§. Til o‘rta «у» undoshi tavsifi
«Y» fonemasi — til o'rta, sirg'aluvchi, sonor undoshi (og'iz sonanti). Bu undosh so'z boshida (yil, yo'q), o'rtasida (bayram, vayrona) va so'z oxirida (boy, to ‘y) qo'llanadi, «i» unlisidan so'ng qo'llanganda, shu unli bilan singishib, fonetik diftong hosil qiladi: vodiy > vodi:, dohiy > dohi: kabi29.
«Y» undoshi yumshoq (palatal) tovushdir, shuning uchun u bilan yondosh qo'llangan unlilar akkomodatsiyaga uchraydi — orqa qator unlilar old qator (ingichka) ottenka bilan talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: qo‘l (qol) — yo7 (yel), quvmoq (quvmoq) — yuvmoq (yiivmjq) kabi.
§. Sayoz til orqa undoshlari tavsifi
«К» fonemasi — sayoz til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «g»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so'z boshida (katta, kiyim), o'rtasida (aka, tikan) va oxirida (o'rdak, go‘dak) kela oladi. Ko'p bo'g'inli so'zlarga egalik affiksi qo'shilganda, asosdagi «к» jarangli «g» ga o'tadi; kovak > kovagi (k > g), telpak > telpagim (k > g), yurak > yuraging (k > g) kabi. Bir bo‘ginli so'zlarda va ayrim o'zlashma so'zlarda bunday o'zgarish bo'lntaydi: yuk - yukim, yuking, yuki; ishtirok - ishtirokim, ishtiroking, ishtiroki; idrok — idroking, idroki kabi. Demak, ko'p bo'g'inli so'zlarning ba’zi grammatik shakllarida jarangsiz «к» ning jaranglashgan ottenkasi qatnashadi. «К» dan so'ng unli tovushlarning faqat old qator ottenkalari qo'llanadi: ко‘l (kel), kul (kyl), kitob (кыор) kabi.
«G» fonemasi - sayoz til orqa, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «k»ningjaranglijufti. Bu fonema so'zboshida (gul,go'zal), o'rtasida (tegirmon, agar) va oxirida (barg, juvonmarg) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo'llanmagan. So'z oxirida kelishi ko'proq o'zlashma so'zlarda uchraydi, bunday pozitsiyada u jarangsiz «к» tarzida talaffuz etiladi: barg > bark, pedagog> pedagok kabi; «g» dan so'ng unli fonemalarning faqat old qator ottenkasi qatnashadi: go 'zal (gezol), gul (gyl), gilam (gblem) kabi.
«Ng (ti)» fonemasi - sayoz til orqa, jarangli, burun sonanti. Bu fonema so'z boshida qo'llanmaydi, so'z o'rtasida (ko'ngil, singil) va oxirida (ong, ming) ishlatiladi. Bu fonema bilan yonma-yon qo'llangan unlilar doirno ingichka talaffuz etiladi: jang-jerj, ko'ngil-keqbl kabi. Bu fonema qattiq o'zakli so'zlar yoki so'z shakllarida chuqur til orqa ottenka bilan talaffuz etilishi ham mumkin; g'ing (g'bing), xo ‘ng-xo 'ng kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |