H. A. Jamolxonov


-§. Chuqur til orqa undoshlari tavsifi



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

38-§. Chuqur til orqa undoshlari tavsifi. 
1) 
"q"  fonemasi 
-  chuqur  til  orqa,  portlovchi,  jarangsiz,  shovqinli  undosh.  Bu 
fonema so’z boshida (
qozon, qor
), o’rtasida (
to’qay, soqol
) va oxirida    (
buloq, oziq

kela  oladi.  Ko’p  bo’g’inli  so’zlarga  unli  bilan  boshlangan  affiks  qo’shilganda,  asos 
oxiridagi  "q"  undoshi  "g’"  ga  o’tadi: 
taroq-  tarog’im,  tarog’ing,  tarog’i 
kabi.  Bir 
bo’g’nli  so’zlarda  (
yoq,  yo’q
  so’zlaridan  boshqalarida),  shuningdek,  ayrim  ko’p 
bo’g’inli  o’zlashma  so’zlarda  asos  oxiridagi  "q"  "g’"  ga  o’tmasligi  mumkin: 
haq- 
haqim,  haqing,  haqi;  ittifoq-  ittifoqimiz,  ittifoqingiz,  ittifoqi
  kabi.  Jonli  so’zlashuvda 
"q"ning 
dissimilatsiyaga 
(
maqtanmoq>maxtanmoq

yoki 
assimilatsiyaga 
(
to’qson>to’xson
)  uchrash  holatlari  kuzatiladi.  Ko’p  bo’g’inli  so’zlarning  oxiridagi 
"q"  jonli  so’zlashuvda  sirg’aluvchi  "g’"  tarzida  talaffuz  etiladi: 
baliq>balig’, 
taroq>tarog’
  kabi.  Qadimgi  turkiy  tilda  q-k  tovushlari  bitta  fonemaning  ikki 
ko’rinishi  bo’lgan,  keyinchalik  bu  fonema  divergensiyaga  uchrab,  ikkita  fonemaga 
aylangan. Demak, "q"ni "k" ning divergenti deyish mumkin
2) 
"g’"  fonemasi 
-    chuqur  til  orqa  (uvular),    sirg’aluvchi,  jarangli,  shovqinli 
(ayrim  tilshunoslar  fikricha  -  sonor)  undosh,  «x»ning  jarangli  jufti.  Bu  fonema  so’z 
boshida  (
g’or, g’alvir
), o’rtasida (
tog’ora, sog’inch
) va  oxirida  (
tog’, yog’, mablag’

kela  oladi.  Qadimgi  turkiy  tilda  "g"  ning  variatsiyasi  bo’lgan  va  so’z  boshida 
qo’llanmagan. Demak, tarixan "g"ning divergensiyaga uchrashi natijasida "g’" yuzaga 
kelgan, shuning uchun uni "g"ning divergenti deyish mumkin. Hozirgi o’zbek adabiy 


56 
 
tilida "g’" bilan tugagan so’zlarga         "g" bilan boshlangan affikslar qo’shilganda 
"g’"  va        "g"  larning  "q"  ga  ko’chish  holatlari  uchraydi: 
tog’+ga>toqqa, 
bog’+ga>boqqa,  og’gan>oqqan,  sog’+gani>soqqani
  kabi.  Shevalarda  so’z  oxirida 
"g’" o’rnida "v" ning qo’llanish hollari uchraydi:
 tog’>tov, to’g’ri>tuvri, og’iz>ovuz
 
kabi. Bunday holatlar adabiy  til uchun me’yor hisoblanmaydi
3) 
"x"  fonemasi 
-  chuqur  til  orqa,  sirg’aluvchi,  jarangsiz,  shovqinli  undosh, 
«q»ning  jarangsiz  jufti.  Bu  fonema  so’z  boshida  (
xalq,  xabar
),  o’rtasida  (
maxsus, 
maxfiy
) va oxirida (
do’zax, mix, tarix
) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda               "x" 
undoshi bo’lmagan. U eski turkiy til davrida paydo bo’lgan: 
xan  (xon),  xayu(qaysi), 
yaxsaq (oqsoq)
 kabi (29, 52- b.) 
Qipchoq  lahjasi  shevalarida  "x"ning  o’rnida  "q"  ning  qo’llanish  holatlari 
uchraydi: 
xabar>qabar,  xalq>qalq,  xalta>qalta
  kabi.  "X"  undoshidan  song 
qo’llangan  unlilar,  odatda,  orqa  qator  ottenka  bilan  talaffuz  etiladi  (akkomodatsiya 
hodisasi sodir bo’ladi):
 xulq, xavf, xato
 kabi. 
 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish