Tayanch tushunchalar
Kuchli pozitsiya
- fonemaning asosiy ottenkasi saqlanadigan pozitsiya.
Kuchsiz pozitsiya
- fonemaning asosiy ottenkasi o’zgarishiga olib keladigan
pozitsiya.
Intervokal holat -
undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati.
Assimilyativ holat
- nutq oqimida fonemalar assimilatsiyasiga olib keluvchi
vaziyat.
Dissimilyativ holat
- nutq oqimida fonemalar dissimilatsiyasiga olib keluvchi
vaziyat.
Divergent
- divergensiya yo’li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o’sib chiqqan
yangi fonema.
FONETIK HODISALAR
Adabiyotlar:
10[67-74],16[74-88],27(28-31].
41-§
.
Umumiy ma’lumot.
Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon
bo’lishi, bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash
(kombinator- pozitsion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o’tilgan edi.
Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo’ladi. Ularning
asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |