet52/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

§. Transkripsiya

Transkripsiya — fonemalaming nutq oqimidagi turli ottenkalarini, shuningdek, mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini (tovushlaming cho'ziq-qisqaligi, o'zak va morfemalaro'rtasidagi uyg'unlik kabi hodisalami) yozuvda aniq ifodalash uchun qo'llanadigan maxsus grafik belgilar tizimidir. Bunday tizimdan xalq og'zaki ijodi namunalaririi, o'zga til matnlarini yozib olishda ham foydalaniladi.

Transkripsiyaning quyidagi ikki turi o'zaro farqlanadi:



1. Fonetik transkripsiya. Transkripsiyaning bu turi fonetik prinsip asosida tuziladi — fonemaning talaffuzdagi liar bir foniga alohida harf belgilanadi.

O'zbek dialektologiyasida ko'proq rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyadan foydalanib kelinmoqda. Bu transkripsiyada o'zbek tili unlilari uchun quyidagi belgilar olingan (jadvalga qarang): 21 22




Tilning ko'tarilish o'rniga ko'ra

Oldingi qator (til oldi)

Indifferent

(oraliq)

tovushlar

Orqa qator (til orqa)

Labning

^ ^^^ishtirokiga ko'ra

Tilning ko'tarilish darajasiga ko'ra

Lablanmagan

c

zb

5

Lablanmagan

&

j5

cjfr

5

j5

3

Yuqori ko'tarilish

H

V

<ъ, b>




Ы

у

O'rta

ko'tarilish

yuqori-o'rta

ko'tarilish

e

e









0

quyi-o'rta

ko'tarilish

Э

e
















Quyi ko'tarilish

Э







a(o)











Demak, unlilarning turli ottenkalarini berisli uchun transkripsiyada 15 ta belgi olingan. Bu belgilar orqali o'zbek dialekt va shevalarida uchraydigan unli fonemalarni ifodalash mumkin.

Undoshlar uchun rus grafikasiga asoslangan o'zbek alfavitidagi e, ё, ю, я grafemalaridan boshqa barcha harflar ishlatiladi: «е», «ё», «ю», «я» lar esa transkripsiyada quyidagicha ifodalanadi:

E — йе, йэ, йе; Ё - йэ; Ю - йу, iiy; Я - йэ, йа.

Transkripsiyada undoshlarning yumshoqligi ham alohida belgi bilan ifodalanadi. Masalan, <^'»(yumshoq «л») kabi23.

2. Fonematik transkripsiya (fonologik transkripsiya). Transkripsiyaning bu tun faqat fonemalarni ifodalashga asoslangan. unda harbirfon (allofon) uchun maxsus belgi (harf) ishlatilmaydi. Masalan, kir, qir (fonematik transkripsiya ) — къг, ды (fonetik transkripsiya), карам, царам (fonematik transkripsiya), кэгэм, qaraM (fonetik transkripsiya). Fonematik transkripsiyada bir fonema uchun bir belgi qo'llanadi, fonetik transkripsiyada esa fonemaning har bir foni (ottenkasi) uchun alohida belgi ishlatiladi, shuning uchun fonetik transkripsiyada harflar va diakritik belgilar miqdori ko'p bo'ladi.



  1. Fonema nima?

  2. Fonemalarning differensial va integral belgilarini qanday tushunasiz? Bu belgilarning tilda qanday roli bor?

  3. Fonologik oppozitsiya (zidlanish) nima? Korrelyatsiya-chi?

  4. Korrelatsiyaning yadrosini nima tashkil qiladi?

  5. Korrelatsiya hodisasini dastlab kim aniqlagan?

  6. O'zbek tili konsonantizmida korrelatsiyaning qanday turlari bor?

  7. O'zbek tili vokalizmida korrelatsiyaning qanday turlari mavjud?

  8. Vokalizm sistemasining shakllanishida tilning ko'tarilishi, tilning yotiq harakati va lablarning ishtiroki qanday rol o'ynaydi? Ulardan qaysilari unli fonemalarning fonologik belgilarini shakllantiradi?

  9. Fonema ottenkalari va fonema qatori nima?

  10. Fonema ottenkalari haqidagi tushunchaga kim asos solgan?

  11. Fonema ottenkalaridan birining o'mida ikkinchisini qo'llab bo'ladimi?

  12. Fonemalarning variatsiya va variantlari qanday farqlanadi?

  13. Fonemalarning mo'tadillashuvi (neytrallashuvi) va arxifonema (giperfonema) tushunchalarini qanday izohlaysiz?

Tayanch tushunchalar

Fonema — so'zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig'ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash ucliun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik.

Fonemalarning differensial belgilari — o'zaro qarama-qarshi qo'yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari.

Fonemalarning integral belgilari — o'zaro qarama-qarshi qo'yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari.

Fonologik oppozitsiya - differensial belgilar asosida ikki foiieinaning bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi (fonologik zidlanish).

Gradual oppozitsiya - pog'onali zidlanish.

Korrelatsiya — bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori.

Artikulatsiya o‘rni — talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a'zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi.

Artikulatsiya usuli — nutq a’zolari hosil qilgan to'siqdan havo oqimining portlab, sirg'alib yoki titrab o'tishi.

Jaranglilik-jarangsizlik belgilariga asoslangan oppozitsiyalar — undosh tovushlarning jaranglilik va jarangsizlik belgilari asosida zidlanish hosil qilishi.


Lablanish va lablanmaslik oppozitsiyasi - unli fcncmalarning lablar ishtirokiga ko'ra zidlanishi.

Tilning uch darajali ko'tarilishi — unli fonemalarning hosil bo'lishida tilning tanglay tomon ko'tarilish darajasi: quyi ko'tarilish, o'rta ko'tarilish, yuqori ko'tarilish kabi.

Fonema ottenkalari - fonemalarning talaffuzdagi real ko'rinishlari.

Kombinator ottenka — fonemaning so'z tarkibidagi tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko'rinishi.

Pozitsion ottenka — fonemaning so'z yoki bo'g'indagi pozitsiya talabiga moslashgan ko'rinishi.

Variatsiya — fonema ottenkasining Moskva fonologlari maktabida qabul qilingan nomi.

Transkripsiya - fonemalarning turli ottenkalarini, shuningdek, lahja va shevalarga xos fonetik xususiyatlarni yozuvda aniq ifodalash uchun shakllantirilgan maxsus grafik belgilar tizimi.

HOZIRGI 0‘ZBEK ADABIY TILI VOKALIZMI

Adabiyotlar: 1 [44-63]. 4 |20-22|. 10 [47-53], 16 [16-20], 20 [15— 171, 22 [20-45]. 27 [17—211. 29 [8—251­



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish